I. YER HAQIDA UM UM IY MA’LUMOTLAR




Download 8,32 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/189
Sana16.12.2023
Hajmi8,32 Mb.
#120491
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   189
Bog'liq
zsnu70eei3bIZoN8cMUU (1)

I. YER HAQIDA UM UM IY MA’LUMOTLAR
Yer — Quyosh tizimidagi sayyoralar (planetalar)dan 
biri. Quyosh atrofida 9 ta sayyora, mingdan ortiq asteroid 
(kichik sayyora), meteoritlar, kometalar va boshqa fazo- 
viy jismlar aylanadi. Yer va Quyosh orasidagi o'rtacha 
masofa 150 mln. km. Quyoshga eng yaqin sayyora 
Merkuriy, eng uzog'i Pluton hisoblanadi. Sayyoralar ikki 
guruhga boMinadi: ichki yoki Yer guruhidagi sayyoralar 
(Merkuriy, Venera, Yer, Mars); ulkan sayyoralar (Yupiter, 
Saturn, Uran, Neptun). Ichki sayyoralarning zichligi 
katta, hajmi kichik, ulkan sayyoralarning zichligi kam, 
hajmi katta (ular, asosan, vodorod va geliydan iborat). 
Sayyoralarning oltitasini yo'ldoshlari bor, hozirgi paytda 
Quyosh tizimidagi sayyoralarning hammasi bo'lib 
50 ta yo'ldoshi borligi aniqlangan. Yerning yoMdoshi 
Oy o'lchami jihatidan yo'ldoshlar orasida 5- o'rinda, 
massasining sayyora massasiga nisbati jihatidan birinchi 
o‘rinda turadi. Uning massasi Yer massasidan 81,3 
marta kichik, qolgan yo'ldoshlarning massasi sayyoralar 
massasining mingdan bir qismini ham tashkil qilmaydi. 
Oy o‘z o‘qi va Yer atrofida aylanadi.
Yerning shakli va o'lchamlari. Boshqa sayyoralar 
kabi Yer ham shar shaklida. Inson Yerning ma’lum bir 
qisminigina ko'radi, shuning uchun Yerning shakli
5


haqida juda ko‘p olimlar turlicha fikr bildirishgan. 
Qadimgi Gretsiyada Gomer yashagan davrda (mil.av. 
IX-VIII asrlar) Yerni askarlarning qalqoniga o'xshash 
qabariq diskka o‘xshati$hgan. Pifagor davrida Yer shar 
shaklida, degan taxmin olg‘a surilgan. Oy tutilgan paytda 
Oyga tushadigan Yerning ko‘lankasini aylanasimonligini, 
yulduzli 
osmonning 
ko'rinishi 
meridian 
bo'ylab 
yurilganda o'zgarishini va yuqoriga ko'tarilgan sari 
gorizontning kengayishini kuzatish natijasida qadimgi 
grek olimi Aristotel (mil.av. IV asr) birinchi bo‘lib Yerning 
shar shaklida ekanligini isbotladi. Yerning o'lchamlarini 
birinchi bo‘lib qadimgi grek olimi Eratosfen (mil.av. 
III-II asr) aniqladi. U bir gradus meridian yoyining 
uzunligini aniqlab, uning asosida Yer aylanasining 
uzunligi 40000 km ekanligini topdi. XVII asrning 
oxirida Nyuton Yer o‘z o‘qi atrofida aylanishi tufayli 
uning qutblari siqiqligini isbotladi. Qutblari teng siqilgan 
shar s/erofc/deb ataldi. Shuning uchun Yerning ekvatorial 
radiusi qutbiy radiusidan 21,4 km uzun. Og'irlik kuchini 
aniq o'lchash natijasida Yerning shakli murakkabroq 
tuzilishga ega ekanligi aniqlandi. Yerning ichki qismi 
turli xil tuzilganligi tufayli uning shakli sferoiddan farq 
qiladi. Shuning uchun Yerning haqiqiy shakli geoid 
(yersimon) degan fikrga kelindi. Geoid deganda, yuzasi 
doimo og'irlik kuchi yo'nalishiga perpendikulyar bo'lgan 
shakl tushuniladi. Geoidning yuzasi dunyo okeanining 
sathiga mos keladi. Yerning ekvatorial radiusi a = 6378,2 
km, qutbiy radiusi v = 6356,8 km, ekvatorning uzunligi
6


