suvlari ta’sirida chuchuklashadi. Iliq oqim lar kiradigan
joylarda plankton yaxshi rivojlanadi.
Shimoliy Yevropa havzasi, Barens va Oq dengiz
organizm larga boy. Baliqlarning 150 dan ortiq turi mavjud.
Ovlanadigan baliqlardan seld, treska, losossimonlar,
kam bala va boshqalar uchraydi.
Sutem izuvchilardan oq ayiq, beluxa, tulen, m orjlar
yashaydi. Q irg’oqlarda «qushlar bozori» mavjud.
A rktika yoki Shimoliy qutbiy m intaqa o'ziga xos tabiiy
akva kompleks hisoblanadi.
Uning chegarasi shelfning
chegarasiga mos keladi. M azkur m intaqa okeanning eng
chuqur va iqlimi nihoyatda qattiq qismidir.
XV. M A TER IK LA R TABIIY GEOGRAFIYASI
H ar bir m aterik yoki uning ayrim qism larini o'rganish,
uning geografik joylanishini aniqlashdan boshlanadi.
G eografik joylanishi deb,
Yer yuzasidagi ayrim
nuqtaning yoki joyning shu nuqta yoki obyektga nis
batan o'rniga aytiladi. M asalan, Avstraliya Janubiy
yarim shardagi Osiyoning janubi-sharqiy qism ida, Hind
okeanining
sharqida, Tinch okeanning janubi-g'arbida
joylashgan.
H ar bir m aterikning
matematik-geografik
o'rni ham
bo'ladi. M atem atik-geografik joylanish deb m aterik
yoki uning ayrim qism ini ekvatorga va bosh m eridianga
nisbatan joylashishiga aytiladi.
Bunday holda har bir
m aterik qaysi kenglik va uzunlik oralig'ida joylashganligi
95
aniqlanadi. Buning uchun m aterikning chekka nuqtalari-
ning geografik koordinatalari, ya’ni kengligi va uzunligi
aniqlanadi.
Materiklarning tabiiy-geografikjoylanishi
(o’rni) deb
uni boshqa m ateriklar va okeanlarga nisbatan joylashgan
o’rniga aytiladi.
H ar bir m aterik m a’lum bir tartibda o’rganiladi:
— geografik o’rni, kattaligi, qiyofasi, m aterikni o’rab
turgan okeanlar,
dengizlar, orollar va yarim orollari,
tekshirilish tarixi;
— asosiy relyef shakllari, foydali qazilm alari;
— iqlim hosil qiluvchi omillar,
yoz va qish iqlimi,
iqlim m intaqalari;
— ichki suvlari: daryolari, ko’llari, m uzliklar, yerosti
suvlari;
— tabiat zonalari. H ar bir tabiat zonasida tarqalgan
tuproq, o’sim lik va hayvonot dunyosi. Qo’riqxonalari.