01 iy o'quvyurllariga kiruvchilar, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari hamda umumiy




Download 8,32 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/189
Sana16.12.2023
Hajmi8,32 Mb.
#120491
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   189
Bog'liq
zsnu70eei3bIZoN8cMUU (1)

2. 
Ichki suvlari. 
Avstraliya tropik kengliklarda joy­
lashganligi uchun yerusti suvlari yaxshi rivojlanmagan. 
M aterikning 60%i berk, ichki oqim havzasiga tegishli. 
Avstraliya ichki oqim havzasi maydoni nisbati bo'yicha 
dunyoda 1- o'rinda turadi.
117


Avstraliyaning ichki suvlari quyidagi tarkibiy qism- 
dan iborat: 
vaqtincha oqar suvlar
(kriklar); 
doimiy 
daryolar; ko'llar \ayerosli suvlari.
Vaqtincha oqar suvlar (kriklar) m aterik maydonining 
60% ini tashkil qiladi va ichki berk havzaga tegishli. 
Bunday daryolar m arkaziy havzada keng tarqalgan. Ular 
yozda qurib qoladigan daryolarga quyiladi. Daryolar 
yom g‘ir faslidasuvga to'lib oqadi, yom g'irsiz davrda qurub 
qoladi. Bunday daryolar k r ik la r deb ataladi. U larning 
y iriklari quyidagilardir: Kupper-Krik, Yandama-Krik, 
Doyam antana va h.k.
Doimiy oqimga ega bo'lgan daryolar m aterikning 
chekka qism idagi daryolar bo'lib, H ind va Tinch okeaniga 
quyiladi.
Avstraliyada ikkita y irik daryo mavjud: M urrey 
va Darling. M urrey daryosi Avstraliya Alp tog'laridan 
boshlanadi va m aterikning eng sersuv daryosi hisoblanadi, 
yom g'irdan to'yinadi, uzunligi 1632 km. U lkan tekis- 
liklardan oqib o'tadi, shuning uchun suvini katta qis­
m ini bug'lanishga sarflaydi. Darling Avstraliyaning 
eng uzun daryosi (2450 km), M urrey daryosining ir- 
m og'i hisoblanadi, qurg'oqchil yillari M urreyga yetib 
bormaydi.
K o'llar Avstraliyada ju d a ko'p, am m o ularning asosiy 
qism i yilning issiq davrida qurib qoladi. M aterikning eng 
katta ko'li hisoblangan Eyr issiq davrda 1 m qalinlikdagi 
tuz bilan qoplanadi, yom g'irli davrda esa 1500 km 2 ga
118


toshib ketadi. Eyrdan tashqari yana quyidagi ko'llar 
mavjud: Fromm, Blang, Gregori va boshqalar.
M aterik yerosti suvlariga boy. G 'arbiy platoda, 
M arkaziy tekislikda A rtezian havzalar m aterik maydo­
nining 1/3 qism ini egallaydi, ularning chuqurligi 100 m 
dan 2100 m gacha.

Download 8,32 Mb.
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   189




Download 8,32 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



01 iy o'quvyurllariga kiruvchilar, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari hamda umumiy

Download 8,32 Mb.
Pdf ko'rish