40075,5 km, qutbiy siqiqlik 

• meridiandan
uzunligi 4008,5 km.
Yerning harakati. Yer Quyosh atrofida bir yilda 
bir marta aylanib chiqadi. Yanvar oyida Yer Quyoshga 
yaqinlashadi (147 mln. km), iyulda uzoqlashadi (152 mln. 
km). Bu esa Yerning tezligiga ta’sir qiladi. Yer o‘z orbitasi 
bo‘ylab Quyosh atrofida 29,8 km/sek tezligida harakat 
qiladi. Yer Quyoshga yaqinlashganda uning tezligi 
sekinlashadi. (29,5 km/sek). Shuning uchun Shimoliy 
yarimsharda qish yozga nisbatan qisqa (6 sutkaga), 
Janubiy yarimsharda esa aksincha, yoz qishga nisbatan 
qisqa. Yer Quyosh atrofida aylanish bilan birga, o‘z o‘qi 
atrofida ham aylanadi. Yer o'qining orbita tekisligiga 
qiyaligi 66,5° ga teng. Yerning orbita bo'ylab va o‘z o‘qi 
atrofida aylanishi natijasida kun bilan tun va fasllar alma- 
shinadi.
Yerda kun va tunning almashishi to'xtovsiz sodir 
bo‘lib turadi. Bahorgi va Kuzgi teng kunliklarda (21 mart, 
22 sentabr) kun va tun uzunligi bir xil, ya’ni 12 soatga 
teng bo'ladi. Bu paytda Quyosh ekvatorda zenitda bo'ladi. 
Ekvatordan qutblargacha Quyoshning Yer yuzasiga 
tushish burchagi 0° gacha kamayadi. Shunga muvofiq 
issiqlik miqdori ham kamayib boradi.
Eng uzun va eng qisqa tun Shimoliy yarimsharda 22- 
iyunda, Janubiy yarimsharda 22- dekabrda kuzatiladi. 
22-iyundan Yer o'qining shimoliy qismi Quyosh tomonga 
qiyshaygan bo'ladi. Quyosh nurlari shimoliy tropikka tik
7


tushadi, bu paytda Shimoliy yarimsharning katta qismi 
Quyosh tomonidan yoritiladi, kun tunga nisbatan uzun 
bo‘ladi.
Ekvatorda kun doimo tunga teng, Quyosh nurlarining 
tushish burchagi kam o'zgaradi, shuning uchun fasllar 
shakllanmagan. Tabiatda kun va tun hamda fasllar 
almashinishi sutkalik va yillik ritmlarni keltirib 
chiqaradi.
Yerda Quyosh issiqligining taqsimlanishi. Quyosh 
taratayotgan issiqlikning 2 milliarddan bir qismigina 
Yerga yetib keladi. Quyosh sirtida harorat 6000°C, ichki 
qismida 20000 000° С ni tashkil qiladi. Quyosh issiq­
ligining Yer yuzasida taqsimlanishi Yerning shakliga, 
harakatiga va Quyoshga nisbatan joylanishiga bog'liq.
Quyoshning balandligiga va kun bilan tunning uzun- 
ligiga qarab Yer yuzasida yoritish mintaqalari ajratiladi.
Ekvatorial yoritish mintaqasi shimoliy va janubiy 
tropik chiziqlari oralig'ida joylashgan. Mazkur mintaqa 
eng ko‘p issiqlik oladi va bu issiqlik yil davomida bir xil 
taqsimlangan.
Mo'tadil yoritish mintaqasi shimoliy va janubiy 
tropiklar bilar Shimoliy va Janubiy qutb chiziqlari 
oralig'ida joylashgan. Mo'tadil mintaqada Quyoshning 
balandligi doimo 90° dan kam bo'ladi, yil bo'yi kun va 
tunning uzunligi o'zgarib turadi, shuning uchun fasllar 
yaqqol shakllangan.
Shimoliy va Janubiy qutb doiralari ichida qutbiy 
yoritish mintaqalari joylashgan. Ushbu mintaqalarda


Quyoshning balandligi 47° dan (yozda) 0°gacha (qishda) 
o'zgaradi.

Download 8,32 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   189




Download 8,32 Mb.
Pdf ko'rish