1. Jadal (shiddatli) marketing.
Buni ko‘pchilik xaridorlar - tovar to‘g‘risida ma’lumotga ega bo‘lmagan
yoki bo‘lgani ham uning yuqori narxidan ta’sirlanmagan holda ishlatadi.
Xaridorlarni jalb qilish, ularning talabini shakllantirish tadbirlari o‘tkazishga
katta mablag‘ ajratish orqali uyushtiriladi. Tovarning ham narxi yuqori
o‘rnatilib ko‘p foyda olish nazarda tutiladi.
2. Bozorga tanlov asosida kirish uslubi.
149
Uning hajmi katta bo‘lmagan holatda ishlatiladi. Tovar ko‘pchilikka
noaniq, unga yuqori narx qo‘yilsa ham xaridorlar sotib olish mumkin.
Raqobatchilar bozorda juda oz va shuning uchun talabni rag‘batlantirishga
kam xarajat qilib ko‘proq foydaga erishish mumkin.
3. Bozorga keng ko‘lamli kirib borish uslubi.
Bozorning hajmi katta, tovar haqida xaridorlar kam taassurotga ega va
uning narxi balandligiga rozi bo‘lmagan davrda ishlatiladigan uslub. Undan
tashqari raqobat kuchli, tovar ishlab chiqarishni ko‘paytirish natijasida uning
tannarxi pasayadi va «narxlar jangi»ga imkon yaratadi. Rag‘batlantirishga
ko‘proq mablag‘ ajratishga imkoniyat yaratiladi.
4. Sust marketing uslubi bilan bozorning hajmi katta bo‘lganda,
xaridorlar tovarni yaxshi bilsada, kamroq xarajatlar qilib, pastroq narx orqali,
raqobat kam sharoitda muvaffaqiyatga erishiladi.
Tovar bozorining o‘sish bosqichida bozorga kirgan tovar bilan
iste’molchilar ko‘proq tanishgani tufayli raqobatchilarni siqa boshlaydi. Agar
bozor katta bo‘lsa, raqobatchilar ham bizning tovarga o‘xshash tovar ishlab
chiqara boshlaydi. Raqobatchilarga qarshi bozorga o‘sha tovarning yangi-
yangi turlari va yangi xaridorlari uchun ishlab chiqiladi. Shu davrda, ayrim
tovarlarning modelini yangilash va talabni shakllantirishning har xil tadbirlari
o‘tkaziladi.
Reklamada tovarning amaliyotdagi iste’molchilar tajribasida sinalgan
xususiyatlari ko‘proq yoritiladi, imtiyozlar va narxni pasaytirishgacha
qo‘llaniladi.
Tovar bozorining yetilish (pishgan) davrida tovarning to‘la assortimenti
bozorga kiritilgan va 50 foizdan ortiq xaridorlarga kerakli tovar bilan
ta’minlangan bo‘ladi. Endi tovarni asosan konservativ dunyoqarashli
xaridorlar sotib olishadi. Talabni rag‘batlantirish tadbirlari asosan tovarning
foydaliligini yoritishga qaratiladi.
Tovar bozorining to‘yinishi davrida tovar asosan sotilishi, bozorda
iste’molchilarning qaytadan xarid qilishlari hisobiga amalga oshiriladi.
Talabni rag‘batlantirish siyosati samara bermay qoladi. Shuning uchun
bozorda yaxshi talabga ega tovarlar qoldiriladi. Ammo reklama susaytirilmay,
aksincha kuchaytiriladi. Narx pasaytirilib, tovar ko‘pchilik xaridorlarga
yaqinlashtiriladi.
Tovar bozorining tushkunlik davrida talabni va sotishni rag‘batlantirish
tadbirlari shu tovar uchun to‘xtatiladi. Sotuvchilarga qaratilgan
rag‘batlantirish tadbirlari, asosan tovar sotilishi hajmini ko‘paytirish
maqsadida olib boriladi:
pul mukofoti berish;
qo‘shimcha dam olish kunlari, firma hisobidan sayohatlarga borish;
150
qimmatbaho sovg‘alar;
ma’naviy rag‘batlantirish;
korxona faoliyati reklamasi;
xayriya ishlarida faol qatnashish va boshqalar.
