XI. DUNYO OKEANI
Rus olim i Y.M. Shokalskiy «Dunyo okeani» atamasini
birinchi bo‘lib 1917-yilda qo‘lladi va fanga tatbiq etdi. Yer
sharining bir-biriga tutashib ketgan suv qobig'i
Dunyo
okeani
deyiladi. Okean, dengiz, qo‘ltiq, bo‘g‘oz!ar dunyo
okeanini tashkil etuvchi qismlardir. Dunyo okeani Yer
sharining 361 m ln.km 2 maydonini egallaydi. U larning
eng kattasi Tinch okeanidir.
11.1. Tinch okeani
1.
Asosiy xususiyatlari.
Tinch okeani maydoniga
ko'ra eng katta okean bo'lib, Yer yuzasining 1/3 qismini
tashkil qiladi. Okean botig'i eng qadimgi hisoblanadi va
bitta litosfera plitasida joylashgan. Okeanning Yer po'sti
harakatchan shelf zonasi ju d a kam maydonni egallaydi.
Orollari eng ko'p okean, unda 10 m ingdan ortiq orollar
mavjud. Eng chuqur okean va chuqur botiqlari juda ko'p.
Jahondagi 35 ta chuqur cho'km alardan 25 tasi ham da
dunyo okeanining eng chuqur cho'km asi bo'lgan M ariana
cho'km asi (11022 m) shu okeanda joylashgan. Dunyo-
dagi chuqurligi 10 km dan ortiq bo'lgan 4 cho'km a-
ning ham m asi va eng uzun (Aleut cho'km asi, uzunligi
3570 km) cho'km a ham shu okeanda joylashgan. Tabiiy
sharoiti xilm a-xil va eng iliq okean (yuza suvlari harorati
bo'yicha).