isitilishi va havo m assalarining harakatiga ko'ra past va
yuqori bosim hududlari vujudga keladi.
Quyosh nurlarining Y eryuzasida notekis taqsim lanishi
atm osfera bosim ining ham notekis taqsim lanishini
keltirib chiqaradi. Ekvator atrofida havo harorati yuqori
bo‘lganligi tufayli past bosim oblasti vujudga kelgan.
M azkur hududda havoning ko'tarilm a harakati hukmron.
Yuqoriga ko‘tarilgan havo sovib, shimol va janub tomon-
ga oqib ketadi va asta-sekin ikkala yarim sharning 30°
kengliklarida pastga tusha boshlaydi. Natijada m azkur
kengliklarda yuqori bosim oblasti vujudga keladi. Yuqo
riga ko'tarilgan havoning bir qismi m o'tadil kengliklar
tomonidan oqib boradi va Yerning aylanish kuchi ta’sirida
sharqqa burilib - g'arbiy sham ollarning vujudga kelishiga
sabab bo'ladi. Qutbiy o'lkalarda harorat past bo'lganligi
tufayli havo doimo sovib pastga tusha boshlaydi. Shuning
uchun qutbiy o'lkalarda yuqori bosim oblasti vujudga
keladi. Yer yuzasida to 'rtta yuqori bosim (ikkita qutbiy,
ikkita subtropik kengliklarda) va uchta past bosim
(ekvatorial, ikkita m o'tadil kengliklarda) oblasti vujudga
keladi.