|
0 ‘zbekist0n respublikasi oliy va
|
bet | 66/109 | Sana | 14.02.2024 | Hajmi | 22,48 Mb. | | #156599 |
Bog'liq TO‘QUYCHILIK MAXSUS TEXNOLOGIYASI VA JIHOZLARI ALIMBOYEV (1)9.3-rasm. STB dastgohining differensial mexanizmi:
1 — chervyakli korpus; 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9, 13 — tishli g'ildiraklar;
II, 12, 15, 16 — o'qlar; 17 — shayba; 18—gayka; 19 —korpusdagi ariqcha.
lovchi tishli ftzatmasi (2) tishli uzatma (3) bilan yaxlit qilib ish- langan. Ikkinchi to‘quv g‘altagining yetaklovchi tishli uzatmasi (4) esa, val (5) orqali tishli uzatma (6) bilan bogiangan. Tishli uzat- malar (2) va (4) to‘quv g‘altaklarining tishli uzatmasi (7) va (8) bilan bogiangan. 0 ‘qlar (11) va (12) da joylashgan tishli uzatmalar
va (10) tishli uzatma (3) bilan, o‘qlar (15) va (16) da joylash gan, tishli uzatmalar (13) va (14) esa tishli uzatma (6) bilan bogiangan. Shu bilan birga, tishli uzatmalar (9) va (13) hamda
va (14) o‘zaro bogiangan.
To‘quv g‘altagi tanda rostlagichning asosiy qismi boiib, silin- drik metall quvuming ikki tomoni gardishlar bilan chegaralangan.
To‘quv g‘altagiga o‘ralgan ip sifati, g‘altak qismlarining yaxshi holatda boiishi, ish unumdorligiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Tanda rostlagich quyidagicha ishlaydi. Dastgohning ish ho- latida val (2) dan aylanma harakat olayotgan (9.1-rasm) yetak lovchi disk (4) o‘zining chiqigi orqali rolik (6) ga ta’sir etadi. Buning natijasida yetaklovchi disk (4) val bilan birga yetaklanuvchi disk tomon siqilib, friksion halqa orqali u bilan bogianadi. Bu bogianish tufayli yetaklanuvchi disk va chervyak maium burchakka buriladi va o‘zi bilan tishli uzatmani va satellit uzatmalarni aylantiradi. Uzatmalar (9) va (10) (9.2-rasm) yetaklovchi tishli uzatma (2) va (3) orqali birinchi to‘quv g‘alta- gini harakatlantiruvchi tishli uzatma (7) ni aylantiradi. Uzat malar (13) va (14) esa, ikkinchi to‘quv g‘altagiga tishli uzatma (6), val (5) va yetaklovchi tishli uzatma (4) orqali harakat uza tadi. Yetaklovchi disk, tishli uzatmalar va to‘quv g‘altagining aylanish burchagi rolik 6 ning yetaklovchi diskdagi chiqigi (5) ga ta’sir etish vaqtiga bogiiq. Bu ta’sir etish vaqti esa, (9) kulisa holati va oxiri, (22) skalo holatini belgilaydi. Tortqi (14) va richag (15), kulisa va skalani bir-biriga bogiaydi (9.1-rasm). To‘quv dastgohida to‘qima hosil qilish jarayonida tanda ipi tarangligi kamaysa, skala yuqorigi holatga o‘tib, tortqi va richaglar orqali kulisa (9) ni yuqoriga harakatlantiradi va rolik (6) chiqigi (5) ga ta’sir qilmay, yetaklovchi diskning yetaklanuvchi diskka ta’siri
kamayadi. Bu bilan esa tanda ipini uzatish uzunligi kamayadi.
Ikkita to‘quv g‘altakli dastgohning ishlash jarayonida ik- kala g‘altakdagi iplaming tarangligi differensial mexanizm yor damida tenglashtiriladi (9.3-rasm). Qator tishli uzatmalar diffe rensial mexanizm o‘qiga nisbatan tishli uzatmalar (3) va (6) bilan birga aylanib, to‘quv g'altaklarini bir xil miqdorga aylantiradi.
Agar to'quv g'altaklarining boshlang'ich diametri har xil bo'lsa yoki ayrim sabablarga ko'ra g'altaklardan birining harakati sekinlashsa, dastgoh ishlashi jarayonida kam diametrli g'altakdagi ip tarangligi tez osha boshlaydi.
