X III. H IND OKEANI
1. Geografik o‘rni.
Hind
okeani A frika, Yevrosiyo,
Avstraliya, A ntarktida m ateriklari oralig'ida joylashgan
bo'lib, uning asosiy qismi Janubiy yarim sharda joy
lashgan. U kattaligi jihatidan Tinch va Atlantika okean-
laridan so'ng uchinchi o'rinda turadi. Maydoni 76 mln
km 2, o'rtacha chuqurligi 3963 m.
Hind
okeanida dengiz, qo'ltiq va orollar boshqa
okeanlarga nisbatan kam.
Okean qirg'oqlari kam parchalangan,
faqat Malay
to'plam orollari atrofi kuchli parchalangan. Shuning
uchun bu yerda orollar juda ko'p. A frika, Avstraliya va
A ntarktida qirg'oqlari kam parchalangan.
Y irik yarim -
orollari Hindiston, Arabiston, Somali, M alakka.
2. Tekshirilish tarixi.
Okean xo'jalik jihatdan kam
o'zlashtirilgan. M azkur okeanda suzish 6 m ing yil
ilgari, ya’ni boshqa okeanlardan ancha oldin boshlangan.
Okeanni o'rganishga arablar katta hissa qo'shgan. U lar
okean qirg'oqlari, oqim lar va sham ollarning esish davrini
chuqur o'rganishgan. Hind so'zi Sanskrit yozuvida
«daryo» degan m a’noni bildiradi. Shu sababli ham ba’zi
xalqlar uni «Abba-Sind» (pushtu tilida), ya’ni «Daryolar
otasi» deb atashgan.
Bartolomay Dias 1487-yili A frikani janubdan aylanib
o'tib, Hind okeanidagi A frika qirg'oqlarini tekshirdi.
U A tlantika okeanini
H ind okeani bilan janubda
tutashganligini isbotladi va Hind okeani quruqlik bilan
o'ralgan, degan fikrni bekor qildi.
85
Yevropaliklar uchun H ind okeani to‘g ‘risidagi m a’
lum otlar Vasko da Gama davridan (taxm inan 1500-
yillar) boshlab to'plana boshlangan. Dastlabki okean
chuqurliklarini o'lchash ishlari J.Kuk (1771-1775)
tom onidan bajarilgan. X IX asr oxirida «Chelenjer»
kem asida katta ilm iy tadqiqot ishlari olib borildi.