Modda va energiyaning aylanma harakati




Download 8,32 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/189
Sana16.12.2023
Hajmi8,32 Mb.
#120491
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   189
Bog'liq
zsnu70eei3bIZoN8cMUU (1)

Modda va energiyaning aylanma harakati. 
G eo­
grafik qobiqqa kelayotgan m odda va energiya turli xil 
o'zgarishlar tufayli bir turdan ikkinchi turga o'tib, aylanma 
harakat qiladi. Quyoshdan kelayotgan issiqlikning 
Yer yuzasida notekis taqsim lanishi geografik qobiqda 
turli xil aylanm a harakatlarni keltirib chiqaradi. Ushbu 
harakatlardan eng m uhim lari 
havo va suvning aylanma 
harakatidir.
Bir xil m odda va energiyaning aylanma 
harakati boshqa xil m odda va energiyaning aylanma 
harakatini keltirib chiqaradi va u bilan chambarchas 
bog'langan bo'ladi. Am m o modda va energiya hara- 
katining tezligi turlicha bo'ladi. Ba’zi m oddalar yiliga bir 
m illim etrdan, ba’zilari yorug'lik tezligida harakat qiladi. 
Shuning uchun geografik qobiqda turli xil harakatlar
44


ajratiladi. M asalan, atmosferadagi havo va gidrosferadagi 
suvning harakatlari, litosferadagi qattiq va suyuq 
m oddalar ham da biologik aylanm a harakatlar.
G eografik qobiqdagi eng m uhim harakatlardan 
biri suvning aylanma harakatidir. Turli shakldagi ro‘y 
beradigan suvning harakati Yer yuzasini yem iradi ham da 
ju d a ko‘p issiqlik va m ineral m oddalarning aylanma 
harakatiga sabab bo‘ladi. Aylanma harakat tufayli suv 
okeanda 2500 yilda, daryoda 16 kunda, atm osferada 8 
kunda, jonivorlarda bir necha soatda alm ashinib turadi.
Biologik aylanm a harakat ham geografik qobiqning 
rivojlanishida m uhim omil hisoblanadi. Yashil o'sim ­
liklar noorganik m oddalardan organik m oddalarni hosil 
qiladi, organik m oddalar bilan jonivorlar oziqlanib, 
ularni boshqa organik m oddalarga aylantiradi, bakteriya 
va zam burug'lar organik m oddalarni parchalab, yana 
mineral, ya’ni noorganik moddalarga aylantiradi.
Litosferadagi m oddalar ham doimo aylana harakatda 
bo'ladi. Vulqon otilishi natijasida Yerning ichki qism idan, 
ya’ni m antiyadan m oddalar Yer yuzasiga chiqadi, ular 
tektonik harakatlar oqibatida yana asta-sekin pastga 
tushib, m antiyaga yetib borib, yuqori harorat va bosim 
ostida erib, suyuq lava holida yana Yer yuzasiga vulqonlar 
tufayli otilib chiqadi.

Download 8,32 Mb.
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   189




Download 8,32 Mb.
Pdf ko'rish