%o)
Qizil dengizdir.
Boltiq dengizining sho'rligi 11
%o.
Okean yuzasidagi suvlarning o'rtacha harakati
+17°C. Harorat m intaqalar bo'yicha o'zgarib turadi.
Ekvator va uning o'rtasida yil davom ida harorat 27-28°C,
tropiklarning g'arbiy qism ida 20-25° va 15-20°, m o'tadil
m intaqalarda suvning harorati Janubiy yarim sharda
pasayib boradi. Shimoliy yarim sharda m ateriklarning
g'arbiy qism lari sharqiy qismiga nisbatan iliqroq bo'ladi.
Okean suvi -2 0 °C da muzlaydi. Suv sho'rligi qancha
yuqori bo'lsa, muzlash harorati shuncha past bo'ladi.
Eng past harorat qutbiy o'lkalarda bo'lib -10°, -20°C.
Chuqurga tushgan sari okean suvining harorati pasayib
boradi. 3 - 4 ming m etrdan chuqurda harorat odatda
+20°C dan 0°C gacha bo'ladi, 1000 m chuqurlikda esa
- 2 , -3 °C bo'ladi. O keanlar maydonining 15% ga yaqini
muz bilan qoplangan. Sho'r suvning muzlash harorati
-1 , -2°C . Sovigan sho'r suvlar zichlik oshishi natijasida
pastga tushadi, pastdan yuqoriga esa iliq suvlar ko'tarilib
chiqadi, natijada okeanning katta qismi muzlaydi.
Bir yillik va ko'p yillik m uzlar bo'ladi. Q uruqlikdagi
31
m uzliklarning uzilib tushishi natijasida
aysberglar
hosil
bo‘ladi. Grenlandiya orolidan Atlantika okeaniga tog‘ga
o‘xshagan m uzlar uzilib tushadi, A ntarktidaning shelf
muzliklaridan esa supasimon m uzliklar uzilib tushadi.
Aysbergning uzunligi ba’zan 100 km gacha boradi.
Suvmassalari.
Okeanlarning muayyan qismida tarkib
topgan va boshqa joylardagi suvlardan harorati, sho'rligi,
zichligi, shaffofligi, tarkibidagi kislorod miqdori va
boshqa xususiyatlari bilan farq qiluvchi katta hajmdagi
suvlar
suv mass atari
deb ataladi. Suv m assalari okean
yuzasiga quyosh issiqligining notekis tushishi ham da
atm osfera ta’sirida tarkib topadi va
ekvatorial, tropik,
mo'tadil
va
qutbiy
suv m assalari ajratiladi.
Okeandagi suvning harakati.
Okeandagi suvlar
doimo harakatda bo'ladi. Natijada to'lqinlar va oqimlar
hosil bo'ladi.
To‘lqinlar
suv yuzasida, asosan, shamol ta’sirida
hosil bo'ladi. Zilzila, vulqon va qalqish kuchlari ta’sirida
okean suvlarining to'la qatlam i to'lqin bilan qoplanadi.
To'lqinning qirrasi, balandligi va tezligi uning asosiy
o'lcham lari hisoblanadi. To'lqinning ikkita qo'shni qirrasi
orasidagi masofa
to'lqin uzunligi,
to'lqin etagidan uning
qirrasigacha bo'lgan masofa
to'lqin balandligi
deyiladi.
To'lqinning vaqt birligida o'tgan masofasi
to'lqin tezligi
deb ataladi. Shamol to'lqinlarining balandligi 4 - 6 m,
eng balandi 30 m, uzunligi 100-250 m. Dovuldagi
toTqinlarning o'rtacha uzunligi 100 m. Q irg'oqlarda
urinm a to'lqinlar hosil bo'ladi.
32
Zilzila va suvosti vulqonlari ta’sirida hosil bo'ladigan
to'lqinlar
sunam i
deb ataladi. Uning tezligi 700 -8 0 0 km /
soat bo'lib, hosil bo'lgan joydan ham m a tomonga tarqaladi
va suv qatlam ini to'la qam rab oladi. Uning balandligi
ochiq okeanda 1 m, uzunligi 100-200 m, qirg'oqlarda esa
balandligi 10 m, ba’zan 50 m ga yetadi.
