01 iy o'quvyurllariga kiruvchilar, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari hamda umumiy




Download 8,32 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/189
Sana16.12.2023
Hajmi8,32 Mb.
#120491
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   189
Bog'liq
zsnu70eei3bIZoN8cMUU (1)

3.2. Relyef
Yer yuzasidagi kattaligi, hosil bo'lishi va yoshiga 
ko'ra farq qiluvchi notekisliklar relyef deb ataladi.
21


Relyefning xilma-xilligiga asosiy sabab ichki va 
tashqi kuchlarning o'zaro ta’siridir. Ichki kuchlar 
ta’sirida tog'lar, botiqlar hosil bo'ladi, tashqi kuchlar 
ta’sirida tog'lar yemiriladi, botiqlar turli xil jinslar bilan 
to'ladi. Litosfera plitalarining harakati natijasida birinchi 
darajali relyef shakllari (materik ko'tarilmalari va okean 
botiqlari) hosil bo'ladi. Quruqlikdagi va okean tagidagi 
tekisliklar va tog'lar ikkinchi darajali relyef shakllari 
bo'lib hisoblanadi.
Yer yuzasining tuzilishi juda parchalanib ketgan va 
tekislikdan baland ko'tarilgan qismlari tog'lar deb ataladi. 
Tog'ning cho'qqisi, etagi, yonbag'irlari aniq ifodalangan 
bo'ladi. Tog'lar ko'pincha tizmalarni hosil qiladi. Tog'ning 
eng baland joyi uning qirrasidir, qirraning pasaygan
o'tish uchun qulay bo'lgan qismi dovon deb ataladi. 
Agar tog' tizmalari turli tomonga yo'nalgan hamda katta 
maydonni egallagan bo'lsa, bunday joylar tog'll o'lkalar 
deb ataladi. Balandligiga ko'ra tog'lar past (1000 m 
gacha), o'rtacha (1000-2000m) va baland (2000 m dan 
ortiq) tog'larga bo'linadi.
Turkistondagi eng baland tog'li o'lka Pomir hisobla­
nadi, Yer yuzasidagi eng baland tog' Himolay tog'laridir 
(tarjimasi Qorli makon), uning eng baland qismi 
Jomolungma tog'idir (8848 m).
Tog'lar hosil bo'lishiga qarab tuzilishi har xil bo'lishi 
mumkin. Juda ko'p tog'larning tuzilishi burmalardan 
yoki palaxsalardan iborat. Bunday tog'lar burmali- 
palaxsali tog'lar deb ataladi va quruqlikda keng tar-
22


qalgan bo'ladi. Okean suvosti tog'lari, asosan, vulqonli 
tog'lardir. Burmali tog'lar yer yuzasining cho'kishi, hosil 
bo'lgan cho'kmaning yotqiziqlar bilan to'lishi, siqilishi va 
umumiy ko'tarilishi natijasida hosil bo'ladi.
Yer po'sti yuzasining nisbiy balandliklari 200 m dan 
oshmaydigan qismlari tekisliklar deb ataladi. Baland­
ligiga ko'ra tekisliklar uchga bo'linadi: a)pasttekisliklar 
(200 m gacha); b) qirlar
(200-500 m); d)yassi tog'lar 
(>500 m). Agar tekislikda do'nglar yoki chuqurliklar 
bo'lmasa, yassi tekisliklar deb ataladi, agar tekislikda 
do'nglar ko'p bo'lsa, sertepa tekisliklar deb ataladi. 
Sertepa tekisliklar ko'proq uchraydi.

Download 8,32 Mb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   189




Download 8,32 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



01 iy o'quvyurllariga kiruvchilar, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari hamda umumiy

Download 8,32 Mb.
Pdf ko'rish