O'zbekiston respublikasi




Download 1.38 Mb.
bet7/10
Sana21.03.2017
Hajmi1.38 Mb.
#1143
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
1-rasm. Go`niya
Ko`pincha o`quvchilar undan ponani urib chiqarishda bolg`achalar kabi foydalanadilar. Bu esa noto`g`ri hisoblanadi.

Go`niya har bir duradgorlik va metallga ishlov berish ustaxonalarida bo`lishi zarur. Uni tayyorlashga kam material ketadi, shu sababli, har bir ustaxonada bu ishni amalga oshirish mumkin.

Bu ishni amalga oshirishda o`quvchilar berilgan chizmani o`qishni, ishlarni mustaqil tashkil qilish orqali duradgorlik ishlarini bajarish malakalariga ega bo`ladilar.

Ish tartibi ikkita amaliy mashg`ulotga mo`ljallangan bo`lib, birinchi amaliy mashg`ulotda o`quvchilar go`niya asos kundasini yasashni o`rganadilar va yasaydilar.

Ikkinchi amaliy mashg`ulotda o`quvchilar go`niya asos kundasi va bo`linmaalrini to`g`ri burchak ostida biriktirish va pardozlash ishlarini bajaradilar.

Buning uchun material (zagatovka) bir muncha katta o`lchamda olinadi. Bunda ikkita maqsad bor: birinchidan, uzun materialni randalash oson, ikkinchidan, o`quvchilarda quloqcha tayyorlashni imkoni bo`ladi.

Go`niya kundalarini mahkamlashning pishiqligini oshirish uchun yelimlab biriktirilgandan keyin birikish joyiga imkoniyatga ko`ra 5-6 mm li nagel (bir yoki ikkita) o`rnatish maqsadga muvofiq hisoblanadi.

O`quvchilar amaliy mashg`ulot davomida go`niya yasashni bilib olgach, porsi go`niya (yerunok) yasashlari mumkin. Uning go`niya tayyorlashdan farqi shundaki, uning kundasidagi quloqcha 450 og`ish burchagi ostida qilinadi. Kundani esa ikkinchi asos kunda markaziga o`rnatiladi (2-rasm).







Download 1.38 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Download 1.38 Mb.