A frikani G ‘arbiy va Sharqiy yarim sharlarga bo‘lib yubor-
gan. G 'arbiy yarim sharga A frikaning shim oliy qism ining
bir bo'lagi kiradi. M aterikning katta qism i sharqda
joylashgan, chunki bu qism ida A frika g'arbdan
sharqqa
katta masofaga cho'zilgan.
A frikaning shimoliy qismi keng (7500 km), janubiy
qismi esa tor (3000 km). Shuning uchun A frikaning katta
qismi Shimoliy yarim sharda joylashgan.
A frikani A tlantika va Hind okeanlari o'rab turadi.
A tlantika okeani m aterikni g'arb
va shimol tomondan
yuvib turadi. A frikani shim oldan O 'rta dengiz, sharq
tomondan esa H ind okeani o'rab turadi.
Tor (14 km) G ibraltar bo'g'ozi A frikani Yevropadan,
Qizil dengiz esa m aterikni Osiyodan ajratib turadi.
X IX asrga qadar Osiyo Suvaysh bo'yni
orqali A frika
bilan tutashgan edi, 1869-yili
Suvaysh kanalining ishga
tushirilishi munosabati bilan m aterik Osiyodan ajralib
qolgan.
A frika qirg'oqlari boshqa m ateriklarga qaraganda kam
parchalangan. Shuning uchun uning atrofida qo'ltiqlar va
yarim orollar kam. Eng yirik qo'ltiqlari Gvineya, Sidra,
Adan hisoblanadi. M uhim bo'g'ozlari Gibraltar,
Bob-el-
Mandob va dunyodagi eng uzun M ozam bik bo'g'ozi.
A frika m aterigi dastlabki qo'lyozm alarda Liviya nomi
bilan atalgan. «A frika» so'zi m aterikning shim oli-g'arbiy
qism ida yashagan berberlarning «Afrigiya» qabilasining
nom idan kelib chiqqan degan farazlar mavjud.