janubiy qirg‘og‘i bo'ylab suzdi va Tasman orolini ochdi.
Gollandlar Avstraliyani «Yangi Gollandiya»
deb atay
boshlashdi. U lar Avstraliyaning shimoliy, g'arbiy va
janubiy qism larini kashf qilishdi va tekshirishdi.
J. K uk boshchiligidagi ingliz dengizchilari 1770-
yili m aterikning sharqiy qirg'oqlarini kashf etdilar va
m aterikni alohida quruqlik ekanini ispotladilar. J. Kuk
Avstraliyani «Yangi Janubiy Uells» deb atadi.
Faqat
XIX asrdan boshlab m aterik Avstraliya (lotincha
janub
m a’nosini anglatadi) deb atala boshladi. X IX asr davom ida
Avstraliyaning ichki qism larining tabiiy sharoiti qator
olim lar va sayyohlar tomonidan o'rganildi.
X V III asr
oxiridan Avstraliyani o'zlashtirish boshlandi. Dastlab
Sidney shahri qurildi. M aterikning ichki qism larida
ulkan yaylovlarning ochilishi bilan X IX asrning 20-
yillaridan boshlab Avstraliyada qo'ychilik
tez suratlar
bilan rivojlana boshladi, X IX asrning ikkinchi yarm ida
oltin konlarining ochilishi bilan sanoat rivojlana boshladi.
10 yil davom ida m aterik aholisi 400 m ing kishidan 1,2
m ln kishiga yetdi. Shu davrdan boshlab B uyuk Britaniya
Avstraliyani o'z m ustam lakasi deb e ’lon qildi.
17.1. Relyefi va foydali qazilm alari
1.
Relyefi. Yer yuzasining tuzilishi oddiy. A frikaga
o'xshab bitta platform a asosida joylashgan. Uning o'rtacha
balandligi 350 m. Eng baland nuqtasi K ossyushko tog'i
2228 m, eng past nuqtasi Eyr ko'li, sathi — 12— 16 m.
113
Avstraliya yer yuzasining tuzilishiga ko‘ra 3
qismga
bo'linadi; g'arbiy plato, M arkaziy pasttekislik va Sharqiy
Avstraliya tog'lari.
G 'arbiy
plato
juda
katta joylarni
egallaydi,
platform aning bukilgan qism ida joylashgan, o'rtacha
balandligi 300— 500 m, sharqiy qism ida yassi tog'lar
joylashgan, ularning balandligi 1515 m ga boradi.
M arkaziy pasttekislik m aterikning
eng past va eng
yassi qismi hisoblanadi. Bu yerda qum bilan qoplangan
tekisliklar bir necha yuz kilom etrlarga cho'zilib ketadi.
Faqat shimolda va janubda qoldiq tog'lar uchrab turadi.
M azkur hududlar
markaziy havza
deb ataladi.
Sharqiy Avstraliya tog'lari yoki Katta Suvayirg'ich
tizmasi m aterikning sharqiy chekkasida joylashgan.
Tog'ning markaziy qismi keng, bu yerda uning o'rtacha
balandligi 800 ming m ni tashkil qiladi.
K atta Suvayirg'ich tizm asining
eng baland qismi
Avstraliya Alpidir. M azkur tog'ning o'rtacha balandligi
2000 m atrofida. Bu yerda Avstraliyaning eng baland
cho'qqilari bo'lgan Bokong (2000 m) va Kossyushko
joylashgan.
K atta Suvayirg'ich tizm asining sharqiy yonbag'irlari
tik, g'arbiy yonbag'irlari esa qiya, asta-sekin do'ngsim on
tog' oldiga o'tib boradi. Bunday relyef shakli Avstraliyada
Dounslar deb ataladi.
Sharqiy Avstraliyaning qirg'oqlarida
tor tekislik
joylashgan. Tekislikning tabiiy sharoiti qulay bo'lganligi
uchun to'la o'zlashtirilgan.
114