|
1 – Ma’ruza: (2 soat). Mavzu: Amaliy dasturiy paketlar faniga kirish, uning maqsadi va vazifalari Amaliy dasturiy paketlar turlari, qo’llanish sohalari va vazifalari Matlab funktsiyalari
|
bet | 5/6 | Sana | 16.05.2024 | Hajmi | 0,86 Mb. | | #237049 |
Bog'liq 1 – Ma’ruza (2 soat). Mavzu Amaliy dasturiy paketlar faniga kiVektorlar ustida amallar
Matritsalar konkatenatsiyasi
Massiv yoki matritsalarni birlashtirish konkatenatsiya deb nomlanadi. Bu quyidagi funksiya orqali amalga oshiriladi:
• C = cat(dim, A, B) – dim o’lchamli spetsifikatsiyaga muvofiq A va B massivlarini birlashtiradi va birlashtirilgan massivlarni qaytaradi; dim = 1 – gorizontal konkatenatsiya, dim = 2 – vertikal, dim = 3 – o’lchami 3 bo’lgan ko’p o’lchovli massivlar va h.k;
• C = cat(dim, A1, A2, A3, A4, ...) barcha kirish massivlarni (A1, A2, A3, A4, va boshqalar) dim o’lchovi spetsifikatsiyaga muvofiq birlashtiradi va birlashtirilgan massivni qaytaradi;
>> A =[2,4;3,5];B=[8,7;9,0];C=cat(1,A,B)
C =
2 4
3 5
8 7
9 0
Satr va ustunlarni o’chirish
Matritsaning aloxida ustun va satrlarini o’chirish uchun bo’sh kvadrat qavslardan – [] foydalaniladi. Buni M matritsa bilan bajarib ko’ramiz:
T(:,2)=[]
Т =
1 3
4 6
7 9
Matritsalarni transponirlash
Vektor yoki matritsalarni transponirlash ‘ orqali amalga oshiriladi
T’
ans =
1 4 7
3 6 9
Matritsalarni aniqlovchisi
Matritsani aniqlovchisini (determinanti) topish uchun MATLAB quyidagi funksiyaga ega:
• det(X) – X kvadrat matritsaning aniqlovchisini qaytaradi. Agar X faqat butun elementlardan iborat bo’lsa, unda natija xam butun bo’ladi.
>> A=[2,3,6;1,8,4;3,6,7]
A =
2 3 6
1 8 4
3 6 7
>> det(A)
ans = -29
Matritsa munosabati
Birlik matritsani dastlabki berilgan X matritsaga bo’lish natijasida olingan matritsa teskari deb nomlanadi. Shuning uchun, X–1=E/X. Quyidagi funksiya berilgan amalni bajarilishini ta’minlaydi:
• inv(X) X kvadrat matritsaning teskari matritsasini qaytaradi.
Предупреждающее сообщение выдается, если X плохо масштабирована или близка к вырожденной.
>> inv(rand(4,4))
ans =
2.2631 -2.3495 -0.4696 -0.6631
-0.7620 1.2122 1.7041 -1.2146
-2.0408 1.4228 1.5538 1.3730
1.3075 -0.0183 -2.5483 0.6344
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
1 – Ma’ruza: (2 soat). Mavzu: Amaliy dasturiy paketlar faniga kirish, uning maqsadi va vazifalari Amaliy dasturiy paketlar turlari, qo’llanish sohalari va vazifalari Matlab funktsiyalari
|