Tarbiya prinsiplari quyidagilardan iborat:
1. G‘oyaviylik, ma’naviylilik.
2. Shaxsni jamoada va jamoa orqali tarbiyalash.
3. Tarbiyalanuvchilar shaxsiga qo`yiladigan talablar va xurmat birligi.
4. Tarbiyaning hayot, mehnat, jamiyat ko`rilishi amaliyoti bilan bog‘liqligi.
5. Tarbiyaviy ta’sirning izchilligi, tadrijiyligi, davomiligi, sistemaliligi, yaxlitligi va uzluksizligi.
6. Tarbiya o`quvchilarning yosh va individual xususiyatlarini xisobga olish.
Tarbiya qonuniyatlari deganda pedagogik xodisa va jarayon o`rtasidagi aloqalarni tushunamiz. Tarbiya qonuniyatlari quyidagilardan iborat:
1-qonuniyat. Tarbiyaning insonning maxsus hayotiy faoliyati sifatidagi ijtimoiy muhitning ob’yektiv va sub’yektiv faktorlarining majmuasi ekanligi. Tarbiya-bu: 1. moddiy boylikni yaratishni yaratish usuli. 2. Siyosiy tizim. 3. Jamiyatdagi xukmron mafkura. 4. Jamiyatning sotsial tizimi. 5. Jamiyat a’zolarining ma’naviy madaniyati bilan chambarchas bog‘lis bo`lgan xodisalar.
2-qonuniyat. Tarbiya va shaxs rivojlanishining birligi va o`zaro aloqasi. Tarbiya va rivojlanish dialestis o`zaro aloqadagi jarayondir.
Tarbiya sifati bilan shaxs rivojlanishining o`rtasida chambarchas aloqa mavjud. O`z navbatida tarbiya mazmuni, shakl va metodlari shaxsning rivojlanganlik darajasiga bog‘liq.
3-qonun. Tarbiyalanuvchilarning ijtimoiy foydali faoliyati qancha maqsadga muvofiq tashkil qilinsa, o`qituvchi bilan muloqot to`g‘ri tashkil qilinsa, tarbiya jarayoni shunchalik samarali bo`ladi. Demak, tarbiya jarayoni ikki asosiy faktorlarning o`zaro aloqadorligiga bog‘liq:
1. Muomala.
2. Faoliyat (o`qish faoliyati, o`yin faoliyati, mehnat faoliyati, estetik faoliyat.)
4-qonuniyat. Tarbiyalanuvchi aktiv faoliyati bilan tarbiyaviy ta’sir o`rtasidagi qonuniy aloqa mavjudligi. Pedagoglarning bolalarga tarbiyaviy ta’sir ularning aktiv faoliyatini tashkil qilishni, muloqat, intellektual, emotsional va irodaviy sifatlarni shakllantirishni nazarda tutadi.
|