• Shimoliy va janubiy tropik mintaqalar.
  • 15.4. Ichki suvlari 1. Daryolari.
  • 01 iy o'quvyurllariga kiruvchilar, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari hamda umumiy




    Download 8,32 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet52/189
    Sana16.12.2023
    Hajmi8,32 Mb.
    #120491
    1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   189
    Bog'liq
    zsnu70eei3bIZoN8cMUU (1)

    2. 
    Iqlim mintaqalari. 
    A frikada ekvatorial, subek­
    vatorial, tropik va subtropik iqlim lar shakllangan.
    Ekvatorial iqlim mintaqasi 
    Gvineya sohili va 
    Kongo botig'ini o 'z ichiga oladi. Yil bo'yi ekvatorial havo 
    m assalari hukm ron, harorat va nam lik doimo yuqori, 
    yom g'ir yil bo'yi bir tekis yog'adi.
    Shimoliy va janubiy subekvatorial m intaqalar ekva­
    torial m intaqani ham m a tomondan o'rab turadi. Yozda 
    ekvatorial havo m assalari kirib keladi va yog'ingarchilik
    102


    ko‘p bo'lishiga sabab bo'ladi. Qishda tropik havo m assa­
    lari kirib keladi, shuning uchun qish quruq va yog'insiz 
    bo'ladi.
    Shimoliy va janubiy tropik mintaqalar. 
    Passat 
    iqlim hukmron. M azkur iqlim mintaqasi Sahroyi Kabir, 
    K alaxari va Nam ib cho'llarini o'z ichiga oladi. Havoning 
    pastlam a harakatlari hukm ron bo'lganligi tufayli harorat 
    yuqori, yog'inlar kam. Yil davomida quruq va issiq tropik 
    havo m assalari hukm ron. M aterikning sharqiy qirg'oqlari 
    bo'ylab tropik dengiz iqlimi shakllangan, yog'inlar asosan 
    yozda yog'adi.
    Shimoliy va janubiy subtropik iqlim m intaqalari Atlas 
    tog'larini, O 'rta dengiz qirg'oqlarini va Janubi-g'arbiy 
    A frikani o'z ichiga oladi. Yozda tropik havo massalari
    qishda esa m o'tadil havo m assalari hukmron. Bu yerda 
    iqlim ning O 'rta dengiz va musson turi ajratiladi. O 'rta 
    dengiz turidagi iqlim ning yozi issiq, yog'insiz, qish 
    yum shoq va yom g'irli bo'ladi. Subtropik musson iqlimda 
    yog'inlar, asosan, yozda yog'adi.
    15.4. Ichki suvlari
    1. 
    Daryolari. 
    A frika daryolarining deyarli hammasi 
    yom g'ir suvlaridan to'yinadi. Ekvatorial m intaqada joy- 
    lashgan daryolar yil bo'yi to'lib oqadi. Subekvatorial 
    m intaqadagi daryolar yozda toshadi.
    Suvi biron-bir okeanga va joyga oqib ketadigan hudud 
    shu okean yoki 
    jo y havzasi
    deb ataladi. A frika daryolari
    103


    uchta havzaga borib quyiladi: A tlantika okeani, Hind 
    okeani va ichki yoki berk havza.
    A frika daryolarining katta qismi A tlantika okeani 
    havzasiga mansub, Nil, Niger, Kongo, Senegal, Oraj va 
    boshqa daryolar A tlantika okeaniga quyiladi.
    H ind okeani havzasiga A frikaning sharqiy qismida 
    joylashgan Zambezi, Limpopo va boshqa daryolar 
    quyiladi.
    A frika daryolarining deyarli 1/3 qismi ichki berk 
    havzada joylashgan.
    Nil dunyodagi eng uzun (6671 km) daryodir. U 
    Sharqiy A frika yassi tog‘ligidan boshlanib, V iktoriya 
    ko‘li orqali oqib o'tadi. Nil yuqori oqimida tog' daryosi, 
    tog'lardan chiqqandan so'ng tekislik daryosiga aylanadi. 
    N il daryosining asosiy manbayi hisoblangan Kagera 
    daryosi Viktoriya ko'liga quyiladi. So'ngra Nil Kyuga, 
    Eduard va M abutu-Sese-Soka ko'llarining suvlarini 
    oladi va Oq Nil nomi bilan Sudan tekisligiga chiqadi. 
    Bu yerda daryo tarm oqlanib ketadi, vodiy kengayadi, 
    botqoqlashadi. Vodiyda qam ishzorlar va papiruslar 
    ko‘p o‘sadi. Oq Nil X artum yonida loyqa Ko‘k Nil bilan 
    qo'shiladi va shim olga qarab oqadi. Qohira yonida Nil 
    ju d a katta delta hosil qiladi. Deltaning maydoni Qrim 
    yarim oroli maydoniga teng.
    Buyuk vatandoshim iz Al-Farg‘oniy (IX asr) Nil 
    daryosi suv sathini o‘lchaydigan nilom etrni kash f etgan. 
    Olim yasagan qurilm a hozirgacha saqlanib qolgan.
    104


    Kongo (Zair) A frikaning eng sersuv daryosi 
    hisoblanadi. Uning uzunligi 4320 km ga teng. Uning 
    manbayi Lualaba daryosi hisoblanadi. Kongo ekvatorni 
    ikki m arta kesib o‘tadi. Uning suv oqimi N ilnikidan 15 
    m arta ko‘p. Juda ko‘p ostonalar va sharsharalar mavjud. 
    Kongo daryosi delta hosil qilmagan: uning vodiysi 
    Atlantika okeani suvostida ham davom etadi.
    Niger daryosi sersuvligi va uzunligi jihatdan A frikada 
    uchinchi o‘rinda turadi. Asosan, yomg‘irdan to‘yinadi, 
    ostona va sharshalari ko‘p.
    Zam bezi daryosi H ind okeaniga quyiladi. M ashhur 
    Viktoriya sharsharasi shu daryoda joylashgan. Bu yerda 
    daryoning kengligi 1900 m bo'lib, 120 m balandlikdan 
    tor jarlikka oqib tushadi. Zambezi daryosi yoz oylarida 
    toshadi, qishda suvi keskin kamayadi.

    Download 8,32 Mb.
    1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   189




    Download 8,32 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    01 iy o'quvyurllariga kiruvchilar, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari hamda umumiy

    Download 8,32 Mb.
    Pdf ko'rish