|
Ishlab chiqarilayotgan mahsulotiga bo`lgan talab
|
bet | 5/7 | Sana | 06.09.2024 | Hajmi | 37,08 Kb. | | #270453 |
Bog'liq 1- ma’ruza kirish. Ishlab chiqarish korxonalarida texnik kimyoviIshlab chiqarilayotgan mahsulotiga bo`lgan talab
Mahsulot sifatining asosiy ko‘rsatkichlari. Mahsulot sifati – ishlab chiqarishni yaxshilanishini birdan bir zaruriy shartidir. Shuning uchun ham ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifatini doimiy oshirib borish muammosi bor edi va u boshqarishning birdan bir asosiy vazifasi bo‘lib qoladi.
Mahsulot sifati ko‘rsatkichi – bu mahsulotni sifatini tashkil qiluvchi bir yoki bir necha xususiyatlarning miqdoriy tavsifidir.
Ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifati 2 guruh omillarga qarab aniqlanadi. (korxonalar faoliyatiga bog‘liq va bog‘liq bo‘lmagan omillar).
Korxona faoliyatiga bog’lik bo`lgan omillarga quyidagilar kiradi:
texnikaviy reglamentlarga va retsepturalarga qat’iy rioya qilish;
ishlab chiqarish va sanitar me’yorlarga amal qilish;
qabul qilinayotgan xom-ashyo sifatiga nazoratni kuchaytirish;
tayyor mahsulot sifatiga nazoratni kuchaytirish;
korxonadagi xizmat va ishlarni bir me’yorda ishlashini ta’minlashlar kiradi.
Korxona faoliyatiga bog’liq bo`lmagan omillarga qayta ishlashga kelgan xom-ashyo va materiallarning past sifatligi kiradi.
Davlat standarti umumiy qoidalarga asoslanib yog`-moy sanoati mahsulotlariga quyidagi sifat ko’rsatkichlari qo’yilgan:
Belgilash ko’rsatkichlari - mahsulotni ishlatish xususiyatlarini asosiy funksiyalarini xarakterlaydi.
Saqlash ko’rsatkichlari - mahsulotni ma’lum bir vaqt mobaynida uzining ozuqaviy va iste’mol xususiyatlarini saklanishini xarakterlaydi.
Texnologik ko’rsatkichlari - ishlab chiqarishda kam xarajatlarga erishib, sifatli mahsulot ishlab chiqarishni xarakterlaydi.
Transport ko’rsatkichlari - mahsulotni iste’moli va ishlatilishiga bog’liq bo`lmagan ma’lum muhitda aralashib ketishligiga moyilligini xarakterlaydi.
Standartlashtirish ko’rsatkichlari - mahsulotni standartlar bilan to`yinmaganligini (taminlanganligi) xarakterlaydi.
Huquqiy patent - ko’rsatkichlari mahsulotni ishlab chiqarishda foydalanilgan texnik masalalarni uzlashtirilish rejasini, ularning patent ximoyasini va mahsulotni realizatsiya qilganda uning daxlsizligini xarakterlaydi.
Estetik ko’rsatkichlari - mahsulotni ishlab chiqarishda ishlatilishini takomillashtirish va ratsional shakllarini xarakterlaydi.
Ekologiya ko’rsatkichlar - atrof muhitga ta’sir darajasini xarakterlaydi. Bu ta’sirlar mahsulotni ishlab chiqarishda va iste’molida paydo bo’ladi.
Xavfsizlik ko’rsatkichlari - mahsulotni ishlatishda va iste’mol qilishda uni inson salomatligiga xavfsiz ekanligini ta’minlashni hamda mahsulotni saqlash va jo’natishdagi xavfsizligini ta’minlashni xarakterlaydi.
|
| |