§. o’tishlarda fotoeffekt




Download 1.67 Mb.
bet9/11
Sana20.09.2022
Hajmi1.67 Mb.
#26119
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
8-bob
Algebra 8-klass, malumotnona, baholar bayonnomasi, 9-sinf, 11-mavzu xurshid do‘stmuhammad qissalari tahlili reja X. Do„st, Dustmuratov 1-qism1 (4), Metodbirlashma rejasi2022-2023, 2 sinf ona tili va o\'qish savodhonligi navbatda turishni bilasizmi (2), 8-iqtisod, Jononov domlaga dastur555555555555, Резюми Бобур ака янги, 9ameliy, 1-3 bsinf, 4.1 Бартел Шкаласи
8.16-rasm. , , bo’lgan hollardagi o’tkazgichning, benuqson akseptor chegaraviy holatlar bo’lgandagi o’tkazgichning energetik zonalar diagrammalari.
Chegara sohasida sirt holatlarining va dipollarning paydo bo’lish tabiatini (sabablarini) va ularning real geteroo’tishlar energetic diagrammalari ta’sirini qisqacha ko’rib chiqaylik.
Geteroo’tishning chegara sohasida sirt holati energetik sathlari paydo bo’lishining asosiy sabablaridan biri – yarimo’tkazgich materiallari Kristal panjaralari doimiylarining bir- biriga yaqin bo’masligi (nomuvofiqligi) dir. Geteroo’tishni tayyorlash jarayonida kirgan neytral va elektr jihatdan aktiv holatdagi har xil kirishmalar va nuqsonlar strukturalari takomiliga etmagan materiallarning vujudga kelishini sababchi bo’ladi. Buning oqibatida davriy joylashgan to’yinmagan bog’lanish ko’rinishdagi katta miqdordagi nuqsonlar paydo bo’ladi (8.17-rasm).Yuza birligiga to’g’ri kelgan to’yinmagan bog’langanlik zichligi quyidagicha topiladi”
(8.80)
Bu yerda va - kristall panjaralar doimiylari, doimiy, uning aniq qiymati materiallar strukturasi, kristall panjaralari va ularning o’zaro yo’nalishi (orientatsiyasi) orqali anqlanadi. Shunday to’yinmagan bog’lanishlar elektr jihatdan aktiv nuqsonlar bo’lib, ular kirishmalarning Ko’chish (segregatsiya) markazi vazifasini bajarishi mumkin.

