XALQALARNI BIRIKTIRISH VA DETALLARINI JOYLASHTIRIB TO`QISH




Download 0.5 Mb.
bet2/12
Sana12.04.2023
Hajmi0.5 Mb.
#50536
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
121152 qish)
3-fan Ta\'limda axborot texnologiyalari, 124486 1вазифа, 7-sinf, 6 top, Asbob uskuna- 2 кисм далолатнома, 1730 planshet, Формы активности в философии, gulshanoy, Feedback Form RU, 1-Amaliy ish, Iqtisodiy faoliyat va uning turlari, daromadlarni-soliqqa-tortishda-umumdeklaratsiyalash-tizimining-obyektiv-zaruriyati (1)
3.7. XALQALARNI BIRIKTIRISH VA DETALLARINI JOYLASHTIRIB TO`QISH

  • Homaki halqalar bilan birga ko`chirilgan halqalar (79-rasm, a). Ko`chiriladigan halqa oldida o`ng spisada homaki halqa (nakid) hosil qilinadi va chap sepisadagi halqa o`ng spisaga to`qimay ko`chirilad. Ba’zi halqalarni bir necha qatorga hamisha to`qimasdan ko`chirish kerak bo`lganida xar qatorda shu halqa bilan oldingi qatordagi xomaki halqani ko`chirish oldidan spisada yangi xomaki halqa hosil qilinadi. Ko`chirilgan halqalarni to`qishda har. qaysi halqa va xomaki halqa ham spisa bilan tagidan ilib olinadi (79-rasm, b).

  • Uz un yoki o`ramli halqalar. O`ng spisaning uchi halqaga o`ng (80-rasm,a) yoki ters (80-rasm, b) halqa to`qishdagi singari kiritiladi va asosiy ip shu halqa orqali tortib chiqaadi; spisa soat tili yo`nalishida

  • al antirib, o`nga ip bir necha marta o`raladi, ya’ni spisada o`ram (oborot)lar hosil qilinadi. Navbatdagi qatorni to`qishda oddiy halqalar to`qib ketilib, o`ramlar tashlab yuboriladi. Ba’zan esa o`ramlar. Tashlab yuborilib, halqalar ikkinchi spisaga to`qimasdan ko`chiriladi.
  • Oxirgi qator halqalarini biriktirisha) 1-usul-bir halqani ikkinchi halqa orqli o`tkazib biriktirish. Buning uchun chetki halqa ik­kinchi spisaga to`qimasdan ko`chirilib, undan keyingi halqa to`qishda nusxasida ko`rsatilganidek to`qiladi, shunda o`ng spisada 2 halqa bo`ladi. Birinchi halqani chap spisaning uchi bilan o`zing tomon tortib kerib turiladi, chap tomondagi ikkinchi halqa o`ng spisa bilan uning ichidan tortib chiqariladi. Keyin chap spisadagi navbatdagi halqa shu tarzda to`qiladi, ya’ni birinchi halqa chap spisa­ning uchi bilan kerib turilib, ik­kinchi halqa u orqali tortib chiqariladi. Barcha halqalar shu tariqa bekitiladi (81-rasm). Ip uzilib, uchi oxirgi halqa orqli sug`urib chiqariladi;



  • b) 2- usulda 2 halqa birga qo`shib to`qiladi. Bundan hosil bo`lgan bitta halqa chap spisaga ko`chiriladi, yana 2- halqa (birinchi halqa tomondan) qo`shib to`qiladi va qatordagi barcha halqalar bekitilib bo`lguncha shu tarzda davom ettiriladi.

  • Izma (tugma solinadigan teshik)lar gorizontal yoki vertikal yo`nalishda joylashgan bo`lishi mumkin. Bir qatorda gorizontal izmalar (82-rasm) hosil qilish uchun tugmaning diametriga mos keladigan miqdordagi halqalar asosiy ip ishtirokisiz bekitiladi. So`ngra asosiy ipdan ustama yopiq halqalar hosil qilinadi, ularning soni bekitilgan halqalar soniga teng bo`lishi lozim, keyin halqalar odatdagicha to`qib ketilaveradi.

    V ertikal halqa (83-rasm). Izmaning tashqi va ichki tarafida joylashgan halqalar bitta koptokdagi ipdan foydalanib alohida-alohida to`qiladi. Izmaning bir tomoni tugmaning diametriga teng keladigan balandlikda to`qiladi, to`qilgan to-monning milki (cheti)da qancha «o`ram» («kosichka») yoki «tuguncha» hosil bo`lsa, o`ng spisaning uchiga asosiy ip o`ralib shuncha o`ram (oborot) hosil qilinadi. Izmaning ikkinchi tomonini to`qishda uning oxirgi halqasi o`ng spisadagi birinchi o`ram bilan birga ilib olib, qo`shib to`qiladi. Izmaning tayyor tomoni balandligiga etgo`nga qadar spisadagi o`ramlar shu tarzda qo`shib to`qilaveradi, ke­yin odatdagicha to`qishda davom ettiriladi.



