Muz okeani biian tutashgan.
Shimoliy Muz okeani bilan
chegarasi Gudzon bo‘g‘izi, Baffin dengizining janubiy
qismi, Norvegiya dengizining janubiy chegarasi orqali
o‘tadi. Tinch okean bilan
boMgan chegarasi Olovli Yer
orolidagi Gorn burni meridiani bo‘yicha Dreyk bo‘g ‘izi
orqali A ntarktika yarim oroli tomon o‘tkazilgan shartli
chiziq bo‘yicha o‘tkaziladi. Hind okeani bilan bo‘lgan
chegarasi esa A frikaning janubidagi Igna burni m eridian
bo'yicha shartli chiziq orqali o'tkaziladi.
A tlantika okeanining maydoni ushbu chegarada 91,6
mln. km 2ni tashkil qiladi. Eng chuqur joyi - 8742 m.
Asosiy xususiyatlari quyidagilardan iborat. Shimoldan
janubga 16 ming km ga cho'zilgan;
shim oliy va janubiy
qism lari keng. M arkaziy (ekvatorial) qismi tor (2900 km).
Shimoliy qismi kuchli, janubiy qismi kam parchalangan;
o'rta okean suvosti tizmasi yaxshi ifodalangan;
oqim-
larning ko‘p qismi meridional yo'nalishga ega; boshqa
okeanlarga nisbatan transport m aqsadlarida ko‘proq
foydalaniladi. B uyuk geografik kashfiyotlar davrida
asosiy suv yo‘li bo’lgan; aysberglar
va suzib yuruvchi
m uzlar ko‘p; biologik mahsuldorligi yuqori.