Aholisi.
82 mln kishi, tug'ilish kam, o'lim ko'proq,
zichligi 1km2 200 kishi. Davlat tili nemis tili, ustuvor
din xristian dini (35 mln — protestantlar, 30 mln —
katoliklar). Shahar aholisi 87%. Y irik shaharlari Berlin,
Gamburg, Myunxen.
Xo'jaligi.
Rivojlanishi darajasi bo'yicha jahonda
AQSh, Yaponiyadan so'ng uchinchi o'rinda turadi, tash-
qa savdo aylanmasi bo'yicha jahonda ikkinchi o'rinda
turadi. Yoqilg'i-energetika sanoati — neft Shimoliy den
giz, Rossiya, A frika (Nigeriya, Liviya), Fors qo'ltig'i
davlatlaridan keltiriladi va Gamburg, Kyoln markazlarida
qayta ishlanadi. Elektr energiya lESlarda ishlab chiqariladi.
AESlarda elektr energiyaning 30%i ishlab chiqariladi.