• !! Javoblarni savol va yechim korinishida chiqaring: 5 ning 4-darajasi 625 !!
  • 04-DARS. OZGARUVCHILAR
  • 01-dars. Kerakli dasturlar




    Download 1,97 Mb.
    bet5/6
    Sana03.12.2023
    Hajmi1,97 Mb.
    #110263
    1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    Python Ahmedov Dilshodbek

    AMALIYOT


    Quyidagi matnni aynan shunday ko'rinishda konsolda chiqaring:
    "Nexia", "Tico", 'Damas' ko'rganlar qilar havas
    Quyidagi misollarga yechimni Pythonda chiqaring. Har bir misoldan avval misol matnini izoh ko'rinishida yozing:

    1. 5 ning 4-darajasini toping

    2. 22 ni 4 ga bo'lganda qancha qoldiq qoladi?

    3. Tomonlari 125 ga teng kvadratning yuzi va perimetrini toping

    4. Diametri 12 ga teng bo'lgan doiraning yuzini toping ( π=3.14π=3.14 deb oling)

    5. Katetlari 6 va 7 bo'lgan to'g'ri burchakli uchburchakning gipotenuzasini toping (Pifagor teoremasidan foydalaning)
    !! Javoblarni savol va yechim ko'rinishida chiqaring: 5 ning 4-darajasi 625 !!




    #5 Katetlari 6 va 7 bo'lgan to'g'ri burchakli uchburchakning gipotenuzasini toping
    print("Katetlari 6 va 7 bo'lgan to'g'ri burchakli uchburchakning gipotenuzasi", (6**2+7**2)**(1/2))

    04-DARS. O'ZGARUVCHILAR




    O'ZGARUVCHI (VARIABLE)




    O'zgaruvchi — kompyuter xotirasida ma'lum bir qiymatni saqlash uchun ajratilgan joy. Soddaroq qilib tushuntirsak, o'zgaruvchini quti, quti ichidagi narsani esa qiymat deb tasavvur qilish mumkin. Pythonda qiymatlar son, matn, ro'yxat va hokazo ko'rinishida bo'lishi mumkin.

    Oʻzaruvchi – bu Python dasturlash tilida qandaydir chalgʻituvchi nom hisoblanadi; nom yoki nishon koʻproq mos tushadi. Ammo, ko’pgina odamlar o’zgaruvchilarni baʼ zan oʻzgaruvchilar deb atashadi. Ularni nima deb atasangiz ham, Python dasturlash tilida ular qanday ishlashini bilib olishingiz kerak
    Koʻp ishlatadigan lekin yanglish tushunchaga ega odamlar oʻzgaruvchini biror qiymatni saqlovchi konteyner, xuddi paqirqa oʻxshash deb bilishadi. Bu koʻpgina dasturlash tillarida, shuningdek C dasturlash tilida bu tushuncha toʻgʻri deb qabul qilinadi. Biroq, Python oʻzgaruvchilari – bular paqir emas. Aksincha, ular Python interpretatorining nomlar maydonidagi obyektlariga murojaat qiluvchi nishonlar yoki koʻrsatkichlar hisoblanadi. Har qanday miqdordagi nishonlar bitta obyektga murojaat qilishi mumkin va oʻsha obyekt oʻzgarganda, unga murojaat qilayotgan barcha oʻzgaruvchilarning qiymati ham oʻzgaradi.
    Bu nimani anglatishini koʻrish uchun, quyidagi namunaga qarang:
    a = [1, 2, 3]
    b = a
    c = b
    b[1] = 5
    print(a, b, c)
    natija: [1, 5, 3] [1, 5, 3] [1, 5, 3]

    ism = "Abdulloh"
    yosh = 25
    print(ism)
    print(yosh)


    Abdulloh
    25

    O'zgaruvchi (variable) bunday deyilishiga sabab, uning qiymati istalgan vaqt o'zgartirilishi mumkin:




    ism = "Abdulloh"
    print(ism)
    ism="Muhammad"
    print(ism)


    Abdulloh
    Muhammad


    Yuqoridagi misolda ism nomli o'zgaruvchiga avval Abdulloh keyin esa Muhammad qiymatlarini berdik.

    O'ZGARUVCHILARNI NOMLASH
    O'zgaruvchilarga nom berishda quyidagi qoidalarga amal qiling:

    • O'zgaruvchi nomi harf yoki pastki chiziq (_) bilan boshlanishi kerak

    • O'zgaruvchi nomi raqam bilan boshlanishi mumkin emas

    • O'zgaruvchi nomida faqatgina lotin alifbosi harflari (A-z), raqamlar (0-9) va pastki chiziq (_) qatnashishi mumkin

    • O'zgaruvchi nomida bo'shliq (пробел) bo'lishi mumkin emas

    • O'zgaruvchi nomida katta-kichik harflar turlicha talqin qilinadi (ism, ISM, va Ism uchta turli o'zgaruvchi)

    Qo'shimcha qoida sifatida:

    • O'zgaruvchi nomini kichik harflar bilan yozing.

    • O'zgaruvchi nomida 2 va undan ortiq so'z qatnashsa ularning orasini pastki chiziq (_) bilan ajrating (ism_sharif="Anvar Narzullaev")

    • O'zgaruvchiga tushunarli nom bering (y=20 emas yosh=20, d="Korea" emas davlat = "Korea" va hokazo)

    • Shuningdek o'zgaruvchilarga Pythonda ishlatiladigan funktsiyalar va maxsus kalit so'zlarning (keywords) nomini bermang. Kalit so'zlar ro'yhatini ko'rish uchun Spyder konsolida avval help() deb yozing va Enter tugmasini bosing. Keyin esa keywords deb kiritib, yana Enter bosing. Marhamat, ekraningizda Pythondagi maxsus kalit so'zlar ro'yhatini ko'ryapsiz:




    Download 1,97 Mb.
    1   2   3   4   5   6




    Download 1,97 Mb.