8.17-rasm. [100] tekislikda kristall panjara doimiylari va bo’lgan kubik strukturali monokristallarning chegarasida to’yinmagan bog’lanishni ifodalovchi kristall panjara nomuvifiqlik dislokatsiyasining paydo bo’lishi.
Odatda, to’yinmagan bog’lanishlarning asosiy qismi kompensatsiyalangan (birmuncha tiklangan), katta bo’lmagan qismi esa aktiv bog’lanishlar bo’lib, materiallarning hossalariga ta’sir ko’rsatadi. Kristallar panjaralar doimiylari mos kelmasligi bilan bog’liq bo’lgan mexanik kuchlanish (kuchlar) ta’sirida yarimo’tkazgichlar taqiqlangan zonalari mahalliy o’zgarish (variyatsiya) larga ucchirashi va natijada hossalari anchagina o’zgarishi (o’tkazuvchanlik dislokatsiya yadrosi bo’yicha oshishi) mumkin.
Kristall panjaralar doimiyligining farqi kritik qiymatidan katta (taxminan 1%) bo’ganda chegara qatlamidan boshlab o’sish tomonga yo’nalgan quyuq dislokatsiya to’g’ri hosil bo’ladi. Natijada qalin qatlamlarda vujudga kelgan kuchlanishlar (asosan cho’zilish) yoriq (darz) paydo qilishi mumkin. Bunday turdagi dislokatsiyalar geteroo’tishni tashkil etgan namunalarni chegara sohasida kesish, sirtga mexanik ishlov berishda shikastlanish tufayli paydo bo’lishi mumkin. Shunday qilib, haqiqiy geteroo’tish chegara sohasida kristal panjaralar doimiylarining mos kelmasligi taqiqlangan zonada mahalliy sirt holatlarining sohtini, elementlarning diffuziysi esa chegara sohasidagi birikmalarda ximiyaviy tarkiblarning stexiometrik jihatdan farqlanishini keltirib chiqaradi. Bunday holatlar o’zlarida zaryad to’plash qobilyatiga ega bo’lib, chegarada bir qutbli zaryadlangan qatlam hosilqiladi va quyidagi hodisalarni keltirib chiqaradi:
1. Sirt holatlaridagi zaryad ta’sirida o’tkazuvchan zona chegara sohasidagi muvozanat holatga mos kelgan Fermi sathiga nisbatan ko’tarilishi yoki pastga tushishi mumkin,buning natijasida energetik diagramma o’zgaradi.
2. Energetik holatlar ko’p miqdordagi rekombinatsiya markazlarini hosil qiladilar; bu teskari yo’nalish tokining kattaligi bilan tushuntiriladi.
Sirt holatlarining rekombinatsion xarakteristikalari (hususiyatlari) chegarada zaryad tashuvchilarning effektiv rekombinatsiyasi tezligi orqali aniqlanadi. Eng sodda hollarda rekombinatsiya tezligi Shokli-Rid formulasi orqali ifodalanadi.
Haqiqiy va ideal geteroo’tish hossalarining hamda energetik diagrammalarining farqlarini tushuntiradigan bir necha omillarni ko’rsatish mumkin. Masalan, chegara qatlami sohasida atom masshtabi bilan o’lchanadigan dipolning hosil bo’lishi. Bunday dipollar ximyoviy reaksiyalar va elementlarning o’zaro diffuziyasi tufayli paydo bo’lishi mumkin. Shunga o’xshash dipollar yana chegara sohasida joylashgan dielektrik qatlamning qarama-qarshi tomonlarida zaryadlarning mavjud bo’lishi tufayli va chegara sohasining ikki tomonida hajmdagi qarama- qarshi ishorali zaryadlangan nuqsonlarning fazodagi taqsimoti hisobiga ham paydo bo’lishi mumkin. Oxirgi holatda zaryadlar qatlami qalinligi bir necha o’n nanometer bo’lishi mumkin.
Sirt zaryadlari qatlamining juda katta zichlikka ega bo’lishi natijasida chegara sohasida yarimo’tkazgichlarining sirtlarida Fermi sathlari muayyan (belgilangan) qiymatga ega bo’ladi va oqibatda sirt dipollari paydo bo’ladi. Ikki yarimo’kazgichning chegara sohasida atom o’lchovlari tartibidagi shunday qatlamning paydo bo’lishi chiqish ishlari har xil bo’lgan ikki metall namunaning kontaktlashishiga o’xshashdir. Shunday qilib, sirt dipollari hamda zichligi bo’lgan sirt zaryadlari ta’sirida diffuzion potensial o’zgaradi. Bularni hisobga olgan holda, geteroo’tish uchun diffuzion potensial quydagicha aniqlanadi:
, (8.81)
Bu yerda o’tishda dipol hosil qilgan kuchlanish. Shuni eslatib o’tamizki, bu holda ham o’rinli bo’ladi, lekin potensialning taqsimoti Anderson modelinikidan farqli bo’ladi. Kontakt potensiallar ayirmasining qiymatlari va Anderson modeli bilan hisoblangan qiymatiga teng bo’lmaydi. va larning qiymatlari o’zgarmaydi va modeldagi kabi hossalarga ega.
Ma’lumki, geteroo’tishlarni hosil qilishda ataylab yoki tasodifan chegara sohasida oraliq qatlam paydo bo’lishi mumkin. Bu oraliq qatlamda I yarimo’tkazgichdan II yarimo’tkazgichga o’tish materiallar hossalarining ohista o’zgarishi bilan bo’ladi. Sirt dipol elektr maydon kuchlanganlikgi bilan bog’liq bo’lgan zonalar to’la egriligi, yuqoridagiga o’xshash, quyidagicha aniqlanadi:
; (8.82)
Bu yerda - potensialning sirt dipoli ta’sirida elektrostatik o’zgarishi.

Download 1.67 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Download 1.67 Mb.