IX. ATM OSFERA VA IQLIM Atmosferaning ahamiyati. Atmosfera Yerdagi hayot
uchun eng m uhim bo’lgan havodan tashkil topgan. A tm os
fera, asosan, azot (78%) va kislorod (21%) dan iborat.
Boshqa gazlar juda ham oz m iqdorni tashkil qiladi.
Atm osfera Yerdagi
hayotning
davom
etishida
juda katta ahamiyatga ega. U o’sim lik va hayvonot
dunyosi uchun zarur bo’lgan havoning asosiy manbayi.
57
A tm osferadagi havoning 80%i uning quyi qismida, ya’ni
troposferada joylashgan. Atmosfera tufayli Yer yuzasi
birdaniga isib yoki sovib ketmaydi. Atmosfera Yerni
fazodan kelayotgan m eteoritlardan saqlaydi. M eteoritlar
atm osfera qatlam iga kirib ishqalanish natijasida yonib
ketadi va Yer yuzasiga yetib kelmaydi. Atmosfera
bo im ag an d a Yerda hayot ham bo’lmasdi, Yer yuzasi esa
Oy yuzasiga o’xshab jonsiz bo'lib qolardi.
9.1. Yer yuzida havo haroratining taqsim lanishi Yer yuzasida havo haroratining taqsim lanishi Quyosh
nurlarining Yer yuzasiga tushish burchagiga bog'liq.
D em ak, Yer yuzasida havo haroratining taqsim lanishi
geografik kenglikka bog'liq ekan.
H ar ikkala yarim sharda qishda ham, yozda ham
harorat ekvatordan qutblar tomon pasayib boradi. Chunki
shu yo'nalishda Quyosh nurlarining tushish burchagi va
issiqlik miqdori kam ayib boradi.
Bir xil geografik kenglikdagi m ateriklar shu kenglikda
joylashgan okeanga nisbatan yozda issiqroq, qishda so-
vuqroq bo'ladi. C hunki suv sekin soviydi, quruqlik esa
tez isib, tez soviydi. Q uruqlikka nisbatan okean yuza
sining ham m a joyida havo harorati kam o'zgaradi. Tropik
kengliklarda qish va yoz harorati bir-biridan kam farq
qiladi.
H ar ikkala yarim sharda ham yozda eng yuqori harorat
ekvatorda emas, balki tropiklarida kuzatiladi. Chunki bu
paytda Quyosh tropiklarda qoq tepada turadi.
58
Demak, Yer yuzasida issiqlikning taqsim lanishiga
geografik kenglik, quruqlik va dengizning joylashishi,
dengiz va havo oqim lari ta’sir etar ekan.