0 ‘z b e k ist 0n respublikasi olïy ya g ‘rta m âxsus ta’lim yazirligi




Download 9,07 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/95
Sana05.09.2024
Hajmi9,07 Mb.
#270327
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   95
Bog'liq
Ekologik turizm

Qo ‘riqxonadagi arxarlar
141


Qo£riqxona florasi 600 dan oríiq (27 endemik) tum i qamrab 
oigan. Awallari Nurota tizmasi archa o £rmonlari bilan qoplangandi, 
lekin ular o ‘tgan asrdayoq kesib tashlangan. Q o£riqxonada atigi 30 ga 
yaqin archa qoigan. Qo£riqxona faunasi 183 turdan iborai, shundan 
13 turi 0 ‘zbekiston Respublikasi «QiziJ kitobi»ga kiritilgan.
Nurota 
davlaí 
qo£riqxonasi 
0 ‘zbekiston 
Respublikasi 
Qsshloq va suv xo'jaligi vazirligi huzuridagi 0 ‘rm on xo'jaligi 
bosh boshqarmasi tizimiga kiradi hamda Qo‘riqxonalar, milliy 
tabiiy bog‘Jar va ovchilik xo‘jaliklari boshqarmasi tomonidan 
boshqariíadi. Qo‘riqxonaning Osrafsoyida qadimgi qoyatoshlarga 
chizilgan qadimiy rasmlar saqlanib qoigan. Mujramsoyda esa 
1000 yoshli archalar bor. Uxum, Siníobsoy, Ustun qishioqlarida 
ham Aieksandr Makedonskiy nomi bilan bog£lanib qoigan joylar, 
1000
yoshli daraxtlar davlaí muhofazasi ro ‘yxatiga olingan.
4. 
Surxon davlaí qo‘riqxonasi 
Surxondaryo viloyati Sherobod 
tumanining shimoli-g'arbiy qismida joylashgan bo£lib, ikkita 
mustaqil hudud: Qrol-Payg‘am barva Q o‘hitongíog‘ tizmasi sharqiy 
yonbag‘ridan tashkil topgan. Umumiy maydoni 3092 ga boig an
Orol-Payg‘ambar hududi Xalqaro «Qizil kitob» va G‘zbekiston 
«Qizil kitob»iga kirgan Buxoro bug‘usi (xongul) va yaylov, to £qay 
ekotizimlarini saqlab qolish maqsadida 1971-yildayoq qo£riqxona 
sifatida tashkil topgandi.
142


1987-yiIda Q o£hitong davîat qo ‘riqxonasi Orol-Payg‘ambar 
qo‘riqxonasi bilan birlashtirildi va umumiy maydoni 24554 
ga bo‘lgan Surxon davîat qo‘riqxonasiga qayta tashkii qilindi. 
Q o‘riqxonaning Q o£hitong hududi tog‘-o ‘raion ekotizim sifatida 
tavsiflanadi. Uning hududi Pomir-Oloy tog‘ tizimi Hisor 
tizmasining janubi-g£arbiy tarmoqlarida dengiz sathidan 1500 dan 
3157 m gacha balandlikda joylashgan. Qo'riqxona hududi ko‘p 
sonli mayda soylardan tarkib topgan yaxshi rivojlangan gidrografik 
tizimni ta ’minlaydigan doimiy va muvaqqat oqadigan ko‘plab suv 
oqimlariga ega. Hozirgi paytda Q o‘hitongda 269 tur va 55 oilaga 
mansub 578 o £simliklar ro'yxatga olingan, shundan 23 turdagi 
o‘simlik turi O'zbekiston Respublikasi «Qizil kitob»iga kiritilgan.
Yer usti (o‘rmon, dala, adir) o‘simiiklari bilan band maydon 
16620 ga (67,7%), toshli yonbag‘ir, to £kilma, qiyaliklar bilan band 
maydon 7839 ga (31,9%), o £rmonlar 9288 ga yoki hududning 
37,8 foizini îashkil qiladi. Asosiy o £rmon hosil qiladigan o£simlik 
Zarafshon archasi hisoblanadi. Hozirgi paytda Q o£hitongda 1 
turdagi baliq, 2 turdagi amfibiya, 26 turdagi reptiliya,74 turdagi 
qush va 23 turdagi sutemizuvchi aniqlangan.
S. 
«Saday~to‘qay» davîat qo‘riqxonasi 1971 -yil oktabr oyida to £qay 
landshaftini va uning hayvonot olamini saqlab qolish maqsadida 
0 £zbekiston hududida oltinchi va QoraqaIpog£istonda birinchi 
qo£riqxona sifatida tashkii topgan. Qo£riqxona Quyiamudaryoning 
o'ng sohil to'qayzorlarida vatanimiz hayvonot olamida endernik 
bo‘lgan xalqaro «Qizil kitob»dagi Buxoro bug‘usini saqlab qolish, 
muhofaza qilsh va ko£paytirish maqsadida Qoraqalpog£iston 
Respubîikasida Beruniy va Kegayli tumanlari hududiarida tashkii 
qilingan. Qo'riqxonada 91 tur qushlar yashaydi, shulardan 18 turi 
qishlovchi qushlar hisoblanadi. 1975-yilda qo£riqxonaga 4 bosh 
Buxoro bug‘usi keltirilgan edi, hozirda uiaming soni 350 boshdan 
oshdi. Q o‘riqxona BMTning 0 ‘zbekistondagi taïaqqiyot loyihasi 
bo'yicha xalqaro biosfera rezervatiga aylantirilgan.
Maydoni 6462 ga, xususan, o ‘rmon bilan qoplangan yeri 
3975 ga. Beruniy va Kegayli tumanlari hududida Amudaryo
143


past oqimida joylashgan. T o‘qay changaizorlari maydonning 70 
foizini egallaydi. Hayvonot olami 91 turdan ortiq qush, 15 turdagi 
sutemizuvchi va 15 turdagi baliqni o ‘z ichiga oladi. «Baday- 
to ‘qay» davlat qo‘riqxonasi TM XR Qizil kitobi, 0 ‘zbekiston 
Respublikasi «Qizil kitob»i, SITES II Ilovasiga kiritilgan Buxoro 
bug‘usini (xongulni) iqlimlashtirish bilan shug‘ullanadi.
6. 
Zarafshon davlat qo‘riqxonasi 1975-yilda tashkil etilgan
Samarqand viloyatida joylashgan. Uning hududi C ho‘ponota 
cho‘qqilaridan boshlanadi va tor tizma b o iib , Zarafshon 
daryosining o ‘ng sohili bo‘ylab 47 km ga cho‘zi]gan. 0 ‘rm on 
yerining kengligi 300 dan 1500 m gacha. Qo'riqxona maydoni 
2352 ga, shundan 680 ga o'rm on bilan qoplangan. Q o‘riqxona 
vatanimizning eng chiroyli, noyob ov qushi bo'lgan — Zarafshon 
tustovug‘ini, shifobaxsh buta o'simligi — chakandani va daryo 
sohilidagi to'qayzor o'rm onlarini saqlab qolish, muhofaza qilish 
va ko'paytirish maqsadlarida tashkil qilingan.

Download 9,07 Mb.
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   95




Download 9,07 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



0 ‘z b e k ist 0n respublikasi olïy ya g ‘rta m âxsus ta’lim yazirligi

Download 9,07 Mb.
Pdf ko'rish