145
Taqsimot yo‘li aniq bir tovar yoki xizmatning ishlab chiqaruvchidan
iste’molchi sari harakatida ularga bo‘lgan mulk egasi huquqini o‘ziga
oladigan yoki boshqaga berishga yordam ko‘rsatadigan firmalar yoxud ayrim
shaxslar majmuidan iboratdir.
Taqsimot
kanalining bosqichi, tovar va unga egalik huquqini pirovard
xaridorga yaqinlashtirish yo‘lida u yoki bu ishni
bajaradigan har qanday
vositachidan iboratdir. Taqsimot kanalining quyidagi bosqichlari bor:
1. Nol bosqichli kanal yoki bevosita marketing kanali ishlab chiqaruvchi
va iste’molchidan iborat. Ishlab chiqaruvchi iste’molchildarga o‘z tovarlarini
joyma-joy tashib yurib (ko‘chma savdo), jo‘natish yo‘li bilan yoki o‘z firma
do‘konlari orqali sotadi.
2. Bir bosqichli kanal o‘ziga
ishlab chiqaruvchi,
vositachi va
iste’molchini qamrab oladi. Iste’mol bozorida, odatda, bu vositachi chakana
savdogar (do‘kondor), sanoat mahsulotiga oid tovarlar bozorida esa savdo
agenti yoki broker hisoblanadi.
3. Ikki bosqichli kanal o‘ziga ishlab chiqaruvchi, ikki vositachi,
iste’molchini qamrab oladi. Iste’mol tovarlari
bozorida ulgurji va chakana
savdogarlar shunday vositachilar hisoblanadi. Sanoat mahsulotlari bozorida
ular sanoat distibyuteri va dilerlar deb ataladi.
5.
Uch bosqichli kanali o‘ziga ishlab chiqaruvchi,
uchta vositachi va
iste’molchini qamrab, ko‘p hollarda ulgurji va chakana savdogarlar o‘rtasida
mayda ulgurji (xaridorlar) faoliyat ko‘rsatadi. U yirik ulgurji savdogar xizmat
ko‘rsatmaydigan kichik savdo korxonalariga sotadi.
Chakana savdo aholiga to‘g‘ridan - to‘g‘ri tovar sotish va xizmat qilish
bilan bog‘liq bo‘lgan tadbirkorlik faoliyatini o‘z ichiga oladi. Chakana savdo
tovarlar assortimentining shakllanishida qatnashadi. Xaridorlarga tovarlar
sifat ko‘rsatkichlari to‘g‘risida axborotlar beradi.
Tovarlarni saqlash,
qo‘shimcha ishlash, narxlarni o‘rnatish va boshqa vazifalarini bajaradi.
Natijada tovarlarning oxirgi iste’molchilari bilan oldi - sotdi shartnomasini
bajaradi. Chakana
savdo mulkchilik shakli, usuli va xizmat ko‘rsatishlari
bilan turlanadi.
Ulgurji savdo umumlashgan vositachi hisoblanadi va ko‘pchilik
vazifalarni bajaradi. Ulgurji savdodan sanoat korxonalari, tijorat firmalari va
davlat muassasalari ulgurjisiga tovar sotib olishlari mumkin.
Savdo qilishning yangi turlariga internet, elektron pochta, to‘g‘ri-to‘g‘ri
marketing, franchayzing va boshqalarni kiritish mumkin