III. YERNING TOSH QOBIGT — LITOSFERA




Download 8,32 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/189
Sana16.12.2023
Hajmi8,32 Mb.
#120491
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   189
Bog'liq
zsnu70eei3bIZoN8cMUU (1)

III. YERNING TOSH QOBIGT — LITOSFERA. 
RELYEF HAQIDA TUSHUNCHA
3.1. Umumiy tushunchalar
Yer po'sti va mantiyaning yuqori qismidan tashkil 
topgan qobiq litosfera deb ataladi. Uning qalinligi okean 
Yerpo'stida 50 km. Materik Yer po'stida 200 km. Yer po'sti 
odatda tog' jinslarining ochilib qolgan joylarida, foydali 
qazilmalarni qazish jarayonida va maxsus qaziladigan 
burg'ilash quduqlari orqali o'rganiladi. Hozirgi paytda 
Kola yarimorolida 15 km chuqurlikkacha parmalaydigan 
burg'i qurilmasi ishlab turibdi.
Yer po'sti to'xtovsiz harakatda bo'lib, ichki (endogen) 
va tashqi (ekzogen) jarayonlardan iborat.
Ichki jarayonlar Yerning ichki qismida sodir bo'ladi 
va tektonik harakatlar, zilzilalar hamda vulqonlar sifatida 
namoyon bo'ladi.
Yoriqlar va burmalarning hosil bo'lishiga olib ke- 
ladigan vertikal va gorizontal harakatlar yig'indisi 
tektonik harakatlar, deb ataladi.
Tektonik harakatlar sekin va tez sodir bo'ladigan 
gorizontal va vertikal harakatlardan iborat.
Yer po'stining sekin ro'y beradigan tebranma vertikal 
harakatlarini olimlar dengizdan uzoq joylardagi tog' 
jinslarining tarkibi va yotish holatini o'rganish orqali 
bilib olishadi.
Gorizontal harakatlar ham juda sekin ro'y beradi. 
Yer po'stining bir-biriga tomon gorizontal harakatlari
18


natijasida burmalar hosil bo‘ladi. Agar harakat qarama- 
qarshi tomonlarga yo'nalgan bo'lsa, Yer po'stida yoriqlar 
vujudga keladi. Bunda ba’zi joylar pasayadi, ba’zi 
joylar ko'tariladi, natijada graben (cho'kma) va gorstlar 
(ko'tarilma) hosil bo'ladi.
Litosfera bir butun emas, u juda katta yoriqlar orqali 
litosfera plitalariga bo'linib ketgan. Litosfera plitalari 
haqidagi nazariyaga muvofiq Yerning tashqi qobig'i, 
ya’ni Yer po'sti yuqori mantiya qismi bilan birga qalinligi 
60 km dan 100 km gacha bo'lgan bir qancha bo'laklardan 
tashkil topgan. 13 ta asosiy plita bor, ularning eng kattasi 
(Yevrosiyo, Shimoliy Amerika, Afrika, Hindiston —
Avstraliya, Janubiy Amerika, Tinch okean, Antarktika va 
h.k.).
Ko'pchilik plitalarga materik Yer po'sti ham, okean 
Yer po'sti ham kiradi. Plitalar mantiyaning nisbatan 
yumshoq, plastik qatlami (aslenosfera) ustida joylashgan 
bo'lib, uning ustida sirg'anib yuradi. Plitalarni harakatga 
keltiruvchi kuchlar yuqori mantiyada moddalarning 
almashinishi vaqtida vujudga keladi. Bu moddalarning 
yuqoriga ko'tarilayotgan qudratli oqimi Yer po'stini 
parchalab, yoriqlarni vujudga keltiradi. Okeanlarda 
Yer po'sti yupqa bo'lganligi uchun erigan moddalar 
Yerning ichidan ko'tarilib chiqib, plitalarni surib, bir- 
biriga nisbatan har yili 1 - 6 sm gacha siljiydi. Bu miqdor 
Yerning sun’iy yo'ldoshlari orqali olingan suratlarni taq- 
qoslash tufayli aniqlangan. Agar yonma-yon plitalarning 
biri okean Yer po'sti, ikkinchisi materik Yer po'sti
19


