Tog'lar va tekisliklarning vaqt o'tishi bilan
o'zgarishi. Yer yuzasi relyefi ichki (tekislik harakatlar,
zilzilalar, vulqonlar) va tashqi jarayonlar (quyosh issiqligi,
shamol va suv) ta’sirida o'zgarib turadi. Ichki kuchlar
ta’sirida tog'lar ko'tariladi, botiqlar hosil bo'ladi, tashqi
kuchlar ta’sirida tog'lar yemiriladi, botiqlar cho'kindi
jinslar bilan to'ldiriladi.
Tog' jinslarini harorat va namliklarning o'zga
rishi natijasida yemirilishi nurash deb ataladi va u
fizik (texnik), kimyoviy va biologik nurashga ajratiladi.
Fizik nurash harakatning sutkalik va fasliy o'zgarishi
natijasida, kimyoviy nurash suv va uning tarkibidagi
erigan birikmalar ta’sirida, biologik nurash esa orga-
nizmlarning hayot faoliyati ta’sirida sodir bo'ladi.
Shamol ta’sirida turli xil relyef shakllari (do'nglar,
barxanlar), yerosti suvlari ta’sirida esa g'orlar, surilmalar
23
hosil bo'ladi. Yerusti suvlari ta’sirida tog' jinslari
yemiriladi.
Yerusti suvlari ta’sirida jarlar, yoriqlar, daryo
ierrasalari va vodiylar hosil bo'ladi. Muz ta’sirida morena
relyef shakllari vujudga keladi.
3.3.
G eologik sana, tog1 hosil bo'lish
bosqichlari, m ateriklar va okeanlarning
hosil bo'lishi
Yer po'stining hosil bo'lishi va o'zgarib, hozirgi
holatga kelguncha ketgan vaqt geologik vaqt (sana) deb
ataladi.
Geologik sana yirik bosqich — eonlarga (kriptazoy,
fanerazoy), eralarga (arxey, proterazoy, mezozoy, kay-
nozoy) va davrlarga bo'linadi. Yer geologik tarixining
har bir davrida o'ziga xos xususiyatga ega bo'lgan tog'
jinslarining ma’lum bir turlari vujudga kelgan.
Qatlamlarning yotish tartibini va ular tarkibidagi
toshga aylangan o'simlik va hayvonlarning qoldiqlarini
o'rganish natijasida tog' jinslarining nisbiy yoshi aniq
lanadi. Ma’lum bir -tog' jinsining hosil bo'lganidan
hozirgacha o'tgan vaqt uning mutlaq yoshi deb ataladi.
Platforma Yer po'stining barqaror qismlari, asosan
tekisliklardan iborat bo'ladi. Platforma ikki qismdan
iborat: qalqon va plita. Platformaning cho'kindi jinslar
bilan qoplangan qismi plita, qoplanmagan qismi qalqon
deb ataladi.
24
Geosinklinallar — Yer po'stining harakatchan
qismlari bo'lib uning hosil bo'lishi ikki bosqichga
bo'linadi. Birinchi bosqichda Yer yuzasi cho'kadi va
dengiz bostirib kiradi, natijada juda katta qalinlikda
(15-20 km gacha) cho'kindi va vulqonli yotqiziqlar hosil
bo'ladi. Ikkinchi bosqichda tektonik harakatlar natijasida
burmalar hosil bo'lib, tog'lar yuzaga keladi.
Yer po'stining hosil bo'lishi jarayonida qator tog' hosil
bo'lish bosqichlari sodir bo'lgan:
a) Baykal burmalanish bosqichi proterazoy erasining
oxirlaridan boshlangan. Hozirgi eng qadimgi platformalar
shu bosqichda shakllangan (Sibir, Arabiston, Hindiston,
Xitoy, Sharqiy Yevropa, Afrika, Shimoliy Amerika,
Janubiy Amerika, Antarktida va Avstraliya);
b) Kaledon burmalanish bosqichi paleozoy erasining
birinchi yarmida sodir bo'lgan. Ushbu bosqichda
Appalachi tog'larining bir qismi, Shimoliy Tyanshan,
Qozog'iston past tog'larining g'arbiy qismi, Shotlandiya
va Skandinaviya tog'lari ko'tarilgan;
d) Gersin burmalanish bosqichi paleozoy erasining
ikkinchi yarmida sodir bo'lgan. Mazkur bosqichda
Appalachi, Ural, O 'rta Yevropa, Janubiy Tyanshan,
Qozog'iston past tog'larining sharqiy qismi, Kunlun,
Sharqiy Avstraliya, Atlas va Karp tog'lari ko'tarilgan;
e) Mezozoy burmalanish bosqichi mezozoy erasida
sodir bo'lgan. Kordilyera tog'lari, Shimoli-sharqiy
Sibir tog'lari, Katta va Kichik Bolqon va boshqa tog'lar
ko'tarilgan;
25
f)
Alp burmalanish bosqichi kaynozoy erasida sodir
bo‘lgan. Mazkur bosqichda Alp, Karpat, Pomir, Himolay
va boshqa tog‘lar ko‘tarilgan.
