|
Teng bir xil masofali nuqtalardan iborat chiziqli massivni xosil qilish uchun
|
bet | 4/6 | Sana | 16.05.2024 | Hajmi | 0,86 Mb. | | #237049 |
Bog'liq 1 – Ma’ruza (2 soat). Mavzu Amaliy dasturiy paketlar faniga kiTeng bir xil masofali nuqtalardan iborat chiziqli massivni xosil qilish uchun linspace funksiyasi ishlatiladi:
• linspace(a,b) – a va b oraliqqa teng taqsimlangan 100 nuqtadan iborat chiziqli massivni qaytaradi;
• linspace(a,b,n) – a dan b gacha intervalda teng taqsimlangan n nuqtani xosil qiladi.
>> M=linspace(4,20,14)
M =
Columns 1 through 7
4.0000 5.2308 6.4615 7.6923 8.9231 10.1538 11.3846
Columns 8 through 14
12.6154 13.8462 15.0769 16.3077 17.5385 18.7692 20.0000
Teng taqsimlangan nuqtali chiziqli massivlarni yaratishning yana bir usuli: a:b – a bilan boshlanib b da tugaydigan butun sonli massivni hosil qiladi. Massiv qadamlar qiymatini o’zgartirish uchun quyidagi yozuvdan foydalanish mukin: a:Δ:b, bu yerda Δ – massiv qiymatlari qadami. Masalan:
>> x = 0:10;
>> y = -3:0.2:3
Tasodifiy elementlar bilan massivni yaratish uchun quyidagi funksiya ishlatiladi.
randprem(n) – satr-vektorda 1:n butun sonlarning tasodifiy almashinishlarni qaytaradi.
>> randperm(6)
ans =
2 4 3 6 5 1
rand, element qiymatlari (0,1) oraliqda teng taqsimlangan tasodifiy sonlar massivlarini hosil qiladi:
• rand(n) – nxn o’lchamli matritsani qaytaradi. Agar n – skalyar bo’lmasa, unda xato xaqida xabar xosil bo’ladi;
• rand(m,n) yoki rand([m n]) – mxn o’lchamli matritsani qaytaradi;
• rand(m,n,p,…) yoki rand([m n p…]) – ko’p o’lchamli massiv;
• rand(size(A)) – o’lchami va hajmi A kabi bo’lgan, elementlari teng taqsimlangan qonun bo’yicha taqsimlangan massivni qaytaradi;
• rand (argumentlarsiz) – har bir keyingi chaqiruvda o’zgartiriladigan va yagona taqsimlash qonuniga ega bo’lgan tasodifiy sonni qaytaradi;
>> Y=rand(4,3)
Y =
0.9501 0.8913 0.8214
0.2311 0.7621 0.4447
0.6068 0.4565 0.6154
0.4860 0.0185 0.7919
randn o’rtakvadrat og’ishi 1 ga teng bo’lgan va nol matematik kutishli normal qonun bo’yicha taqsimlangan tasodifiy sonlar massivini hosil qiladi:
• randn(n) – nxn o’lchamli massivni qaytaradi. Agar n – skalyar bo’lmasa, y holda xato xaqida xabar chiqariladi;
• randn(m,n) yoki randn([m n]) – mxn o’lchamli matritsa xosil bo’ladi;
• randn(m,n,p,…) yoki randn([m n p…]) – qiymatlari normal qonuniyat bo’yicha taqsimlanadigan elementli massivni qaytaradi;
• randn(size(A)) – o’lchami va hajmi A kabi bo’lgan, normal qonuniyat bo’yicha taqsimlangan elementli massivni qaytaradi;
• randn (argumentlarsiz) – har bir keyingi chaqiruvda o’zgartiriladigan va normal taqsimlashga ega bo’lgan tasodifiy sonni qaytaradi;
>> Y=randn(4,3)
Y =
-0.4326 -1.1465 0.3273
-1.6656 1.1909 0.1746
0.1253 1.1892 -0.1867
0.2877 -0.0376 0.7258
|
| |