|
01-dars. Kerakli dasturlar
|
bet | 2/6 | Sana | 03.12.2023 | Hajmi | 1,97 Mb. | | #110263 |
Bog'liq Python Ahmedov Dilshodbek KITE
Spyder dastruni ilk marotaba ochganimizda Kite dasturlash yordamchisini (pogramming assistant) o'rnatishni taklif qilishi mumkin.
Kite — sun'iy intellekt asosida ishlovchi virtual yordamchi bo'lib, kod yozishni osonlashtiradi. Kite yordamida istalgan funktsiya yoki komanda haqida qo'shimcha ma'lumot olishingiz mumkin. Shungdek Kite sizga kodlarni to'g'ri yozishda ishora (подсказка) ham ko'rsatib turadi.
Maslahatim, 5 minut vaqtingizni qizg'anmay, Kite yordamchisini ham o'rnating:
Va nihoyat Spyder IDE ochiladi:
Yuqoridagi qadamlarni muvaffqaiyatli yakunlagan bo'lsangiz, siz birinchi dasturingizni yozishga tayyorsiz!
02-DARS. "Hello, World!"
MAVZULAR:
SPYDER IDE BILAN TANISHAMIZ
BIRINCHI DASTURIMIZ
AMALIYOT
SPYDER IDE BILAN TANISHAMIZ
Spyder muhiti uch qismdan iborat:
Matn muharriri — dasturlar yozish uchun.
Konsol — qisqa kodlarni bajarib, tekshirib ko'rish uchun.
Qo'shimcha ma'lumotlar oynasi. Bu yerda quyidagi ma'lumotlarni ko'rish mumkin:
Konsolda qisqa kodlarni bajarib, natijasini ko'rish mumkin. Misol uchun oddiy arifmetik amallarni bajarib ko'raylik:
BIRINCHI DASTURIMIZ —"Hello World!"
Keling an'anaga ko'ra barcha dasturchilar birinchi yozadigan dastur, "Hello World!" dasturini yozamiz . Buning uchun Spyder IDE yuqorisidagi menuda File --> New File bo'limini tanlaymiz (yoki klaviaturada Ctrl+N tugmalarini bosamiz). Math muhrarrirda yangi, untitled0.py fayli yaratildi.
Faylga ma'nili nom beramiz, buning uchun File --> Save as.. menusini tanlaymiz (yoki Ctrl+Shift+S) va yangi ochilgan oynada faylga ma'nili nom beramiz.
Faylni nomlashda quyidagi qoidalarga amal qiling:
Fayl nomi qisqa, kichkina lotin harflari bilan va eng muhimi bo'shliq (пробел) qo'ymasdan yozilgan bo'lishi kerak
Fayl nomi .py bilan tugashi kerak (misol uchun faylnomi.py)
Faylga ikki so'zdan iborat nom qo'ymoqchi bo'lsangiz so'zlar orasini tire (-) yoki pastki chiziq (_) bilan ajrating. Misol >uchun: hello-world.py yoki hello_world.py
Fayl nomini sonlar bilan boshlamang
Yuqoridagi qoidalarga amal qilgan holda faylga hello.py deb nom beramiz (siz istlagnahca nomalshingiz mumkin) va Save tugmasini bosamiz.
Matn muharririda quyidagi kodni yozamiz:
print("Hello World!")
print() bu Pythondagi mahsus funktsiya bo'lib, () ichida berilgan matn yoki ifodalarni ekranga (konsolga) chiqarish vazifasini bajaradi.
Dars davomida berilgan kodlarni albatta o'zingiz ham bajaring. Bu juda muhim!
Kodimizni bajarish uchun Run (►) tugmasini (yoki F5) bosamiz (yangi ochilgan oynada ham Run tugmasini bosamiz) va konsolda natijani ko'ramiz:
Konsolda Hello World! yozuvini ko'rgan bo'lsangiz, TABRIKLAYMIZ! Siz Pythonda birinchi dasturingizni yozdingiz.
|
| |