VII. LITOSFERA VA YER YUZASINING TUZILISHI Yer po'stining tuzilishi. Litosfera Yer po'stining va
yuqori mantiyaning bir qism ini o 'z ichiga oladi. Yer po'sti
m urakkab tuzilishga ega. Yer po'stining ayrim qismlari
juda harakatchan, ayrim qism lari m ustahkam , barqaror
bo'ladi.
Yer po'stining harakatchan qism lari
geosinklinallar deb ataladi. M azkur hududlarda zilzilalar, vulqon tez-tez
sodir bo'lib turadi. G eosinklinallarning rivojlanishida
uchta bosqich ajratiladi. Birinchi bosqichda Yer po'sti
cho'kadi va cho'kindilar to'planadi. M azkur bosqichda
geosinklinal sayoz dengizdan iborat bo'ladi. Ikkinchi
bosqichda Yer po'stida cho'kish davom etadi, ammo
geosinklinallarning ayrim joylari ko'tarilib, orollar
hosil bo'ladi. Uchinchi bosqichda geosinklinal hududda
Yer po'sti ko'tarila boshlaydi. Natijada tog' jinslari
burm alanadi, ko'tariladi va yirik tog 'jin slari hosil bo'ladi.
Geosinklinalning rivojlanishining barcha bosqichlarida
magma cho'kindi jinslar orasiga kirib boradi, vulqonlar
otilgan paytda esa m agm a Yer yuzasiga otilib chiqadi.
50
Yer
po'stining
m ustahkam ,
barqaror
qism lari
platformalar deb ataladi. G eosinklinal hududlarda ko‘ta-
rilgan tog1 tizm alari tashqi kuchlar ta’sirida yem iriladi,
yem irilgan tog1 jinslarini past joylarga olib keladi, natijada
tog'larning qattiq m agm atik va m etam orfik jinslardan
iborat ichki qism lari ochilib qoladi. Platform alarning
cho'kkan joylarini suv bosadi va cho'kindi jinslar bilan
qoplangan qism i
plita deb ataladi. Plita kristall jinslarining
Yer yuzasiga chiqib qolgan qismi
qalqon deb ataladi.
Litosfera plitalari nazariyaga asosan Yer po'sti juda
katta va yirik palaxsalardan (plitalardan) iborat. U larning
qalinligi 60 km dan 100 km gacha. Plitalar m antiyaning
yum shoq va plastik qatlam i ustida joylashgan. Yuqori
m antiyada m oddalarning harakati plitalarni bir-biriga
nisbati yiliga 1 sm dan 6 sm gacha tezlikda siljishiga sabab
bo'ladi. S unday m a’lum otlar Yerning sun’iy yoMdoshlari
tomonidan olingan suratlarini taqqoslash natijasida
aniqlangan. Agar quruqlik va okean plitalari to‘qnashsa,
quruqlik plitasining chekka qismi okean plitasi ostiga
botadi, natijada chuqur okean botiqlari, quruqlikda esa
baland tog‘lar hosil bo‘ladi.
Litosfera plitalarining chegaralari harakatchan bo'ladi
va bu yerlarda harakatdagi vulqonlar ham da zilzilalar
tez-tez sodir bollib turadi. Litosfera plitalarining bunday
chegaralari
seysmik mintaqalar deb ataladi. Yer po'stida
asosiy va ikkinchi darajali seysm ik m intaqalar ajratiladi.
Birinchi darajali seysm ik m intaqalarga Tinch okeani
mintaqasi va Alp-Him olay tog1 m intaqasi kiradi. Ikkinchi
51
darajali seysm ik m intaqalarga Hindiston, Sharqiy A frika
va A tlantika m intaqalari kiradi.