|
01 iy o'quvyurllariga kiruvchilar, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari hamda umumiyBog'liq zsnu70eei3bIZoN8cMUU (1)Yer yuzasi. Yer yuzasining maydoni 510 mln. km2,
shundan 361 mln. km2 (71%)ni okeanlar va 149 mln. km2
(29%)ni quruqlik tashkil qiladi. Shimoliy yarimsharda
quruqlik maydoni 39%, Janubiy yarimsharda esa 19% ni
tashkil qiladi. Janubiy yarimsharning mo'tadil mintaqa-
sida umuman quruqlik yo'q, Shimoliy yarimsharda esa
ushbu kengliklarda quruqlik katta maydonni tashkil
qiladi. Janubiy yarimsharning qutbiy kengliklarida
quruqlik, Shimoliy yarimsharning qutbiy kengliklarida
esa okean joylashgan.
Yer yuzasi quruqlik va suvlikka bo'linadi. Quruq
lik esa materiklarga, yarimorollarga, orollarga, to'p-
lam orollarga va orol yoylariga bo'linadi. Okeanlar
dengizlardan, qo'ltiqlardan va bo'g'ozlardan iborat. Ma
teriklar deyarli hamma tomondan okeanlar va dengizlar
bilan o'ralgan yirik quruqlikdn. Yer yuzasida hozirgi
paytda 6 ta materik bor: Yevrosiyo, Afrika, Shimoliy
Amerika, Janubiy Amerika, Avstraliya va Antarktida.
Okean, dengiz yoki ko'lning ichiga kirib borgan, bir
tomoni quruqlik bilan tutashgan, qolgan tomoni suv bilan
11
o'ralgan qismlari yarimorollar
deyiladi. Hamma tomoni
suv bilan o'ralgan quruqlikning kichik-kichik qismlari
orollar
deyiladi. Kelib chiqishiga qarab ular materik,
marjon
va vulqon
orollariga bo'linadi. Materik orollari
materik sayozligida materikka yaqin joylashadi, ular bir
paytlar materiklarning bir qismi bo'lgan, keyinchalik
quruqlikning bir qismi cho'kishi natijasida undan ajralib
qolgan. Vulqon orollari vulqonlarning otilishi natijasida
paydo bo'ladi va okeanlarda joylashadi. Marjon orollari
tropik kengliklarda tanasida ohaktosh bo'lgan dengiz
jonivorlarining hayoti va faoliyati natijasida paydo
bo'ladi. Orollar yakka holda, to'plam
(arxipelak) va
yoysimon
bo'lib tarqalgan. To'plam orollar
deb, bir xil
asosda joylashgan, bir-biriga yaqin turgan orollarga
aytiladi. Odatda, bunday orollarning kelib chiqishi bir
xil bo'ladi. Orol yoylari
bu suvosti tizmalarining baland
qismlarini suv ustidan chiqib turishidir. Asosan, ular
chekka dengizlarni okeandan ajratib turadi, bu yerlarda
vulqonlar otilib, zilzilalar bo'lib turadi.
Okeanlar
quruqlikdan tashqaridagi suv bo'shlig'idir.
Dunyo okeani Tinch, Atlantika, Hind va Shimoliy Muz
okeanlariga bo'linadi. Dengizlar, qo'ltiqlar, bo'g'ozlar
okeanning qismlaridir. Qo'ltiqlar
okeanlarning, dengiz-
larning yoki ko'llarning bir qismi bo'lib, quruqlikning
ichiga kirib borgan, ammo asosiy suv havzasi bilan
bevosita bog'langan bo'ladi. Bo'g'iz
(bo'g'oz) bu ikki
quruqlikni ajratib turadigan va ikki suv havzasini bir-
biriga tutashtirib turadigan suv bo'shlig'idir.
12
|
| |