• 2. Tekshirilish tarixi.
  • 01 iy o'quvyurllariga kiruvchilar, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari hamda umumiy




    Download 8,32 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet45/189
    Sana16.12.2023
    Hajmi8,32 Mb.
    #120491
    1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   189
    Bog'liq
    zsnu70eei3bIZoN8cMUU (1)

    XIV. SHIM OLIY M UZ OKEANI
    1. Geografik joylanishi. 
    Eng kichik okean, Arktika- 
    ning m arkazida joylashgan, ham m a tomondan quruqlik 
    bilan o'ralgan. Maydoni 14,75 mln. km 2. Dunyo okeani 
    maydonining 4% ini tashkil qiladi.
    Okeanning qirg'oqlari kuchli parchalangan, shuning 
    uchun orollar, yarim orollar, qo'ltiqlar va bo'g'ozlar 
    serob.
    Okean maydonining deyarli yarm i dengizlardan 
    iborat. Eng yirik dengizi Norvegiya, eng kichigi Oq 
    dengiz. D engizlar Yevrosiyo va Shimoliy A m erika 
    qirg'oqlarida joylashgan va ularning ko'pchiligi tashqi 
    dengiz hisoblanadi. Faqat Baffin dengizi orollar b'rtasida 
    joylashgan.
    Okeanni boshqa okeanlardan ajratib turadigan xusu­
    siyati quyidagilardan iborat: eng sayoz okean (o'rtacha 
    chuqurligi 1220 m); shelf katta maydonni egallaydi (1/3); 
    katta qismi Shimoliy qutb doirasida joylashgan; eng 
    sovuq va sho'rligi eng past okean.
    2. Tekshirilish tarixi. 
    Osiyo va A m erikaga dengiz 
    yo'llari ochilgandan so'ng, m azkur yerlarga Shimoliy 
    dengiz orqali yo'l qidirish boshlandi. Chunki bu okean 
    haqida yunon olim i Pifey (er.av. 325-y.) dastlabki 
    m a’lumotni yozib qoldirgan edi.
    90


    B uyuk shimol 
    ekspeditsiyasi 
    davrida (1733—
    1743 y.y.) okeanning Yevrosiyo qirg'oqlari o'rganildi. 
    Shved— rus ekspeditsiyasi A.Nordensheld rahbarligida 
    «Vega» kem asida 1878— 1879- yillari Shimoliy dengiz 
    yo'lidan birinchi m arta g'arbdan sharqqa suzib o'tdi. 
    F.Nansen «Fram» kemasida 1895— 1896- yillari M arkaziy 
    A rktikada chuqur havzani ochdi. Okean suvlarining fizik 
    xossalari adm iral S.O.Makarov tomonidan «Vityaz» ke­
    m asida atroflicha o'rganildi. X IX asr oxirida to'plangan 
    m a’lum otlar asosida turli xil chuqurlikdagi harorat va 
    zichlikning taqsim lanish xaritasi, okean suvlari harakati 
    chizm asi va okean tubi relyefi xaritasi tuzildi.
    XX asrning birinchi 10-yilliklarida A rktikaga qator 
    ekspeditsiyalar uyushtirildi. U lar asosan Shimoliy dengiz 
    yo'lida suzish sharoitlarini o'rganishdi. 1921- yili suzib 
    yuruvchi dengiz ilm iy tadqiqot instituti tashkil qilindi. 
    1928- yilda Xalqaro gidrografik byuro uni mustaqil 
    okean deb e ’lon qildi. Bunga sabab XX asr boshlarida 
    u A tlantika okeani tarkibiga kiritilgan edi. 1997- yili 
    «Shimoliy qutb» suzib yuruvchi stansiyasi tashkil qilindi 
    va okean tabiatini har taraflam a chuqur o'rganishga 
    kirishildi (AQSh, Rossiya, Kanada).

    Download 8,32 Mb.
    1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   189




    Download 8,32 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    01 iy o'quvyurllariga kiruvchilar, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari hamda umumiy

    Download 8,32 Mb.
    Pdf ko'rish