• Barcha elementlari birlardan iborat bo’lgan matritsani yaratish uchun
  • Barcha elementlari nollardan iborat bo’lgan matritsani yaratish uchun
  • Birlik matritsasini yaratish uchun




    Download 0,86 Mb.
    bet3/6
    Sana16.05.2024
    Hajmi0,86 Mb.
    #237049
    1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    1 – Ma’ruza (2 soat). Mavzu Amaliy dasturiy paketlar faniga ki

    Birlik matritsasini yaratish uchun, yani diagonal elementlari bir va qolgan barchasi nol ga ega bo’lgan matritsa uchun eye funksiyasidan foydaniladi:
    • eye(n) – nxn o’lchamli birlik matritsani qaytaradi;
    • eye(m,n) yoki eye([m n]) – diagonali bo’yicha bir va qolgan elementlari nol bo’lgan mxn o’lchamli matritsani qaytaradi;
    • eye(size(A)) – o’lchami A ning o’lchamiga teng bo’lgan birlik matritsani qaytaradi.
    eye funksiyasidan foydalanishga misol:
    >> S=eye(4,5)
    S =
    1 0 0 0 0
    0 1 0 0 0
    0 0 1 0 0
    0 0 0 1 0
    Ko’p o’lchamli massivlar uchun birlik matritsa aniqlanmagan. Shunday qilib, y=eye([2,3,4]) funksiyani hisoblashga o’rinishda xato haqida xabar chiqariladi.
    Barcha elementlari birlardan iborat bo’lgan matritsani yaratish uchun, ones funksiyasidan foydaniladi:
    • ones(n) – barcha elementlari birdan tashkil topgan nxn o’lchamli matritsani qaytaradi. Agar n – son (skalyar) bo’lmasa, unda xato xabari xosil bo’ladi;
    • ones(m,n) yoki ones([m n]) – birlardan tashkil topgan mxn o’lchamli matritsani qaytaradi;
    • ones(d1,d2,d3,…) yoki ones([d1 d2 d3…]) – d1хd2хd3х… o’lchamli birlardan tashkil topgan massivni qaytaradi;
    • ones(size(A)) – o’lchami A ning o’lchamiga teng bo’lgan birlardan iborat matritsani qaytaradi.
    Birlik matritsadan farqli ravishda, MATLAB da ko’p o’lchamli massivlar uchun xam birlardan iborat matritsa aniqlangan.
    >> S=ones(3,4)
    s =
    1 1 1 1
    1 1 1 1
    1 1 1 1
    Barcha elementlari nollardan iborat bo’lgan matritsani yaratish uchun, zeros funksiyasidan foydaniladi:
    • zeros(n) – barcha elementlari nollardan tashkil topgan nxn o’lchamli matritsani qaytaradi. Agar n – son (skalyar) bo’lmasa, unda xato xabari xosil bo’ladi;
    • zeros(m,n) yoki zeros ([m n]) – nollardan tashkil topgan mxn o’lchamli matritsani qaytaradi;
    • zeros (d1,d2,d3,…) yoki zeros ([d1 d2 d3…]) – d1хd2хd3х… o’lchamli nollardan tashkil topgan massivni qaytaradi;
    • zeros (size(A)) – o’lchami A ning o’lchamiga teng bo’lgan nollardan iborat matritsani qaytaradi.
    >> S=zeros(3,2)
    S =
    0 0
    0 0
    0 0
    Xuddi shunday, mos ravishda mantiqiy 1 va 0 lardan tashkil topgan, mxn o’lchamli massivni yaratish uchun true(m,n) va false(m,n) funksiyalari xam ishlatiladi.

    Download 0,86 Mb.
    1   2   3   4   5   6




    Download 0,86 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Birlik matritsasini yaratish uchun

    Download 0,86 Mb.