Talabni shakllantirish va sotishni rag‘batlantirishda «pablik rileyshnz»
tadbirlari katta yordam beradi. Bu atama «jamoatchilik bilan murosa»
ma’nosini beradi, «pablik rileyshnz»ning turli ta’riflari bor, ulardan eng
muvaffaqiyatli chiqqani - bu atamani jamiyatda tovar va firma haqida yaxshi
taassurotlar yaratish maqsadlarida o‘tkaziladigan tadbirlar majmui deb
ta’kidlaydilar. «Pablik rileyshnz» va marketing bir birini to‘ldiradi. «Pablik
rileyshnz» yashirin shakldagi reklamaning bir turi bo‘lib, maqsadga
muvofiqligi va tadrijiyligi bilan ajralib turadi. Agar pasayib borayotgan talab
sharoitida reklama faroliyati to‘xtatiladigan bo‘lsa, «Pablik rileyshnz» ni
firmaning bozorga o‘rnashgan kunidan boshlab to uning bozorda bo‘ladigan
oxirgi kuniga qadar o‘tkazish zarur.
Shuningdek, ko‘rgazma va yarmarkalar marketing va reklamaning
samarali vositalari sanaladi.
Ko‘rgazma va yarmarkalarning eng yaxshi tomoni - xaridorlarga tovarni
uning haqiqiy kiyofasida taqdim etish imkoniyati borligidadir. Ko‘rgazma
ham, yarmarka ham tijorat-tomosha tadbirlari hisoblanadi. Ularning
o‘rtasidagi farq shundan iboratki, ko‘rgazma istalgan shaharda har xil
sabablar bilan, hatto tovarsiz tashkil etish mumkin. Yarmarka esa qat’iy
sur’atda va muntazam ravishda bir joyda o‘tkaziladi. Bundan tashqari,
ko‘rgazma garchi unda bitishuvlar o‘tkazilgan bo‘lsa ham o‘z ruhiga ko‘ra
asosan ma’rifiy-targ‘ibot yo‘nalishiga ega, ko‘p hollarda unda “kelajak
tovarlari” ham namoyish qilinadi. Yarmarka esa birinchi navbatda tijorat
yo‘nalishi bilan ajralib turadi, unda hali talabdan qolmagan “eski” tovarlar
ham bo‘lishi mumkin.
Shunday qilib, yarmarka - bu davriy faoliyat qiluvchi, bozor ya’ni
belgilangan muddatlarda bir joyda muntazam to‘planadigan bozordir.
Yarmarkaning maqsadi - uning ishtirokchilariga o‘zlari ishlab chiqargan
mahsulotlar namunalarini ko‘rsatishga imkoniyat yaratib berish, savdo
bitimlari tuzish maqsadlarida yangi yutuqlar va texnik kamolatni namoyish
qilishdan iborat. Savdo-sanoat ko‘rgazmalari bir yoki bir qancha mamlakat
ishlab chiqarishning bir yoki bir necha sohalarida, fan va texnika sohasida
erishgan ilmiy-texnika yutuqlarini ko‘rsatish maqsadlarida tashkil etiladi. O‘z
ishtirokchilari va tashqi iqtisodiy aloqalardagi iqtisodiy aloqalardagi iqtisodiy
ahamiyatga ko‘ra, ko‘rgazma hamda yarmarkalar milliy va xalqaro turlarga
bo‘linadi. O‘z mamlakatida o‘tkaziladigan milliy ko‘rgazma va yarmarkalarda
151
chet el xaridorlari ham qo‘yiladi, lekin tovar sotish huquqi milliy firmaga
qat’iy berilgan bo‘ladi.
Hozirgi zamon sharoitlarida bir mamlakatning hukumati yoki sanoat
birlashmalari boshqa mamlakatda tashkil etadigan milliy ko‘rgazmalarda o‘z
mamlakatining yutuqlari va tovar munosabatlarining rivojini namoyish qiladi.
