Tuproq. Tuproq m urakkab tabiiy hosila bo'lib,
tirik va nobud bo'lgan organizm (o'simlik, hayvon va
m ikroorganizm jlar quyosh issiqligi va yog'in ta’sirida
tog' jinslarining o'zgarishi natijasida paydo bo'ladi.
Tuproqning hosildor bo'lishi tog' jinslarining nurashidan
boshlanadi. Nurash natijasida tuproq hosil qiluvchi ona
jins hosil bo'ladi. Ona jins tirik organizm lar va iqlim
ta’sirida o'zgarib, tuproqqa aylana boshlaydi. O 'sim liklar
tuproqni organik m oddalar bilan boyitadi. Daraxtlardan
to'kilgan barglar, po'stloq va shox-shabbalar ham da
nobud bo'lgan o't-o'sim liklar va ularning ildizlari tuproq
organik qism ining shakllanishidagi m anba bo'lib hisob
lanadi. M ikroorganizm lar (zam burug'lar, bakteriyalar),
o'sim lik va hayvon qoldiqlarini parchalaydi ham da ularni
yangi moddaga, chirindiga aylantiradi. Tuproqning
paydo bo'lish jarayonida chuvalchanglar, yer qaziydigan
hayvonlar organik m oddalarni yum shatadi, ularni
qism lar bilan aralashtiradi. M ikroorganizm lar faoliyati
va suvning erituvchanligi ta’sirida tuproqdagi kimyoviy
elementlar (N, P, Fe, Ca va boshqalar) o'sim liklar
o'zlashtira oladigan turli eritm alar hosil qiladi. Iqlim
ham tuproq hosil bo'lishida katta o'rin tutadi. N am lik
koeffitsiyenti 1< bo'lganda o't-o'sim liklardan chirindi
kam hosil bo'ladi, lekin erim agan tuzlar ko'p to'planadi.
N am lik koeffitsiyenti >1 bo'lganda iqlim salqin va
41
sernam bo'ladi. Tuzlarning eritm alari tuproqning ust-
ki qatlam laridan quyi qatlam lariga yuvilib tushadi.
D ashtlarda chirindi ko'p to'planadi, chunki bu yerlarda
tuproq kalsiyga boy, bu esa chirindining tuproq quyi
qatlam lariga yuvilib tushishini qiyinlashtiradi. Relyef
ham tuproq hosil bo'lishiga ta’sir qiladi. N am lik serob
bo'lgan pastqam joylarda botqoq tuproqlar hosil bo'ladi.
Tuproqning eng muhim xususiyati hosildorligidir.
Hosildorlik
(unum dorlik)—
tuproqning
ekinlardan
yuqori hosil olishni ta’minlaydigan xususiyatidir.
H osildorlikning asosi chirindi (gumus) hisoblanadi.
Chirindisi ko'p bo'lgan tuproqlardagi hosildorlik juda
yuqori bo'ladi. Qora tuproqlarda 4-15% , sur-o'rm on
tuproqlarida 2 ,5 -9 % , podzol tuproqlarida 1-4% chirindi
bor. Tuproqlarning m ineral (anorganik) qismi uning
mexanik tarkibi deb ataladi. M exanik tarkibiga ko'ra
gilli, qumoq, qum li, toshli (g'o'la tosh), shag'alli, chag'ir
toshli tuproqlarga bo'linadi. Tuproq tarkibidagi kalsiy —
tuproq bir-biri bilan mayda kesakchalar shaklida
yopishgan bo'ladi. Tuproqning eng yaxshi strukturasi
donador struktura hisoblanadi (chirindi va kalsiyga boy
qora tuproqlar ana shunday strukturaga ega). Struk-
turalar kesaksim on va yong'oqsim on bo'ladi. Biron-bir
strukturaga ega bo'lgan tuproq
strukturali tuproq deb
ataladi. Strukturali tuproqlar unum dor bo'ladi: unda
o'sim likning o'sishi uchun suv va rejimi qulay bo'ladi.
Changsim on tuproq
strukturasiz tuproq deyiladi. U lar
kam unum bo'ladi. Strukturali tuproqda donachalar
orasida mayda va y irik teshikchalar bo'ladi.
42
Tuproq suv havzalariga intilayotgan suvlar tarkibidagi
zararli birikm alarning anchagina qism ini yo‘lda ushlab
qoladi. Tuproqlar havodan karbonat angidridni tutib olib,
erkin kislorodning hosil bo‘lishiga yordam beradi.