Geografik o'rni. Tinch okeani Yerning ham m a
yarim sharlarida joylashgan. Barcha m ateriklar va qit’alar
70
bilan (A frikadan tashqari) o‘ralgan. Boshqa okeanlar
bilan chegarasi Bering bo‘g‘ozi va shartli chiziqlardan
o‘tkaziladi.
Okeanning shimoliy va janubiy qism lari tor, tropiklar
oralig‘ida juda keng. Janubiy A m erika, Avstraliya hamda
Shimoliy A m erika qirg'oqlari kam parchalangan. Sharqiy
Osiyo qirg'oqlari kuchli parchalangan va orollar yoylari
hosil bo'lgan.
Tekshirilish tarixi. Okean tabiati haqidagi m a’lu
motlar F.Magellan va J.Kuk sayohatlaridan so'ng yig'ila
boshladi.
Hozirgi paytda tadqiqotlar xalqaro ekspeditsiyalar
tomonidan olib borilmoqda.
11.2. Okean tubi relyefi va foydali qazilm alari Okean tubi relyefi m urakkab tuzilgan. Okean tubida
quyidagi relyef shakllari tarqalgan. M aterik sayozligi,
O 'rta okean suvosti tizm alari, cho'km alar va okean tubi
tekisliklari.
O 'rta okean suvosti tizm alari okean maydonining
11% ini tashkil qiladi.
Okeanning g'arbiy va sharqiy qism larida chuqur
cho'km alari joylashgan. Chuqurligi 10 km dan ortiq
bo'lgan cho'km alarning ham masi shu yerda joylashgan.
Y irik ko'tarilm alar, yakka tog'lar va tizm alar ora-
liqlarida kotlavinalar joylashgan. Okean bitta litosfera
plitasida joylashgan va boshqa plitalar bilan o'zaro
71
ta’sirda. Boshqa litosfera plitalari bilan ta’sir zonasida
chuqur okean cho’km alari va orollar yoylari joylashgan.
Okean quruqlikda joylashgan tog* tizm alari bilan
o’ralgan. M azkur tog’larda to’xtovsiz harakatdagi
vulqonlar zanjiri joylashgan. U lar Tinch okeani «olovli»
halqasini tashkil qiladi.