— biologik aylanm a
harakat geografik qobiqning
hayotida ju d a katta aham iyatga ega.
Geografik qobiqning rivojlanish qonuniyatlari.
G eografik qobiqning tuzulishi va rivojlanishidagi
qonuniyatlar um um iy
qonuniyatlar hisoblanadi, ularga
bir butunlik, ritm iylik, zonallik qonuniyatlari kiradi.
G eografik qobiqning
bir butunligi m odda va
energiyaning to'xtovsiz aylanm a harakati ham da alma-
shinishi sababli mavjuddir. O 'ziga
xos rivojlanadigan
tabiat tarkibiga boshqa tarkiblar ta’sir ko'rsatadi va, o'z
navbatida, u ham boshqa tarkiblarga ta’sir ko'rsatadi.
G eografik qobiq barcha tarkiblarining m oddalarni
aylanm a harakati orqali am alga oshadigan o'zaro ta’siri
va bir-biriga aralashishi ularni bir butun qilib bog'laydi.