nisbatan iliqroq. Ekvator atrofida yog'in miqdori 2000
mm atrofida. Yuqori kengliklarda sovuq oqimlar ta’sirida
Kamchatka yarim oroli va Kuril orollari
atrofida havo va
suv harorati pasayadi. Suvning yillik o'rtacha harorati
tropik va ekvatorial kengliklarda 25°dan 29° gacha, okean
ustiga yog'adigan yog'inlar okean suvlari sho'rligini
pasaytirib turadi. Okean suvlarining eng yuqori sho'rligi
( 3 5 ,5 % o )
tropik kengliklarda kuzatiladi.
Okeanda muz hosil bo'lishi A ntarktika atroflarida
kuzatiladi, Shimoliy yarim sharda
esa m uzlar Bering,
Oxota va qism an Yapon dengizida hosil bo'ladi. Janubiy
yarim sharda aysberglar 45°j.k. ga,
shimoliy yarim sharda
esa 4 8-42° sh.k. ga yetib keladi.
Oqimlar, asosan, doimiy shamollar ta’sirida hosil
bo'ladi ham da shim oliy va janubiy Tinch okean halqasini
hosil qiladi.