• Yer posti.
  • 01 iy o'quvyurllariga kiruvchilar, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari hamda umumiy




    Download 8,32 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet4/189
    Sana16.12.2023
    Hajmi8,32 Mb.
    #120491
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   189
    Bog'liq
    zsnu70eei3bIZoN8cMUU (1)

    Yerning ichki tuzilishi. Yerning yoshi 5mlrd. yil 
    atrofida. Dastlab Yer sovuq bo'lib, siqilish va radioaktiv 
    parchalanish natijasida moddalarning qizishi sodir 
    bo'lgan. Moddalarning tabaqalanishi natijasida og'irroq 
    moddalar Yerning markaziga, yengillari Yerning yuzasi 
    tomon harakat qila boshlagan. Shuning uchun Yerning ichki 
    qismi yadro, mantiya va juda yupqa tashqi qobiqlardan, 
    ya’ni Yer po 'sti, gidrosfera va atmosferalardan iborat.
    Yadro radiusi 3500 kmga teng bo'lib, temir va 
    boshqa og'ir elementlardan iborat. Yadro ichki va tashqi 
    qismlarga bo'linadi. Ichki yadroning radiusi 1250 km. 
    Tashqi yadro suyuq va erigan holda bo'ladi va bu yerda 
    moddalarning harakati Yerning magnit maydoni kelib 
    chiqishiga va magnitosferaning shakllanishiga olib 
    keladi. Magnitosfera Yerdagi tirik mavjudotlarni zararli 
    kosmik nurlardan saqlaydi.
    Mantiya. Qalinligi 2900 km, hajmi Yer hajmining 
    83% ini tashkil qiladi (yadro bilan esa 99% ni). 
    Haroratning yuqori bo'lishiga qaramasdan (> 2000°) 
    yuqori bosim ostida moddalar qattiq holatda. Yuqori 
    mantiyada okeanlar tagida 50-70 km, quruqlikda 100 km 
    chuqurlikda plastik yumshoq qatlam — aslenosfera bor. 
    Uning qalinligi 200-250 km.
    Yer po'sti. Qattiq, qatlamsimon Yerning tashqi 
    qobig'i, qalinligi okeanlar tagida 5 km, tog'larda 70 km. 
    Asosiy massasini 8 ta kimyoviy element tashkil qiladi:
    9


    kislorod, kremniy, aluminiy, temir, kalsiy, kaliy, natriy, 
    magniy.
    Yer po'sti ikki xil bo'ladi: materik
    va okean. 
    Materik Yer po'sti 3 ta qatlamdan iborat (cho'kindi, 
    granit, bazalt). Okean Yer po'sti 2 ta qatlamdan iborat 
    (cho'kindi va bazalt).
    T og'jinslari. Turli xil kimyoviy elementlar majmuasi 
    minerallarni hosil qiladi. Tog' jinslari kelib chiqishiga 
    qarab 3 guruhga bo'linadi: magmatik, cho'kindi
    va 
    metamorfik.
    M agmatik tog‘ jinslari. Erigan magmadan hosil 
    bo'lgan tog' jinslari magmatik tog' jinslari
    deb ataladi. 
    Agar magma Yerning chuqur qismlarida qotsa, kristalli 
    tog' jinslari hosil bo'ladi. Yer yuzasida esa magmaning 
    tez qotishi natijasida g'ovak, yengil, bo'sh
    tog' jinslari 
    hosil bo'ladi (bazalt).
    Cho'kindi tog' jinslari. Yer yuzasida va okean tubida 
    turli xil minerallarning cho'kishi va to'planishi hamda 
    tog' jinslarining yemirilishi natijasida hosil bo'ladi. Ular 
    neorganik
    va organik
    tog' jinslariga bo'linadi. Neorganik 
    tog' jinslari, o'z navbatida, chaqiq
    va kimyoviy
    jinslarga 
    bo'linadi.
    Chaqiq jinslarning hosil bo'lishi Yer yuzasida tog' 
    jinslarining nurashi natijasida hosil bo'ladi (tosh, shag'al, 
    qum, loyqa).
    Suvda erigan moddalardan hosil bo'lgan jinslar 
    kimyoviy tog'jinslari
    deb ataladi (turli xil tuzlar).
    Organik cho'kindi jinslar ko'p, dengiz va okeanlar 
    ostida o'simlik va hayvon qoldiqlarining to'planib qolishi
    10


    natijasida hosil bo'ladi (ohaktosh, bo‘r, ko'mir, marjonlar 
    va h.k.).
    M etamorfik tog‘ jinslari. Yerning ichki chuqur 
    qismlarida katta bosim va harorat ostida tog1 jinslari 
    o'zgaradi va boshqa tog' jinslariga aylanadi. Masalan, 
    ohaktosh marmarga, gil gilli slanesga, qo'ng'ir ko'mir 
    toshko'mirga, qumtosh kvarsitga aylanadi. Bunday tog' 
    jinslari metamorfik tog'jinslari deb ataladi.

    Download 8,32 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   189




    Download 8,32 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    01 iy o'quvyurllariga kiruvchilar, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari hamda umumiy

    Download 8,32 Mb.
    Pdf ko'rish