  • Qi sman to`qishBunda qatorlar yo qisqartiriladi (kalta qatorlar), yoki uzaytiriladi (uzun qator); qatorlarni qisqa qilib to`qishdada, qatordagi halqalar soni polotno chetidan o`rtasiga qarab kamaytirila boradi; qatorlarni uzun qilib to`qishda esa halqalar soni polotnoning o`rtasidan chetlariga qadab orttiriladi. Gorizontal vitachkalarni to`qishda, orqasi bukchaygan, kurak suyagi chiqib turadigan kishilar gavdasiga moslab kiyim to`qishda, qatorlarning balandligi turlicha bo`lgan to`qima naqshlarni tutashtirganda (birlashtirganda) ayni shunday to`qish usulidan foydalaniladi.

  • Qisqartirilgan (kalta) qatorlar (84-rasm). Ba’zan buyumning bir tomonini ikkinchi tomonidan .uzunroq qilishga (masalan, orqasi bukchaygan kishiga kofta to`qiganda ortiqcha qatorlar qo`shishga) yoki, aksincha, qisqaroq qilishga tug`ri kelganda yoki bitta buyumning turli qismlari turlicha tuqilganda (masalan, koftaning borti, rumol to`qilishida, asosiy polotnosi paypoq to`qilishida bo`lganida) buyumning har ikkala tomonining uzunligini bir-biriga teng qilishga tug`ri keladi. Shunday hollarda qatorlar qis-qa qilib to`qiladi (qisqartiriladi); bu quyidagicha amalga oshiriladi: to`qilayotgan qatorning cheti (oxiri)ga etishga 5-6 halqa qolganda polotnoning ikkinchi tomoni aylantiriladi, eng oxirgi halqa chap spisadan o`ng spisaga ko`chirilad va qator teskari yo`nalishda to`qiladi. Polotnoning teskari tomonida ham 1qatorning chetiga etishga 5-6 halqa qolganda polotnoning o`ng tomoni aylantiriladi va hokazo. Qatorlarni qisqa qilib tuqigan vaqtda umumiy qatorga o`tishda burilish halqalarining ipi tortiladi.

  • Uzaytirilgan (uzun) qatorlar (85-rasm). Kalta qatorlar qanday hollarda qo`llanilsa, uzun katorlar ham shunday hollarda, lekin buyum yuqoridan pastga qarab tuqilganida qo`llaniladi. Qator polotnoning o`rtasidan chetlariga qarab yoki bir chetidan ikkinchi chetiga qarab uzaytiriladi. Uzaytirilgan qatorlar bilan to`qishda bu rilish halqalari qator uzaygan sari ipni tortib yuqori ko`tariladi (86 rasm, a, b).

  • Buyumning etagini qayirib bostirish. Agar buyum pastdan yuqoriga qarab tushirilsa, paxta ipidan kerakli mikqorda halqalar hosil qiilinib, 3-5 qator to`qiladi, keyin ancha ingichka spisalar yordamida asosiy ipdan paypoq to`qilishida 2,5-3 sm to`qiladi, so`ngra polotnoning o`ng tomoni bo`yicha ters halqalar bilan bir qator tuo`qiladi (bu qator buyumning chetini tekis bukish uchun kerak). Buyumning cheti (etagi) ko`ngurador (tishli) bo`lishi uchun polotnoning o`ng tomonidan, uning chetini qayirib bukish chizig`i bo`yicha navbat bilan 2 halqa birga qo`shib to`qiladi va 1 xomaki halqa hosil qilinadi, qatorning chetigacha shunday davom ettiriladi, navbatdagi qatorda gramma halqalar va xomaki halqa (nakid) lar ters halqa qilib to`qiladi (bunday to`qish «piko» deb ataladi).