Ishlab chiqarishda STB-2-330, STB-2-250 dastgohlarida bir nechta to'qima birdaniga to'qilganda differensial mexanizm- larning samaradorligi yuqori bo'ladi. Lekin ipak, shoyi va kim yoviy tolali to'qimalami ishlab chiqarishda o'rtadagi to'qima yuzida uzun yo'l-yo'l nuqsonlar paydo bo'ladi. Bu nuqsonning paydo bo'lishiga, ipni emulsiyalash jarayonida tanda ipining cho'zilish miqdorining har xil bo'lishi va differensial mexa nizmning aniq ishlamasligi sabab bo'ladi.
Ayrim hollarda differensial mexanizmni ishdan to'xtatib dastgohda ishlashga to'g'ri keladi. Buning uchun gayka (18) orqali val (5) uchiga qotirilgan shayba (17) ni korpus (19) ariqchasiga kirguncha buraladi. Bunda ikkala g'altak birga ishlay boshlaydi. To'quv g'altagi diametrining kamayishi tanda ipi tarangligi- ning oshishiga sabab bo'ladi. Ip tarangligining oshishi, skaloning holatini o'zgartirib, pastga tushiradi. Richag esa yuqoriga hara- katlanib, yuqorigi rostlovchi boltga ta’sir etadi. Natijada tortqi yuqoriga harakatlanib (9.1-rasm), kulisani qo'zg'almas bolt (11) ga nisbatan pastga harakatlantiradi. Richaglar (7,8) soat miliga teskari aylanib, rolik (6) chiqiq (5) ga yaqinlashadi. Rolikning chiqiqqa ta’sir etish vaqti oshib, yetaklovchi va yetaklanuvchi diskning bogianish vaqti ortadi. Demak, yetaklanuvchi diskning aylanish burchagi ortadi va bu, o'z navbatida, to'quv g'altagining aylanish burchagini ham oshiradi. Ya’ni to'quv g'altagi aylanish burcha- gining oshishi, tanda ipini uzatish miqdorini oshirib, tanda
tarangligini muqobillashtiradi.
To'quv dastgohining ishlashi jarayonida tanda rostlagichi buzilishi mumkin, bu esa to'qimada har xil nuqsonlaming paydo bo'lishiga sabab bo'ladi. Tanda rostlagichning quyidagicha noto'g'ri ishlashidan to'qimada nuqsonlar hosil bo'ladi:
tanda ipi tarangligining oshishi;
yetaklovchi va g'altak tishli uzatmalarining tishlari orasiga har xil iflosliklarning tushib qolishi;
to'quv g'altagi o'qining podshipniklarda siqilib qolishi;
tishli uzatmalaming chuqur birikmaga kirishi;
ayrim qism-birikmalaming bo'shashib qolishi kabilar. Bu nosozliklarni bartaraf etish uchun, tanda rostalagich qismlari
oraliqlariga tushgan iflosliklami tozalash, bo‘shashib qolgan qism- lami qotirish, singan va yeyilgan qismlami almashtirish lozim.
Tanda ipi tarangligining kamayishiga taranglash prujinasi richaglarining bo‘shashib qolishi, rostlagichdagi qismlar orasiga yog‘ tushib, bogianishlarning bo‘shab qolishi va hokazo nosoz- liklar ta’sir etadi. Tanda rostlagichning nosozliklarini aniqlash uchun taranglikni va tanda uzatishni tekshirish lozim.
Hozirgi kunda zamonaviy to‘quv dastgohlari elektron tanda rostlagichlari bilan jihozlanmoqda. 9.4-rasmda elektron tanda rostlagich chizmasi keltirilgan. To‘quv g‘altagi (1) dan tanda iplari
(2) bo‘shashib chiqib, yo‘naltiruvchi qo‘zg‘almas skalo (3) dan aylanib o‘tadi va qo‘zg‘aluvchan skalo (4) tomon yo‘naladi. Ikki yelkali richag (5) ning bir yelkasida qo‘zg‘aluvchan skalo (4'), ikkinchi yelkasida esa prujina ^ jo y lash g an . Richag (5) ning gorizontal yelkasiga tenzodatchik (7) joylashtirilgan boiib, undan chiqqan ishchi elektron maiumot mikroprotsessor (8) ga uza-
9.4-rasm. Elektron tanda rostlagich:
|
| |