119
Mahsulotni yetuklik bosqichida marketingni asosiy strategiyalari bozorni
modifikatsiyalash,
tovarni
modifikatsiyalash
va
marketing-miksni
modifikatsiyalash hisoblanadi.
To‘yinish davrida bozor va narxlar barqarorlashadi.
Sifatsiz va raqobatga bardosh berolmaydigan mahsulotlar bozordan siqib
chiqariladi. Tovar sotish sur’atlari tobora pasayadi. To‘yinish davrida
firmaning umumiy maqsadi, mahsulotni barcha turlari bo‘yicha to‘liq
sotishni tobora oshirib borishni ta’minlashga qaratiladi.
Inqiroz davrida mahsulotning o‘tishi qiyinlashadi, foyda kamayadi,
raqiblar maydondan ketadi. Bu bosqich davomida firmaning maqsadi
«mahsulot tayyorlashni davom ettirishdan iborat» bo‘ladi, mahsulotni
bozorga yetkazib berishni to‘xtatish haqida qat’iy qarorga kelgunga qadar
undan olish mumkin bo‘lgan jami foydani undirib olish uchun shunday yo‘l
tutiladi. Tovarning yashash davri konsepsiyasi mahsulot assortimentini
rejalashtirishda katta ahamiyatga egadir.