  • Polotno qayirib bukish kengligida to`qilgach, paxta ipi qirqilib, asosiy ipdan to`qilgan halqalar ajratiladi, so`ng ochilib qolgan shu halqa qo`shimcha spisaga kiygiziladi va polotno qayirish chizig`i bo`yicha bukiladi (teskarisi ichki tomonda qoladi), so`ngra har gal 2 halqa bir qo`shib to`qiladi, bunda bir halqa asosiy spisadan va ikkinchi halqa qo`shimcha spisadan olinadi. Shunday keyin o`ng halqalar o`ng halqa qilib va ters halqalar ters halqa qilib to`qiladi. Buyumning naqshiga ko`ra polotnoni ulashning iloji bo`lmasa, birinchi qatordagi halqalar polotnoning teskari tomondan ters halqalardan hosil bo`lgan tugunchalarga gorizontal trikotaj chok solib tikiladi. Buyum yukoridan pastga qarab to`qilganida ham palotno chetini qayirib bukish chizigi bo`yicha bitta ters qator to`qiladi yoki ”piko” deb ataluvchi qator hosil qilinadi, so`ngra polotnoning cheti qayrilib, teskari tomonidan ochiq; halqalardan ilib olib qo`lda tikiladi.

  • Uyma cho`ntak. Cho`ntak o`yiladgan joygacha to`qilgach, asosiy ipni vaqtincha chetda qoldirish va uning o`rniga rangdor paxta ipini olish kerak. Rangdor ipdan bir qator tuqiladi, bunda qatordagi halqalarning xammasi o`ng halqa bo`ladi. Hosil bo`lgan halqalar chap spisaga o`tkaziladi va asosiy ipdan yana bir qator to`qiladi. Buyum to`qilib tayyor bo`lgach, rangdor ipni ehtiyotlik bilan sug`urib olish, cho`ntak o`rnidagi ustki va ostki ochiq halqalarni spisalarga kiygizish kerak. Yuqoridagi halqalardan pastga qarab cho`ntakning ichki qismi (xaltasi) paypok. nusxa tuqilishida istagan uzunlikda to`qiladi, lekin yon tomonlarga bittadan ustama yopiq halqa qo`shiladi (bu tug`rida yuqorida aytib o`tildi). Cho`ntakning ichki qismi buyumga teskari tomondan uch nuqtasidan chatib qo`yiladi. Pastki halqalardan yuqoriga, tomon cho`ntakning pardoz (bezak) plankasi qo`yiladi.

    2.To’qilgan kiyimlarda cho’ntak turlari va ularning to’qilish usullari haqida nimalarni bilasiz?










