Xom-ashyoni standartlashtirish sistemasi




Download 37,08 Kb.
bet4/7
Sana06.09.2024
Hajmi37,08 Kb.
#270453
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1- ma’ruza kirish. Ishlab chiqarish korxonalarida texnik kimyovi

Xom-ashyoni standartlashtirish sistemasi

Standartlashtirish bizning mamlakatimizda va chet elda mahsulot sifatini me’yorlash asoslari bo`lib xizmat qiladi. Amaldagi davlat SI sistemasi mahsulotni sifatini boshqarish sistemasini yaratishni uslubiy asosi bo`lib hisoblanadi.
Standartlashtirish - bu ma’lum bir tarmoqda faoliyatni belgilash maqsadida, umumiy optimal iqtisodiyotga erishishga qaratilgan qoidalarni o`rnatish va qo’llash demakdir. Bunda qiziquvchi tomonlar ishtiroki va foydasi, xafsizlik shartlari ko`zda tutiladi.
Standartlashtirish fanning, texnikaning va ilg’or malakaning umumiy yo`qsalishiga asoslangan bo’ladi. Bu faqat hozirgi davrga asoslanmay balki kelajakdagi rivojlanishga asoslangan bo’ladi va taraqqiyot bilan birga rivojlanishi kerak bo’ladi.
Standart - bu ma’lum bir organ tomonidan tasdiqlangan, standartlashtirish ob’ektiga kompleks me’yorlar, qoidalar va talablar quyadigan standartlashtirishning me’yoriy - texnik hujjati hisoblanadi.
Standart hozirgi fanning, texnikaning va ilg’or malakaning yo`qsalishiga asoslanib tuziladi va jamiyat uchun optimal masalalarni yechishni ko`zda tutishi kerak.
Standartlar ayrim materiallarga (mahsulot, etalonlar, moddalar namunalari va boshqalar) va tashkiliy - metodik va umumtexnik xarakterdagi ob’ektlarga qo’yiladigan me’yorlar, qoidalar, shartlarga qarab tuziladi.
Standartlashtirishning asosiy maqsadi quyidagilardan iborat:

  • Texnika taraqqiyotini rivojlantirish, ishlab chiqarishni va mehnat unumdorligini oshirish, shu jumladan boshqarish va injenerlikni oshirish;

-Mahsulot sifatini yaxshilash va uni optimal darajasini ta’minlash;

  • Jahon bozori talablariga javob beradiganyuqori sifatli eksport tovarlari ishlab chiqarilishini ta’minlash, xalq xo’jaliki boshqaruvini tashkil qilishni takomillashtirish va ishlab chiqarilayotgan mahsulotni ratsional nomenklaturasini o`rnatish;

-Ishlab chiqarish fanlari va iqtisodiy materiallar va mexnat resurslarini ratsional ishlatish;

  • Mahsulot ishlab chiqarish va loyixalash sohasida;

-Aholi sog`ligi va ishchilarni mehnat xafsizligini ta’minlash;
-Xalqaro iqtisodiy, texnikaviy va madaniy xamkorlikni yo’lga qo’yish;
Standartlashtirishning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: - Tayyor mahsulot sifatini belgilovchi kompleks standarlashtirish sifat ko’rsatkichlariga asosan va uni ishlab chiqarishda kerak bo`lgan xom-ashyo, materiallar, yarim tayyor mahsulotlar va boshqa kerakli materiallarniyuqori sifat ko’rsatkichlariga va unumli qayta ishlanishiga asoslangan talablarni o`rnatish;

  • Mahsulot sifati ko’rsatkichlarini aniq bir sistemasini, usullarni va nazorat turlari va tajribalarni aniq bir sistemasini aniqlash;

  • Mahsulot ishlab chiqarish va korxonalarni loyixalash tarmoqlarida uni optimal sifatiga erishishini ta’minlashdagi me’yorlar, shartlar va usullarni o`rnatish;

-Ishlab chiqarish jarayonlarini kompleks mexanizatsiyalashni, avtomatlashtirishni, almashinish darajasini oshirishni, ishlatish natijalari va remont qilishni takomillashtirish;
-Ishlab chiqarishda davlat etalonlarini, fizik ko’rsatkichlarni, usullarni va yuqori aniqlikda ishlaydigan o`lchash asboblarini tashkil etish va rivojlantirish;