Materiklar va okeanlarning relyefi, geologik tuzilishi
va yoshi turlichadir. Ushbu masala bo'yicha yaxlit fikr
yo‘q.
XIX asrning 60- yillaridan boshlab materiklar va
okeanlarning hosil bo‘lishida ularning birlamchiligi
gipotezasi keng tarqalgan, ya’ni geosinklinal oblastlarda
okean Yer po'sti materik Yer po'stiga aylanadi, ularning
o'rnida esa platformalar hosil bo‘ladi. Shu nuqtayi
nazardan qadimgi platformalar materiklarning asosi
bo'lib hisoblanadi. Materiklarning maydoni bar bir
burmalanish bosqichida kengayib boravergan. Bundan
tashqari quruqlik Yer po‘stining birlamchiligi gipotezasi
ham bor. Mazkur gipotezaga muvofiq dastlab quruqlik
bo'lgan, uning cho‘kishi natijasida okeanlarning maydoni
kengayib boradi.
Keyingi paytda mobilizm gipotezasi keng tarqaldi.
Ushbu gipotezaga muvofiq, litosfera plitalari harakatchan
bo'ladi, ular gorizontal yo‘nalishda bir-biriga nisbatan
siljiydi. Qit’alarning suzib yurishi haqidagi ta’limot nemis
geofizik olimi A.Vegener tomonidan 1912- yilda ishlab
chiqilgan va «Materiklar va okeanlarning kelib chiqishi»
degan kitobida to'la bayon qilingan. Uning ta’limotiga
asosan materiklar bazalt qatlami ustida suzib yuradi.
1960- yillardan boshlab juda ko‘p olimlar tomonidan
materiklar va okeanlarning kelib chiqishi litosfera
26
plitalari tektonikasi nazariyasiga muvofiq asoslana
boshlandi. Bu nazariya A.Vegener g'oyalari asosida
yaratilgan, shuning uchun uni neomobilizm
nazariyasi
deb ham atashadi. Mazkur nazariya dunyo okeani tagi
relyefi va geologik tuzilishini o‘rganish orqali yuzaga
keldi.
Litosfera plitalari tektonikasi nazariyasiga bi-
noan, dastlab proterazoy erasining ikkinchi yarmida
(1,7-0,6 mlrd. yil avval) Yerda okean bilan o'ralgan bitta
materik bo'lgan (Pangeya).
Keyinchalik unda chuqur yoriqlar hosil bo‘lib, ikkita
quruqlik paydo bo'lgan. Shimolda Lavraziya (Kanada
qalqonining dastlabki nomi) va janubida Gondvana
(Hindistonning markazidagi tarixiy o‘lka) quruqligiga
ajralgan. Gondvana Afrika, Janubiy Amerika, Avstraliya
va Antarktidani o‘z ichiga olgan. Lavraziya esa Shimoliy
Amerika va Yevrosiyoni o‘z ichiga olgan. Vaqt o'tishi
natijasida Atlantika va Hind okeani botiqlarining
paydo bo'lishi bilan Lavraziya Shimoliy Amerika va
Yevrosiyoga ajralgan, Gondvana quruqligi esa Afrika,
Janubiy Amerika, Avstraliya va Antarktida materiklariga
bo'linib ketgan. Litosfera plitalari tektonikasi ta’limoti
Yerning kelajagini ko'rishga imkon beradi. Masalan,
million yillardan keyin Atlantika va Hind okeanlari
kengayadi, Tinch okean maydoni qisqaradi, Avstraliya
shimolga «suzib» ketadi.
27
|