120
Tovar innovatsiyasi yangi tovarni ishlab chiqish va qo‘llashni ko‘zda
tutadi va amalga oshirish shakli bo‘yicha tovar differensiatsiyasi va
diversifikatsiyasiga bo‘linadi.
Tovar differensiatsiyasi tovarlar xilma-xilligini bildiradi.
Tovar diversifikatsiyasi o‘zida raqobatchi tovarlardan ajralib turuvchi bir
qator asoslangan tovar modifikatsiyasini
ishlab chiqish jarayonini
mujassamlashtiradi.
Bozorni modifikatsiyalashda sotish hajmini oshirish, iste’molchilar
ishonchini qozonish, yangi bozor segmentlariga
tovarni chiqarish, mijozlar
e’tibori va qiziqishini ushbu firma chiqarayotgan tovarlarga qaratish,
xaridorlarni tovarni intensiv iste’molini rag‘batlantirish
orqali amalga
oshiriladi.
Tovarni modifikatsiyalashda tovar sifatini oshirish, tovar xossasini
yaxshilash, tovarni bezash va tashqi dizaynini yaxshilash ko‘zda tutiladi.
Marketing-miksni modifikatsiyalashda esa
marketing elementlaridan
to‘liq foydalanishni nazorat qilish optimal maqsadda marketing elementlarini
shakllantirish va qo‘llash ko‘zlanadi.
Maqsadli bozorni o‘zlashtirish yo‘llarini qidirishda muqobil
strategiyalarni aniqlash uchun I.Ansoff tomonidan 1966-yilda taklif etilgan
«tovar-bozor» matritsasi qo‘llaniladi.
Quyida keltirilgan jadvaldan ko‘rinib
turibdiki, firmaning o‘sish
manbalarini o‘zlashtirishning 4 ta asosiy strategiyasi bo‘lishi mumkin:
1. Bozorga chuqurroq kirib borish strategiyasi;
2. Tovarni takomillashtirish strategiyasi.
3. Bozorni rivojlantirish strategiyasi;
4. Diversifikatsiya.