O‘tkazish muddati va usullariga ko‘ra, ular quyidagi turlarga bo‘linadi: qisqa
muddatli ko‘rgazmalar, ko‘chma ko‘rgazmalar, namunalar doimiy
ko‘rgazmasi, savdo markazlari, savdo haftaliklari.
Qisqa muddatli ko‘rgazmalar uch haftadan ortiq bo‘lmagan muddatda
o‘tkaziladi. Bunday ko‘rgazma yo umumiy mazmunda, ya’ni o‘z
mamlakatining barcha ishlab chiqarish faoliyati sohalaridagi yutuqlarini
namoyish etadi yoki ixtisoslashgan bo‘lib, biron-bir tarmoq yutuqlarini
ko‘rsatadi.
Ko‘chma ko‘rgazmalar turli transport vositalaridan foydalanib,
tomoshabinlar doirasini kengaytirish maqsadlarida tashkil etadi. Keyingi
yillarda yirik kemalarda ko‘rgazmalar tashkil etish tobora keng rasm
bo‘layotir. Yaponiya, Angliya, Shvetsiyada bunday ko‘rgazmalar yirik kema
bortlarida tashkil etiladi, ketma bir qancha davlatlarning savdo shaharlarida
bo‘lib, qo‘yilgan tovarlarni namoyish etadi, shuningdek savdo-sotiq ham
qiladi.
Namunalar doimiy ko‘rgazmasining aksariyati o‘z mamlakatining chet
ellardagi diplomatik konsul xonalari va boshqa vakolatxonalarida tashkil
etiladi, chet ellardagi ehtimol to‘tilgan xaridorlarga namunalar bo‘yicha
shartnomalar tuzish uchun eksport mahsulot namunalari namoyish etiladi.
Milliy tashkilotlar tomonidan chet ellar tashkil qilinadigan doimiy savdo
markazlari katta ahamiyat kasb etadi. Bunday markazlar o‘zlari joylashgan
mamlakatda ixtisoslashtirilgan ko‘rgazmalar tashkil etish bo‘yicha keng
faoliyat olib boradi: ekspoцent firmalarga bepul ko‘rgazma maydonlari
beradi, o‘z hisobidan ko‘rgazmani loyihalash va rasmiylashtirish, ochishni
amalga oshiradi, ko‘rgazma ishtirokchilariga bozordagi holatlar haqida
axborot yetkazib beradi.
Ko‘rgazma va yarmarkalarning yangi turi savdo haftaliklari nomini oldi.
Bunday tadbirlar odatda yirik shaharlardagi universal do‘konlarda iste’mol
tovarlarini namoyish tatbiq sotish uchun tashkil etiladi.
Xalqaro ko‘rgazma va yarmarkalar tovar muomalasiga xizmat ko‘rsatadi.
Ularda har qanday mamlakat firmalari hech qanday cheklashlarsiz ishtirok
etishi mumkin. Xalqaro ko‘rgazma va yarmarkaning eng afzal tomoni - ularda
turli mamlakatlarda ishlab chiqariladigan juda ko‘p tovarlarning namunalari
to‘planadi. Bu esa xaridorga qisqa vaqt davomida bozorda mavjud takliflar
bilan tanishib chiqish, mutaxassislardan kerakli maslahatlarni qiyoslash,
152
muzokaralar o‘tkazish, tijorat shartlarini kelishib olish va eng muhimi,
shartnoma imzolash imkonini beradi.
Namoyish etiladigan eksponatlar xarakteriga ko‘ra xalqaro ko‘rgazma va
yarmarkalar universal va ixtisoslashgan turlarga bo‘linadi. Universal
ko‘rgazma va yaramarkalarda eksponatlar muayyan tovarlar guruhlari bilan
chegaralanmaydi. Ularda barcha yoki ko‘pgina sanoat tarmoqlari mahsulotlari
namoyish qilinishi mumkin. Ixtisoslashgan ko‘rgazma va yarmarkada esa
faqat bir yoki bir necha turdosh sanoat tarmoqlari tovarlari, ba’zan biron bir
amaliy fan yutuqlari namoyish qilinadi.
|