• Usui
  • I.Tashkiliy qism
  • Mavzu: Paskalda ekranni grafik holatga otkazish (40- dars.)
  • Darsning talimiy vazifasi
  • Uslub
  • Nazorat
  • Uslub: Ma'ruza va amaliyotning uyg'unligi. Shakl




    Download 1,92 Mb.
    bet94/145
    Sana14.02.2024
    Hajmi1,92 Mb.
    #156614
    1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   145
    Bog'liq
    1- dars. Mavzu Masalalarni kompyuterda yechish bosqichlari Dars

    Uslub: Ma'ruza va amaliyotning uyg'unligi.
    Shakl: Savol-javob. Jamoa va kichik guruhlarda ish­lash.
    Vosita:Elektron resurslar, darslik, plakatlar, tarqatma materiallar.
    Usui: Tayyor prezentatsiya materiallari asosida.
    Nazorat: Og'zaki, savol-javob, muhokama, kuzatish.
    Baholash: Rag'batlantirish, 5 ballik reyting tizimi aso­sida.

    Kutiladigan natijalar

    O'quvchilarning kompyuter imkoniyatlari to'g'risidagi bilim va ko'nikmalari rivojlanadi. Ularda Paskal das turlash tilida Belgili va satrli miqdorlar bilan ishlash malakasi shakllanadi.

    Kelgusi rejalar (tahlil, o'zgarishlar)

    O'qituvchi o'z faoliyatining tahlili asosida yoki ham- kasblarining dars tahlili asosida keyingi darslariga o'zgartirishlar kiritadi va rejalashtiradi.

    Darsning borishi va vaqt taqsimoti






    Dars bosqichlari

    Vaqt

    1

    Tashkiliy qism

    3 daqiqa

    2

    O'tilganlarni takrorlash

    7 daqiqa

    3

    Masalalar yechish

    14 daqiqa

    4

    Kompyuterga kiritish va natija olish

    13 daqiqa

    5

    Uyga vazifa.Baholash.

    3 daqiqa



    I.Tashkiliy qism: Salomlashish, navbatchi axboroti, fan yangiliklari bilan tanishish, kompyuterlarni ishchi holatida ekanligini aniqlash.
    II. O`tilgan mavzuni so`rash.
    1.Concat funksiyasining vazifasi nimadan iborat? Misollar keltiring.
    2.Concat funksiyasining o'rniga boshqa amaldan foydalanish mumkinmi?
    3.Qaysi funksiya satr uzunligini aniqlaydi? Misollar keltiring.
    4.Pos funksiyasi qanday vazifani bajaradi?
    5.Pos funksiyasining qiymati qachon nolga teng bo'ladi? Misollar keltiring.
    6.Copy funksiyasi nima uchun qo'llaniladi?
    7.Copy funksiyasining qiymati sonli bo'lishi mumkinmi? Misollar keltiring.
    8.Paskalda berilgan satrning qismini о 'chiradigan qanday protsedura bor?
    9.Paskalda ixtiyoriy belgili yoki satrli miqdorni sonli miqdorga o'tkazib bo'ladimi? Javobingizjii izohlang.
    10.Ord va Chr funksiyalarining vazifasini aytib bering
    11.Satrli o'zgaruvchilarning «massiv xususiyati» nimani anglatadi?


    1.Berilgan so'zning belgilari orasiga bittadan probel qo'shib chiquvchi dastur tuzing.
    Program m1;
    Uses crt;
    Var a : string;
    I: integer;
    Begin
    Clrscr;
    Write(‘suz kiriting=’)’
    Readln(a);
    For i:=1 to length(a)-1 do
    Begin
    Write(a[i], ‘ ’);
    Writeln(a[i+1]);
    Readln;
    End;
    End.


    2.S satr berilgan. Undagi «b» harflari sonini aniqlovchi dastur tuzing.
    Program m2;
    Uses crt;
    Var S: string;
    D,i: integer;
    Begin
    Clrscr;
    Write('suz kiriting=');
    Readln(S);
    For i:=1 to length(S) do
    Begin
    D:=0;
    If (S[i]='b') or (S[i]='B') then
    D:=d+i;
    Writeln ('d=',d);
    End;
    End.


    3.A[1..N] satrli massiv berilgan. Massiv elementlari ichidan «т» harfdan boshlanadiganlarini ekranga chiqaruvchi dastur tuzing.
    4*. S satr faqat raqamlardan iborat. Satrdagi raqamlardan eng katta
    sonni hosil qiladigan dastur tuzing.



    5*. A satrdagi belgilarni faqat o'rnini almashtirib В satrni hosil qilish
    mumkin yoki yo'qligini aniqlovchi dastur tuzing.



