|
1 – Ma’ruza: (2 soat). Mavzu: Amaliy dasturiy paketlar faniga kirish, uning maqsadi va vazifalari Amaliy dasturiy paketlar turlari, qo’llanish sohalari va vazifalari Matlab funktsiyalari
|
bet | 2/6 | Sana | 16.05.2024 | Hajmi | 0,86 Mb. | | #237049 |
Bog'liq 1 – Ma’ruza (2 soat). Mavzu Amaliy dasturiy paketlar faniga kiAsosiy tushunchalar
Massiv – bir turga tegishli bo’lgan ma’lumotlar tartiblangan nomerlangan to’plamidir. Massivlar o’lchamlari soni bo’yicha farqlanadi: bir o’lchamli, ikki o’lchamli, ko’p o’lchamli. Har bir o’zgartirish bo’yicha elementlar soni massiv o’lchami deb nomlanadi.
Elementlarga murojaat indekslar yordamida amalga oshiriladi. MATLAB da massiv elementlarni nomerlash birdan boshlanadi.
Vektor ustun ko’rinishida (ustunli-vektor) yoki satr ko’rinishida (satrli-vektor) yozilishi mumkin.
Vektor va matritsalarni yaratish
Agar uchta elementdan iborat vektorni berish kerak bo’lsa, unda uning qiymatlarini bo’sh joy bilan ajratilgan holda kvadrat qavslarda keltirish kerak.
>> V = [1 2 3]
V =
1 2 3
Bunday holda satr-vaktori berilgan. Agar elementlar nuqta-vergul bilan ajratilsa, ustun vektori hosil bo’ladi.
>> V = [1; 2; 3]
V =
1
2
3
Matritsani berishda bir nechta satrlarni ko’rsatish talab qilinadi. Satrlarni ajratish uchun ; (nuqta-vergul) belgisidan foydaniladi.
>> Т = [1 2 3; 4 5 6; 7 8 9]
Т =
1 2 3
4 5 6
7 8 9
size funksiyasi yordamida massivning o’lchami va hajmini aniqlash mumkin.
Matritsa yoki vektorning alohida elementini ko’rsatish uchun V(i) yoki T(i,j) ko’rinishidagi ifodadan foydalaniladi. Masalan:
>> T(3,2)
ans =
8
Ta’minlash operatoridan foydalanib x ning qiymatini T(i,j) elementga ta’minlash mumkin:
>>Т(3,2)=х;
Bitta indeksli T(i) ifodasi bitta ustunda yoyilgan, matritsa elementlariga murojaat qilish imkonini beradi. Bunday matritsa, agar uning ustunlari ketma-ket yozilsa, dastlabkisidan hosil bo’ladi. Masalan:
>> T(3)
ans =
7
>>Т(8)
ans =
6
: (ikki nuqta) belgisi – vektor va matrisalardan qismvektorlarni va qismiy matritsalarni shaklllantiradi.
• A(:,j) – bu A ning j-chi ustuni;
• A(i,:) – bu A ning i-chi satri;
• A(:,:) – ikki o’lchovli massivga teng (matritsalar uchun bu A ga o’xshash);
• A(j:k) – bu A(j), A(j+1),…,A(k);
• A(:,j:k) – bu A(:,j),A(:,j+1),…,A(:,k);
• A(:,:,k) – bu uch o’lchovli A massivning k-chi sahifasi;
• A(:) – A massivning barcha elementlarini ustun ko’rinishida yozadi.
Vektor va matritsalarni aniqlash uchun bir qator maxsus funktsiyalar xam mavjud.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
1 – Ma’ruza: (2 soat). Mavzu: Amaliy dasturiy paketlar faniga kirish, uning maqsadi va vazifalari Amaliy dasturiy paketlar turlari, qo’llanish sohalari va vazifalari Matlab funktsiyalari
|