Okean suvining oy tom onidan tortilishi natija
sida
qalqish
to'lqinlari hosil bo'ladi. Qalqish natija
sida suv qirg'oqlardan ko'tarilib va pasayib turadi.
Suv ko'tarilganda qirg'oqni suv bosadi, pasayganda
qirg'oqning ancha qismi ochilib qoladi, ochilib qolgan
joyning kengligi 10 km ga yetadi. Ochiq okeanda qalqish
to'lqinlarning balandligi eng kam (1 m gacha), tor
qo'ltiqlarda va bo'g'ozlarda yuqori bo'ladi. Eng baland
qalqish to'lqini Shimoliy A m erikaning g'arbiy qism idagi
Fandi qo'ltig'ida kuzatiladi. U ning balandligi 18 m ga
yetadi.
Oqimlar.
Suvning katta m asofalarga yotiq harakat
qilishi
okean oqimlari
deb ataladi. Okean oqim larini hosil
qiladigan asosiy om illar quyidagilardir: shamol, suvning
harorat va sho'rligidagi farqlar. U larning yo'nalishi esa
shimolga Yerning o'z o'qi atrofida aylanishining burish
burchagiga, okean tagi relyefiga va qit’alar qiyofasiga
bog'liq. A gar oqim suvining harorati atrofidagi suv
haroratidan yuqori bo'lsa,
iliq,
past bo'lsa,
sovuq oqim
deb ataladi.
O qim larning
yo'nalishiga
Yer
aylanishi
katta
ta’sir qiladi, natijada Shimoliy yarim sharda oqim lar
33
o‘ngga, Janubiy yarim sharda chapga buriladi. Yuzadagi
oqim larning yo'nalishi asosiy shamollar yo'nalishi bilan
bog'liq. Passat shamollari shimoliy va janubiy passat
oqim larini va ularni oralig'ida qarshi oqim larni vujudga
keltiradi.
Okeanlarda doimiy sham ollarning yo'nalishi okean
larning joylashishi va qirg'oqlar qiyofasiga bog'liq holda
oqim lar tizim ini vujudga keltiradi. Sharqiy qirg'oqlar
bo'ylab shimolga aniq oqim lar yo'nalgan. M o'tadil
m intaqada g'arbiy shamollar okeanlarni g'arbdan sharqqa
kesib o'tadigan ko'ndalang oqim larni keltirib chiqargan.
Janubiy yarim shardagi g'arbiy shamollar oqimi daryo-
dagi eng katta oqim hisoblanadi. M ateriklarning
g'arbiy qirg'oqlari bo'ylab ekvator tomon sovuq oqimlar
yo'nalgan. Shimoliy M uz okeanidan A tlantika okeaniga
oqib o'tadigan suvlar Labrador sovuq oqim ini tashkil
qiladi. A tlantika okeanidan iliq oqim lar Norvegiya iliq
oqimini davomi sifatida Shimoliy M uz okeaniga oqib
o'tadi.
Issiqlik tashuvchi eng yirik oqim lar Golfstrim bilan
Kurosio oqimlari hisoblanadi. Sovuq va iliq oqimlar
m o'tadil kengliklarda ko'proq to'qnashadi.
Okeandagi hayot.
Okeandagi
sharoit
turlicha
bo'lgani uchun okeanning turli qism larida hayot ham
turlicha. Okeandagi organizm lar yashash sharoitiga ko'ra
uch guruhga bo'linadi: a)faol harakat qilish vositalariga
ega bo'lm agan, suv yuzasida va suv ichida yashovchi
organizm lar; b) suvda faol harakat qiladigan va harakat
34
vositalariga ega bo'lgan organizm lar; d) suv tagida
yashovchi organizmlar. Suvda m uallaq yuruvchi va
oqimlarga qarshilik qila olmay oqib yuruvchi organizm
lar
plankton
deyiladi. Plankton grekcha
adashib
yuruvchi
degan ma’noni bildiradi. O rganizm lar okeanda
notekis taqsim langan. Q irg'oqqa yaqin, unchalik chuqur
bo'lm agan (200 m gacha), quyosh nuri yaxshi yoritib va
isitib turadigan suvlarda organizm lar ko'p bo'ladi.
|