    Uyga vazifa:
    1.Darslikdagi 3- mashqni dasturini tuzish.
    2.Test tuzish (5 ta va undan ortiq)

    Sana :_____________


    Sinf :______________
    Mavzu: Paskalda ekranni grafik holatga o'tkazish (40- dars.)
    Darsning texnologik xaritasi

    Mavzu

    Paskalda ekranni grafik holatga o'tkazish

    Maqsad
    va


    vazifalar

    Darsning maqsadi: O'quvchilarga Paskalda ekranni grafik holatga o'tkazish operatori yordamida dastur tuzish texnologiyasini o'rgatish.
    Darsning ta'limiy vazifasi: o'quvchilarda Paskal dasturlash tilida Paskalda ekranni grafik holatga o'tkazish yordamida dasturlar tuzish ko'nikmasini shakllantirish.
    Darsning tarbiyaviy vazifasi: o'quvchilarda daqqatini maqsadli yo'naltirish xususiyatlarini shakllantirish.
    Darsning rivojlantiruvchi vazifasi: o'quvchilarda kompyuterdan samarali foydalanish tuyg'ularani shakl­lantirish.

    O'quv
    jarayonining mazmuni

    Graph (graf) moduli. Uses Graph ko’rsatmasi. InitGtaph(GD,GM) protsedurasi. CloseGraph protsedurasi va uning asosiyt vazifasi. PutPixe(X,Y,Rang) protsedurasi, GetPixel(X,Y)
    Funksiyasi hamda GetMaxX va GetMax y funksiyalarining vazifalari ishlatilishi.

    O'quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi

    Uslub: Ma'ruza va amaliyotning uyg'unlig i.
    Shakl: Savol-javob. Jamoa va kichik guruhlarda ish­lash.
    Vosita: Elektron resurslar, darslik, plakatlar, tarqatma materiallar.
    Usui: Tayyor prezentatsiya materiallari asosida.
    Nazorat: Og'zaki, savol-javob, muhokama, kuzatish.
    Baholash: Rag'batlantirish, 5 ballik reyting tizimi aso­sida.

    Kutiladigan natijalar

    O'quvchilarning kompyuter imkoniyatlari to'g'risidagi bilim va ko'nikmalari rivojlanadi. Ularda Graph (graf) moduli. Uses Graph ko’rsatmasi. InitGtaph(GD,GM) protsedurasi. CloseGraph protsedurasi va uning asosiyt vazifasi. PutPixe(X,Y,Rang) protsedurasi, GetPixel(X,Y) funksiyasi hamda GetMaxX va GetMax y funksiyalarining vazifalari ishlatilishi malakasi shakllanadi.

    Kelgusi rejalar (tahlil, o'zgarishlar)

    O'qituvchi o'z faoliyatining tahlili asosida yoki ham- kasblarining dars tahlili asosida keyingi darslariga o'zgartirishlar kiritadi va rejalashtiradi.

    Darsning borishi va vaqt taqsimoti








    Dars bosqichlari

    Vaqt

    1

    Tashkiliy qism

    3 daqiqa

    2

    O'tilganlarni takrorlash

    7 daqiqa

    3

    Yangi mavzu bayoni




    3

    Masalalar yechish

    14 daqiqa

    4

    Kompyuterga kiritish va natija olish

    13 daqiqa

    5

    Uyga vazifa.Baholash.

    3 daqiqa



    I.Tashkiliy qism: Salomlashish, navbatchi axboroti, fan yangiliklari bilan tanishish, kompyuterlarni ishchi holatida ekanligini aniqlash.
    II. O`tilgan mavzuni so`rash.


    III. Yangi mavzu bayoni


    Hozirgacha kompyuter ekraniga faqat matnli axborotni chiqarish bilan tanishildi. Ammo kompyuter ekranida turli rasmlar ham hosil qilish mumkin. Buning uchun Paskalning Graph (graf) modulida nuqta,
    to'g'ri chiziq, to'g'ri to'rtburchak, aylana kabi bir qancha shakUlarnichizishga mo'ljallangan operatorlar mavjud.

    Shakl chizish operatorlaridan foydalanish uchun dastur boshida Uses Graph; ko'rsatmasi beriladi. Bu ko'rsatma uning tarkibidagi operator va funksiyalardan foydalanish imkoniyatini beradi, xalos.
    Mazkur operatorlarning ishlashi uchun esa ekran grafik holatga o'tkazilishi zarur.