bo'lsa, bular yaqinlashganda dengiz suvlari bosgan plita 
kontinent tagiga kirib ketayotganda bukiladi, natijada 
chuqur suv botiqlari, yoysimon orollar, tog* tizmalari 
hosil bo'ladi (Kuril botig'i, Yapon orollari, And tog'lari 
shular jumlasidandir). Ikki materik Yer po'stida plitalar 
to'qnashadigan bo'lsa, burmalar hosil bo'lib, baland 
tog'lar vujudga keladi. Chuqurlikda jinslarning uzilishi 
yoki siljishi ro'y beradigan joy yer qimirlash o'chog'i 
deb ataladi. Yer qimirlash o‘chog‘i har xil chuqurlikda 
bo'ladi (maksimum 600-700 km).
Yer qimirlash o'chog'i ustidagi yer yuzasida 
o'rnashgan joy yer qimirlash epitsentri (markazi) deb 
ataladi. Bu yerda zilzilaning kuchi eng yuqori bo'ladi. 
Chunki yerosti zarblari pastdan yuqoriga tomon yo'naladi. 
Yer qimirlash markazidan narida tebranish hamma 
tomonga to'lqinsimon tarqaladi. Seysmolog olimlar 
zilzila kuchini 12 balli shkalada o'lchashadi: 1-2 ball — 
kishilar sezmaydi, asboblar sezadi; 5 -6 ball— imoratlar 
yengil zararlanadi; 9 ball — imoratlar buziladi, Yerda 
kengligi 100 m ga teng bo'lgan yoriqlar paydo bo'ladi, 
tog'larda qulashlar ro'y beradi; 11-12 ball — eng katta 
yer qimirlash sodir bo'ladi, ularni halokatli zilzilalar deb 
ataladi. Har yili milliondan ortiq kuchsiz va 15-20 ta 
kuchli zilzilalar sodir bo'lib turadi.
Vulqonlar. Issiq buloqlar (geyzerlar). Yer yuzasiga 
magmani oqib chiqishi bilan bog'liq bo'lgan hodisa va 
jarayonlar majmuasi vulqonlar deb ataladi. Yer yuzasiga 
oqib chiqqan magma lava deb ataladi. Magma ko'tarilib
20


chiqadigan yo‘l vulqon bo‘g ‘zi deyiladi. Bo‘g‘iz vulqon 
og'zi bilan tugaydi. Otilganini insoniyat eslab qolgan 
vulqonlar harakaldagi vulqonlar deb ataladi. Bunday 
vulqonlar 800 dan ortiq. Meksikaning janubidagi Pari- 
kutan vulqoni 1943-1946- yillari odamlarning ko‘z 
o'ngida hosil bo'ldi. Otilganligi haqida hech qanday 
ma’lumot 
saqlanib 
qolmagan 
vulqonlar 
so‘ngan 
vulqonlar deb ataladi. (Masalan, Kavkaz tog‘ining Elburs 
cho'qqisi.) Vulqonlarning otilishi natijasida Yerning ichki 
qismidagi moddalarning tarkibi va xususiyatlari hamda 
foydali qazilmalarni hosil bo'lish sirlari o'rganiladi. 
Vulqonlar tarqalgan joylarda yerosti suvlari magmaning 
harakati ta’sirida isiydi. Bu suvlar yer yuzasiga oqib 
chiqib, buloqlar, jilg'a va daryolarni hosil qiladi. Ba’zan 
issiq suvlar qaynoq favvoralar hosil qilib, yuqoriga tomon 
bir necha o‘n metrga otiladi. Bunday favvora buloqlar 
geyzerlar deb ataladi. So'nmagan vulqonlar ko‘p bo'lgan 
va tez-tez zilzilalar sodir bo'lib turadigan litosfera 
plitalarining chegaralari seysmik mintaqalar deb ataladi. 
Ular yoriqlar zonasiga, okeandagi o'rtaliq tog' tizmalariga 
va chuqur suv botiqlariga to'g'ri keladi. Vulqonlar zonasi, 
asosan, Tinch okean qirg'oqlari bo'ylab joylashgan — 
buni Tinch okean olovli halqasi deb atashadi. Bu yerda 
370 dan ortiq harakaldagi vulqonlar bor.

Download 8,32 Mb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   189




Download 8,32 Mb.
Pdf ko'rish