  • Fan va texnika sohasida va xalq xo’jalikidagi sohalarda zarur bo`lgan aniq bir terminlar va belgilashlarni o`rnatish;

  • Mexnatni muhog’aza qilish standartlar sistemasini o`rnatish;

  • Tabiatni muhog’aza qilish sohalarida va tabiiy resurslarni ishlatishni yaxshilash standartlarni sistemasini o`rnatish;

  • Tashqi savdo, madaniyat va Fan-texnika alokalarni rivojlantirish uchun qo`lay imkoniyatlar yaratish;

Standartlarning sinflanishi. Standartlar ishlatilish sohasiga, tarkibiga va tasdiqlanganlik darajasiga qarab xalqaro, regional va milliy standartlarga bo`linadi.
Xalqaro standarlarni standartlashtirish xalqaro tashkilotlar tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.
Regional standartlar iqtisodiy va siyosiy qiziqishiga asosan birlashgan bir gurux davlat tashkilotlari tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.
Milliy standartlar aloxida bir davlat tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.
Shu bilan birga milliy standartlar davlat standartlari, sohalararo standartlar, respublika standartlari va korxonalar standartlariga bo`linadi.
DST, (GOST) - Davlat standartlarini - standartlashtirish davlat komitetlari tomonidan tasdiqlanadi.
Davlat standartlari - xalq xo’jalikining hamma sohalari uchun zarur hisoblanadi.
SST, (OST) - Sohalararo standartlar - ayrim bir soha uchun ishlab chiqilgan va o’sha sohaning vazirligi tomonidan tasdiqlangan bo’ladi. Sohalararo standartlar ana shu sohaning hamma korxonalari va tashkilotlar uchun zarur me’yoriy xujjat hisoblanadi va boshqa sohadagi korxona va tashkilotlar uchun xam (agar ular o’sha sohani mahsulotini ishlab chiqarayotgan bo’lsa yoki ishlayotgan bo’lsa) zarur hisoblanadi.
RST - Respublika standartlari respublikadagi hamma korxona va tashkilotlar uchun zaruriy hisoblanadi. Bu standartlarni Vazirlar maxkamasiyoki Davlat rejalashtirish maxkamasi tasdiklaydi.
KST, (STP)-Korxonalar standartlari - faqat o’sha korxona xududida kuchga ega bo’ladi va korxona rahbari tomonidan tasdiqlangan bo’ladi.
Mahsulot sifatining asosiy ko’rsatkichlari:
Mahsulot sifati - ishlab chiqarishni yaxshilanishini birdan bir zaruriy shartidir. Shuning uchun ham ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifatini doimiy oshirib borish muammosi bor edi va u boshqarishning birdan bir asosiy vazifasi bo`lib qoladi.
Mahsulot sifati ko’rsatkichi - bu mahsulotni sifatini tashkil qiluvchi bir yoki bir necha xususiyatlarning miqdoriy tasdiqidir.
Oziq - ovqat sanoati mahsuloti boshqa sohalar mahsulotidan o`zining sifatligi bilan ajralib turadi.
Oziq - ovqat mahsulotlarining sifati ko’pgina xususiyatlar bilan tasiqlanadi. Ular boshqa mahsulotlar uchun aniqlanishi shart bo`lmagan xususiyatlar - mahsulot ta’mi va hidi ko’rsatkichlari bilan ajralib turadi.
Yog` - moy sanoati mahsulotlari iste’mol uchun tayyor bo`lgan oziq - ovqat mahsulotlari (margarin, mayonez, o`simlik va salat moylari), oziq - ovqatga mo`ljallanmagan mahsulotlar (atir va xo`jalik sovunlari, yuvuvchi moddalar), yog`- moy sanoatida yoki xalq xo’jalikining boshqa sohalarida qayta ishlash uchun mo`ljallangan xom-ashyolar va materiallar (tozalangan va tozalanmagan o`simlik moylari, gidrogenlangan yog`lar, glitserin, yog` kislotalari, texnik yuvuvchi moddalar) ga bo`linadi.




    1. Download 37,08 Kb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 37,08 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Xom-ashyoni standartlashtirish sistemasi

Download 37,08 Kb.