davrining mukammal geografik xaritasini yaratgan.
U sharqda birinchilardan bo‘lib
globus yaratgan va
hozirgi Atlantika okeanining narigi tomonida ham
quruqlik borligini aytib o‘tgan. Olim qilgan bashorat
1492-yilda Xristofor Kolumb
boshchiligidagi ekspe-
ditsiya tomonidan o‘z isbotini topdi va Amerika qit’asi
kashf etildi. 1498-yili Vasko da Gama boshchiligidagi
ekspeditsiya Hindistonga boriladigan dengiz yo‘lini
ochdi. Birinchi dunyo aylana dengiz sayohatini Fernan
Magellan boshchiligidagi ekspeditsiya 1519-1522- yillari
amalga oshirdi. Gollandlar boshchiligidagi
ekspeditsiya
1600-yilning boshlarida Avstraliyani kashf etdilar.
Antarktida 1821- yili F. F. Bellinsgauzen va M. P. Lazarev
(Rossiya) tomonidan kashf qilindi. Shimoliy qutb 1909-
yili Robert Edvin Piri (AQSh), Janubiy qutb esa 1911- yili
Rual Amudsen (Norvegiya) tomonidan zabt etildi.
Geo
grafiya fani o‘z tadqiqotlarida an’anaviy (kartografik,
qiyosiy geografik, tarixiy) va zamonaviy (matematik,
modellashtirish, aerometodlar,
geofizik, geokimyo,
kosmik) usullardan foydalanadi.
4