1- Amaliy mashg’ulot
Mantiqiy elementlar yordamida hisoblash amallarini bajarish
Mikroprotsessor
- bu funksional tugallangan, programma orqali
boshqariladigan regestrlardan iborat elektron qurilma. MP quyidagi asosiy
bloklarni o’z ichiga oladi:
—
ALQ - arifmetik - logik qurilma;
—
BQ - boshqaruvchi qurilma;
—
Ichki registrlar;
—
Interfeys (qiymatlar shinasi).
ALQ odat bo’yicha, tez ishlovchi ko’chirish registrlari asosida tuzilgan
ikkilik kodlarini jamg’aruvchisidan tashkil topgan. Registrlar operandlarni
vaqtincha saqlash va surish uchun ham ishlatiladi. Bu qurilma ushbu amallarni
bajaradi: qo’shish, ayirish, ko’chirish, mantiqiy "VA", mantiqiy "YOKI".
ALQ amallarining belgilari hamda MPning holati holat registrini tashkil
etuvchi mahsus triggerlarda saqlanadi.
ALQda ikkita kirish va chiqish portlari bor. “Kirish” porti ALQga berilgan
so’zni (qiymatni) kiritish uchun kerak. "CHiqish" porti esa shunday berilgan so’zni
chiqarish uchun kerak.
Shunga o’xshash mantiqiy sxemalar bitta yoki bir nechta kirish portlariga va
bittagina chiqish portiga ega bo’ladi. Ikkala kirish porti buferlar bilan
ta’minlangan, ularning o’rnini qiymatlarni (berilganlarni) vaqtincha saqlovchi
buferli registrlar bajaradi. Har bir port o’zining buferli registri bilan bog’langan.
Buferli registrlar ALQ uchun bitta berilgan so’zni saqlash kobilyatiga ega.
“VA” mantiqiy ko’paytirish, “Konyunksiya” elementi
1.1-rasm
X va Y kirishlariga bir vaqtda “1” signali berilsa (ya’ni ulagichlar bir vaqtda
ulansa), Z chiqishda “1” signali hosil bo’ladi (ya’ni lampa yorishadi). Kirishlardan
birontasiga yoki bir vaqtda ikkalasiga “0” signali berilsa (ya’ni ulagichlardan biri yoki
bir vaqtning o’zida ikkalasi ulanmagan holda bo’lsa), chiqishda “0” signali hosil
bo’ladi (ya’ni lampa o’chgan holda bo’ladi).
“
VA
” elementi mantiqiy funksiyasi sifatida
Z= X&Y
, hamda
Z=X Y
yoki
Z
= X^Y
ko’rinishlardan birrtasini tasvirlanishi mumkin.
“VA” mantiqiy ko’paytirish, “Konyuksiya” elementi
1.2-rasm
X va Y kirishlar bir vaqtda “0” signali berilsa (ya’ni ulagichlar bir vaqtda
ulanmagan bo’lsa), Z chiqishda “0” signali hosil bo’ladi (ya’ni lampa o’chiq holda
bo’ladi). Kirishlardan birortasiga yoki bir vaqtda ikkalasiga “1” signali berilsa (ya’ni
ulagichlardan biri yoki bir vaqtda ikkalasi ulansa), chiqishda “1” signali hosil bo’ladi
(ya’ni lampa yorishadi).
“YOKI” elementi mantiqiy funksiyasi
Z=X+Y
hamda
Z=
XvY
ko’rinishlarda tasvirlanadi.
“INKOR”
mantiqiy inkor qilish
(“EMAS”)
elementi
1.3-rasm
“
INKOR
” elementining chiqishidagi son uning kirishidagi songa nisbatan
teskari kodga ega bo’ladi.
“INKOR”
elementi mantiqiy funksiyasi
X
Y
ko’rinishda
tasvirlanadi
“VA-INKOR” – mantiqiy ko’paytirishning inkor elementi
1.4-rasm
X va Y kirishlarga bir vaqtda “1” signali berilsa, Z chiqishda “0” signali hosil
bo’ladi. Kirishlardan birortasiga yoki bir vaqtda ikkalasiga “0” signali berilsa,
chiqishda “1” signali hosil bo’ladi.
“YOKI - INKOR” - mantiqiy qo’shishning inkor elementi
1.5-rasm
X va Y lar bir vaqtda “0” signali berilsa, Z chiqishda “1” signali hosil bo’ladi.
Kirishlardan birortasiga yoki bir vaqtning o’zida ikkalasiga “1” signali berilsa,
chiqshda “0” signali hosil bo’ladi.
Nazorat savollari
1.
Mikroprotsesssorlar deb nima aytiladi?
2.
Mikroprotsessorning asosiy qurilmalari qaysilar?
3.
Mantiqiy “VA” elementi haqida ma’lumot bering
4.
Mantiqiy “YOKI” elementi haqida ma’lumot bering
|