    Grafik holatda kompyuter ekrani mayda nuqta(piksel)lardan tashkil topadi. Grafik holatda ham matnli holatdagi kabi yurgich mavjud bo'lib, u nuqtadan iborat. Ekranda hosil bo'ladigan barcha chizmalar
    yurgichning ekranda iz qoldirib yoki iz qoldirmasdan siljishi natijasida hosil bo'ladi. Yurgichning ekranda turgan o'rni uning koordinatasibilan aniqlanadi. Koordinata boshi bo'lgan (0,0) nuqtasi ekranning
    chap yuqori burchagida joylashgan. Ekran grafikholatga o'tkazilganda yurgich koordinata boshida joylashadi. Koordinata o'qlari
    X va Ykoordinata boshidan mos ravishda o'ngga va pastga qarab yo'nalgan, ya'ni qiymatlar shu yo'nalishlarda о'sib boradi. Ekranning yurgich turgan nuqtasi joriy nuqta deyiladi. Ekrandagi nuqtalar soni ко'pi bilan 640x480 ta (0..639x0..479) bo'ladi.
    Ekranni grafik holatga o'tkazish uchun Graph modulining InitGraph(GD,GM,); protsedurasidan foydalaniladi, bu yerda GD (GraphDriver) va GM (GraphMode) — butun sonli o'zgaruvchilar. Ularning qiymati kompyuterning grafik imkoniyatlariga va tanlangan grafik holatga bog'liq. Agar GD:=0; (yoki GD:=Detect;) deb olinsa, dastur tomonidan eng samarali grafik holat avtomatik aniqlanadi. — grafik holatda ishlashni ta'minlovchi BGI kengaytmali maxsus fayl joylashgan BGI katalogi adresi bo'lib, zamonaviy kompyuterlarda EGAVGA.BGI fayli qo'llaniladi. Bu fayl joriy katalogda joylashgan bo'lsa o'rnida bo'sh satr yoziladi.
    Grafik holatdan chiqish, ya'ni matn holatiga qaytish uchun CloseGraph protsedurasidan foydalaniladi. Grafika bilan bog'liq dasturlar, asosan, quyidagi ko'rinishda bo'ladi: Uses Graph; Var Gd, Gm : Integer;
    {Grafika bilan bog'liq masalaga mos o'zgaruvchilar tavsifi } Begin
    Gd := 0; { Grafik drayverni avtomatik ravishda aniqlash } InitGraph(Gd,Gm, "); { Grafik holatga o'tish}
    {Grafika bilan bog'liq masala yechimi yoziladigan qism} Readln; CloseGraph; { Grafik holatdan chiqish } End.
    Paskal tilida 16 xil rangdan foydalanish mumkin bo'ladi. Bu ranglar 0 dan 15 gacha butun sonlar bilan kodlangan. Graph modulida har bir rang uchun maxsus o'zgarmas (konstanta) ajratilgan bo'lib, ular matn holatida ishlatiladigan ranglar bilan bir xil (ekran bilan ishlash mavzusidagi ranglar jadvaliga qarang).
    Graph modulida 80 ga yaqin protsedura va funksiyalar mavjud. Quyida ularning ba'zilari bilan tanishiladi.
    PutPixel(X,Y,Rang) protsedurasi ekranning (X,Y) koordinatali nuqtasini «Rang» parametri bilan aniqlangan rangga bo'yaydi. Masalan, PutPixel(400,200,Red) protsedurasi ekranning (400,200) koordinatasiga mos joyda qizil rangli nuqta joylashtiradi (86-betdagi rasmga qarang).
    GetPixel(X,Y) funksiyasi ekranning (X,Y) koordinatali nuqtasi qanday rangda ekanni aniqlaydi. Masalan, Rang — butun tipli o'zga­ruvchi bo'lsa, Rang:= GetPixel(40,50); operatori bajarilgach Rang o'zgaruvchi (40,50) koordinatali nuqta rangining qiymatiga teng bo'ladi.
    GetMaxX va GetMaxY funksiyalari mos ravishda ekranning go- rizontal va vertikal yo'nalishi bo'yicha maksimal koordinatasini aniq laydi. Bu funksiyalar kompyuterning grafik adapteri va ishlatiladigan
    grafik holatga bo'g'liq boimagan dasturlar tuzishda foydalidir.


    1-misol. Nuqtalar yordamida ekranning (0,0) nuqtasini (639,479)nuqtasi bilan tutashtiravchi qizil rangli kesma chizish dasturini tuzing.
    Yechish. Quyidagicha butun o'zgaruvchilarning qiymati bilan olinadi:
    bx:=0; ox:= GetMaxX; (ox:=639; kabi olish mumkin).

    Tekshirib ko'rishingiz mumkin, [bx, ox] oraliqda y=[GetMaxYx/GetMaxX] butunqiymatli chiziqli funksiyaning boshlang'ich qiymati 0 va oxirgi qiymati 479 bo'ladi (GetMaxY o'rniga 479 yozish ham mumkin). Endi parametrli takrorlash operatori yordamida tuzilgan quyidagi dastur misol yechimini
    beradi.

    Uses Graph;
    Var gd, gm: integer;
    bx, y, ox: Integer; x: Longlnt;
    Begin
    Gd := 0; InitGraph(Gd, Gm, ");
    bx:=0; ox:= GetMaxX;

    For x:= bx to ox do begin
    y:= tranc(GetMaxY*x/GetMaxX); putpixel(x, y, red); end;
    Readln; CloseGraph;

    End.
    Nima uchun x o'zgaruvchi Longlnt turida olinganini o'ylab ко'ring!



    Download 1,92 Mb.
    1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   145




    Download 1,92 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Uslub: Ma'ruza va amaliyotning uyg'unligi. Shakl

    Download 1,92 Mb.