    Kirish
    Hozirgi dolzarb masala yuqori malakali kadrlar tayyorlash sifatini oshirish, yoshlarni har tomonlama tarbiyalash, kasb-hunarga o`rgatishdan iborat. Bu vazifalar maktablarda, madaniyat uylari, o`quvchilar saroylari qoshida tashkil etilgan to`garaklar zimmasiga yuklanadi.
    To`qish va to`qishni o`rgatish metodikasi fanining asosiy maqsadi, bo`lajak to`garak tashkilotchisiga to`qish to`garagini tashkil etishdagi ta`lim va tarbiya jarayonlarini olib borishni o`rgatadi. Bu fan “Ta`lim to`g`risida”gi qonun, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”, Prezident risolalarini hayotga tatbiq etgan holda to`garak mashg`ulotlari texnologiyasida eng zamonaviy, jahon andazalariga mos bo`lgan ta`lim-tarbiya berish vazifasini qo`yadi.
    To`qishga o`rgatish to`garagining asosiy maqsadi, to`garak a`zolariga nafis to`qish sirlarini o`rgatish, mazkur san`atga bo`lgan mehr-muhabbatni uyg`otish, ularni izlanuvchanlikka, yaratuvchanlikka, tejamkorlikka o`rgatishdir. Dastur to`qish bo`yicha respublikamiz madaniyat uylari, o`quvchilar saroyida to`garak ishlariga oid to`plangan tajribalar, to`qish san`atining turmushda qo`llanish darajasi, rivojlanishi, tarixini o`rganish asosida tuzildi. Dastur III qismdan iborat.
    I bo`limda to`qish va to`qishni o`rgatish metodikasi umumiy masalalari o`qitiladi.
    II qism piltakashda to`qish va to`qishni o`rgatish metodikasida kerakli jihoz va moslamalar, kerakli materiallarni tayyorlash, halqalarni terish, belgilash, sonini o`zgartirish, chilvir, bo`rtiq gullar hosil qilish o`rgatiladi. Dasturga chok namunalari to`qish, o`lchov olib andaza tayyorlash, vertikal, gorizontal trikotaj choklarni qo`llash, turli buyumlarni to`qish kabi mavzular kiritilgan.
    III qismda ilmoq va ilmoqda to`qishni o`rgatishdagi shartli belgilar, to`qish uslublari va turli buyumlarni to`qish o`rganiladi.
    To`qish fani tikuvchilik buyumlarini loyihalash va badiiy bezash, tasviruy san`at, anatomiya, matematika, tikuvchilik texnologiyasi, mehnat muhofazasi, tikuvchilik materialshunosligi fanlari bilan bog`liq.
    Fanni o`qitish texnologiyasida nazariy bilimlar beriladi va amaliy mashg`ulotlar o`tkaziladi. Nazariy bilimlar berishda bo`lajak to`garak rahbarlariga to`garakni tashkil etishning ilmiy-nazariy asoslari, ma`naviy, milliy, axloqiy, badiiy tarbiya talablari va uni amalga oshirish yo`llari o`rgatiladi. Albatta nazariy bilimlar berishda ilg`or tajriba manbalaridan foydalanish zarur. Nazariy bilimlar berishda texnika vositalari, ko`rgazma qurollar namoyish etiladi. Madaniyat uylari, maktab to`garak ishlari mashg`ulotlari o`quvchilar saroylari ish tajribalari asos qilib olinadi.
    To`qish bo`yicha amaliy mashg`ulot davomida o`quvchi mehnati yakka shaklda tashkil etiladi, chunki har bir o`quvchi o`zi amalda bajarib ko`rmasa, ko`nikma va malaka hosil bo`lmaydi. Amaliy mashg`ulotlar davomida to`garak rejasini tuzush mashg`ulotlari texnologiyasida foydalaniladigan ko`rgazma qurollar tayyorlash, bo`lim va mavzular bo`yicha mashg`ulotga tayyorlanish asosiy diqqat markazida turishi kerak. Amaliy ishlar natijasida har bir bo`lajak to`garak tashkilotchisida to`qish to`garagi dasturi bo`limlari bo`yicha mashg`ulot ishlanmasi bo`lishi kerak. Ta`limning eng yangi usullari, pedagogik texnologiya asosida ko`rgazmalilik vositalaridan foydalanib mashg`ulotlarning uslubiy ishlanmasini ham mustaqil bajarishni mashq qilishi kerak.
    Mashg`ulot davomida ko`proq amaliy ish, sayohat, ko`rgazma, munozara, muammoli ta`lim turlaridan foydalaniladi.
    Bu fandan adabiyotlar juda kam bo`lganligi hisobga olgan holda, to`qish bo`yicha jurnallardan ko`proq foydalaniladi.
    Ko`rgazma sifatida o`quvchilarning ijodiy ishlari, albomlar, jurnallarda berilgan jadvallar, rangli rasmlar, sxemalardan, turli mavzuli diafilmlardan foydalaniladi.
    O`quvchilarning ish qobiliyatlarini o`stirish maqsadida mustaqil ishlar beriladi, ularni bajarishda to`garak rahbari ko`rsatmalar berib boradi.
    Dasturda ta`kidlangan buyum xillariga o`quvchilarning xohishlari, milliy xususiyat, mahalliy sharoitni hisobga olgan holda o`zgartirish kiritish mumkin. Bu o`zgarish fan kafedrasi yig`ilishida ko`rib chiqilib, ma`qullanadi va pedagogik yig`ilishda tasdiqlanadi. Amaliy mashg`ulotlar zamon talabi asosida madaniyat uylari, o`qvchilar saroyi qoshida o`tkazilsa, ijobiy natija beradi, ya`ni ramziy mashg`ulotlar orqali tajriba qilinadi. Nazariy va amaliy mashg`ulotlar bo`yicha o`quvchilar bilimlari kundalik oraliq va yakuniy nazorat qilish bilan aniqlab boriladi. Yakuniy nazorat uchun o`quvchilar o`qituvchilar rahbarligida yozma ish bajaradilar. Yozma ish mavzulari o`quvchilarga tavsiya etiladi. Ular o`zlari xohlagan mavzularni tanlaydilar. Fan bo`yicha o`quvchilar bilim konikma va malakalarini mustahkamlash maqsadida mustaqil ish bajaradi. Mavzular bo`yicha fan o`qituvchilari tomonidan mustaqil ish mavzulari belgilanadi.
    Fan bo`yicha olgan bilimlar pedagogik amaliyot texnologiyasida mustahkamlanadi. Bo`lajak to`garak rahbarlari olgan nazariy va amaliy bilimlarini amalda mustahkamlash uchun pedagogik amaliyot, madaniyat uylari, o`quvchilar saroylari yoki maktablar qoshidagi to`garak bazasida tashkil etiladi.
    Fan bo`yicha ajratilgan soat miqdori o`quv rejasidan olinib, jami 71 soat, shundan 16 soati nazariy, 34 soati amaliy, 21 soati mustaqil ish mashg`ulotlari uchun ajratilgan.


    Download 0.5 Mb.
  • 1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




    Download 0.5 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    XALQALARNI BIRIKTIRISH VA DETALLARINI JOYLASHTIRIB TO`QISH

    Download 0.5 Mb.