Atlantika okeanining Fandi qo‘ltig‘ida eng baland qalqish
hosil bo‘ladi, uning balandligi 16-18 m ni tashkil qiladi.
Ekvatorial kengliklarda passat shamollari ta’sirida
shimoliy va janubiy passat oqim lari hosil bo'ladi.
Shimoliy M uz okeanidan A tlantika okeaniga Sharqiy
G renlandiya va Labrador sovuq oqim lari kirib keladi.
Okeanning sharqiy qism ida shim oldan janub tomon
sovuq
Kanar
oqimi tushib keladi.
Janubiy yarim sharda ham oqim lar halqasi hosil
bo'ladi. M azkur halqa quyidagi oqim lardan iborat: janu
biy passat — Braziliya - g'arbiy sham ollar Bengela
oqimlari.
4. Organik dunyosi.
O rganik dunyosi Tinch va Hind
okeaniga nisbatan kam bag'al. Son jihatdan esa juda
boydir. Okean to'rtlam chi davrda paydo bo'lgan, okeanlar
ichida eng yosh hisoblanadi. Shuning uchun organik
dunyosining turi kam.
Okeanda kulrang va qizil suvo'tlari keng tarqalgan,
tropik kengliklarda esa yashil suvlari ko'p. Hayvonot
dunyosi: treska, seld, skumbriya, dengiz okuni. Qutbiy
suvlarda kit va tulenlar, iliq suvlarda esa sardina, tunets,
molluskalar yashaydi.
A tlantika okeanining chuqur qism larida chig'a-
noqsimonlar, ignateriliklar va baliqlarning alohida turlari
tarqalgan.
12.3. G eografik m intaqalari
1.