Moskva, Vashington, Melburn
va 26 ta regional
m eteorologik stansiyalar kiradi.
Atmosfera bosimi.
Havoning yer yuzasiga va undagi
barcha narsalar bosib turadigan kuchi
havo bosimi
deyiladi. Havo 1 sm2 yuzaga 1 kg 33 gr kuch bilan bosib
turadi. Yuqoriga chiqqan sari har 10,5 m da 1mm ga
yoki 1,33 mb ga kamayadi, dem ak, har 105 m da bosim
10 m m ga yoki 13,3 mb ga kamayadi. Atmosfera bosimi
simobli barom etr va barom etr— aperoid («suyuqliksiz»)
36
yordamida o'rganiladi. Simobli barom etr meteorologik
stansiyalarda, aperoid esa sayohat va ekspeditsiyalarda
ishlatiiadi. 450 li parallelda dengiz sathida havo
harorati 0° bo'Iganda simob havo bosim i ostida 760 mm
balandlikka ko'tarilishi norm al (me’yordagi)
atmosfera
bosimi
deb ataladi. Havo bosim i haroratning o‘zgarishi
bilan ham o'zgarib turadi. Havo qiziganda kengayadi
va yengillashadi. Ekvator yaqinida qizigan havo kenga
yadi, yengillashib yuqoriga ko'tariladi. Natijada ekvator
yaqinida Yer yuzasida bosim pasayadi. Qutblar yaqinida
havo soviydi, Yer yuzasida bosim ko'tariladi. Atmosfera
ning yuqori qism ida esa buning aksi ro'y beradi.
Ekvatorial o'lkalarda bosim yuqori, qutbiy o'lkalarda esa
past bo'ladi. Bosim yuqori bo'lgan o'lkalardan, bosim
past bo'lgan o'lkalarga havo harakat qila boshlaydi, ya’ni
ekvatorial o'lkalarda qutblar tomon Yerning aylanishi
tufayli ular qutblarga yetib bormaydi, sovib, og'irlashib
30° kengliklarda pastga tushadi va yer yuzasida yuqori
bosim oblastini hosil qiladi.
Yer yuzasida atmosfera bosim i bir xil bo'lgan
nuqtalarni tutashtiruvchi shartli chiziq
izobaralar
deb
ataladi. Izobaralar berk va ochiq bo'lishi mumkin.
Biroq izobaralarning m arkazida bosim past bo'lsa,
siklon
(yunoncha
aylanadigan
demakdir), yuqori bo'lsa
antisiklon
deb ataladi. Demak, siklon atmosfera bosimi
past bo'lgan, antisiklon esa atmosfera bosim i yuqori
bo'lgan oblastlardir. Shimoliy yarim sharda siklonlarda
havo soat strelkasiga teskari, antisiklonlarda soat
37
strelkasi bo'yicha harakat qiladi. Janubiy yarim sharda
esa aksincha, siklonlarda sham olning tezligi ju d a katta
bo'lishi m um kin, ammo halokatli dovullar va bo'ronlar
kam roq uchraydi. A ntisiklonlarda shamol kuchsiz, ichki
qism larida shtil, ya’ni shamolsiz havo bo'ladi. Siklon
o'tganda havo m assalari alm ashinadi, harorat va nam lik
o'zgaradi, bulutlar ko'payib, yog'in yog'adi. A ntisiklon
o'tganda bulut kam bo'ladi va yog'in ko'p yog'maydi.
Siklonda havoning ko'tarilm a harakati, antisiklonda
esa pastlam a harakati (yuqoridan o g 'ir havoni pastga
tushishi) ro'y beradi. Havo pastga tushayotganda siqilib
qiziydi va to'yinish holatidan uzoqlashadi. Shuning uchun
antisiklonlarda havo ochiq va quruq bo'ladi.
Yer yuzasida bosim ning notekis taqsim lanishi
natijasida shamollar vujudga keladi. Shamol deb, havo
ning yotiq gorizontal harakatiga aytiladi. Shamollarning
quyidagi turlari ajratiladi.
Brizlar
yoki qirg'oq shamoli, dengiz va quruqlik ustida
bosim ni turlicha bo'lishi tufayli yuzaga keladi. Q uruqlik
tez isib, tez soviydi. Kunduzi quruqlik isib ketadi, natijada
bosim kam ayadi, suv yuzasida esa bosim yuqori bo'ladi,
shu tufayli yuqori bosim li suv havzasidan past bosim li
quruqlik yuzasiga havo oqa boshlaydi va kunduzgi Briz
shamoli hosil bo'ladi. Kechasi quruqlik yuzasi tez sovib
ketadi, natijada bosim ko'tariladi, suv havzasida esa bosim
past bo'ladi, chunki suv sekin soviydi. Shuning uchun
havo quruqlikdan dengiz tomon harakat qiladi va tungi
Briz shamoli hosil bo'ladi. M ahalliy shamollarga fyonlar
38
ham kiradi. U lar tog'lardan pastga tushayotib isishi tufayli
fyon shamollari deb ataladi. Siklon va antisiklonlardagi
sham ollarning yo'nalishi turlicha bo'ladi. Siklonlarda
shamol atrofdan m arkazga tomon, antisiklonlarda esa
m arkazdan atrofga qarab esadi.
|