• ARIFMETIK AMALLAR
  • IZOHLAR (COMMENTS)
  • SINTEKS XATOLIK (SYNTAX ERROR)




    Download 1,97 Mb.
    bet4/6
    Sana03.12.2023
    Hajmi1,97 Mb.
    #110263
    1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    Python Ahmedov Dilshodbek

    SINTEKS XATOLIK (SYNTAX ERROR)


    Har bir tilda orfografik va grammatik qoidalar bo'lgani kabi, dasturlash tillarining ham o'ziga yarasha qonun-qoidalari bor. Bu qoidalar to'plami sinteks (syntax) deb ataladi. Sinteks xatolik (Syntax Error) deb esa shu qoidalarning buzilishiga aytiladi.
    Misol uchun keraksiz joyda qo'yilgan nuqta, vergul yoki bo'sh joy, shuningdek ma'lum funktsiyalar nomini xato yozish (print() o'rniga prit()), ochilmay yoki yopilmay qolgan qavs, noo'rin bo'shliq, qolib ketgan kalit so'z (keyword) kabilar ham Syntax Error hisoblanadi.
    Syntax Error eng ko'p uchraydigan xatolik bo'lib, Python bunday xatolik bor dasturlarni bajarmaydi.
    Biz darslarimiz davomida turli sinteks qoidalar haqida o'z o'rnida yana to'xtalamiz.

    ARIFMETIK AMALLAR


    Amaliyotga qaytamiz, print() funktsiyasi nafaqat matn, balki turli ifodalarni ham konsolga chiqaradi.
    Keling quyidagi kodlarni ham bajaramiz:


    Ko'rib turganingizdek, / belgisi bo'lish amalini bajaradi va natija har doim o'nlik son ko'rinishida bo'ladi (agarchi bo'lish amali natijasida butun son xosil bo'lsa ham):


    Yuqoridagi ** belgisi darajaga oshirishni anglatadi, ya'ni 2**4 ifodasi 2 ning 4-darajasini beradi.

    print() yordamida matn va ifodalarni jamlab chiqarish ham mumkin. Buning uchun har bir ifoda va matn vergul (,) bilan ajratiladi:


    IZOHLAR (COMMENTS)


    Yaxshi dasturchilarning odatlaridan biri har qanday kodni izohlar bilan tushuntirib ketish. Izohlar kelajakda o'zimiz uchun ham, boshqalar uchun ham dasturimiz qanday ishlashini tushunishda yordam beradi.
    Quyidagi ikki misolga e'tibor bering, va ulardan qay biri tushunarliroq ekanini solishtiring


    Yuqoridagi misolda # belgisidan keyin yozilgan matn izoh (comment) deyiladi.
    Izoh alohida qatorda yoki qator oxiridan ham yozilishi mumkin. Python # dan keyingi har qanday matnni (qator oxirigacha) e'tiborsiz qoldiaradi. # dan keyin yozligan kodlar ham bajarilmaydi:


    Download 1,97 Mb.
    1   2   3   4   5   6




    Download 1,97 Mb.