• 1.1-jadval Oziq-ovqat xavfsizligining tarkibiy qismlari
  • Xavfsiz ovqatlanish
  • FAO mutaxassislari fikriga ko‘ra, oziq-ovqat xavfsizligi ko‘rsatkichlari quyidagilardir




    Download 37,08 Kb.
    bet7/7
    Sana06.09.2024
    Hajmi37,08 Kb.
    #270453
    1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    1- ma’ruza kirish. Ishlab chiqarish korxonalarida texnik kimyovi

    FAO mutaxassislari fikriga ko‘ra, oziq-ovqat xavfsizligi ko‘rsatkichlari quyidagilardir:

    • barqarorlik;

    • oziq-ovqat mavjudligi;

    • oziq-ovqatga ega bo‘la olish;

    • foydalanish;

    Dunyodagi barcha mamlakatlarda iqtisodiy xavfsizlikning eng muhim tarkibiy qismi hisoblangan oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash borasida olib borilayotgan ishlarni har tomonlama tanqidiy tahlil qilish va yanada takomillashtirish yuzasidan nazariy va amaliy taklif hamda tavsiyalar ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq qilish dolzarb vazifa hisoblanadi.
    Aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan yetarli darajada ta’minlash mamlakat oziq-ovqat xavfsizligining bir qismi hisoblanadi. Aholini asosiy oziq-ovqat turlariga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirish, oziq-ovqat narxi va sifati uyg‘unligini ta’minlash va oziq-ovqat xavfsizligi davlat tomonidan kafolatlanishi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning asosiy shartlaridan biridir (1-jadval).
    1.1-jadval
    Oziq-ovqat xavfsizligining tarkibiy qismlari

    Oziq-ovqat bilan jismoniy ta’minlanish

    Oziq-ovqat bilan iqtisodiy ta’minlanish

    Xavfsiz ovqatlanish

    Qishloq xo‘jaligi va qayta ishlash sanoatining samarali faoliyat yuritishi

    Aholi daromadlarining barqaror darajasini qo‘llab-quvvatlash

    Mahsulot va xomashyo sifatini nazorat qilish

    Oziq-ovqat mahsulotlari va xomashyo bozorining rivojlanishi

    Mamlakatda iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash

    Sifatni boshqarish tizimini yaratish va sertifikatsiyalash

    Savdo tarmoqlarining rivojlanishi

    Narx darajasini tartibga solish

    Aholi salomatligini yaxshilash

    Yangi ish o‘rinlarining yaratilishi

    Yer uchastkalarini olish uchun sharoit yaratish

    Sog‘lom turmush tarzini shakllantirish

    Aholini ish bilan bandligini qo‘llab-quvvatlash

    Byudjet to‘lovlarining o‘sishi


    Yurtimizda oziq-ovqat xavfsizligini mustahkamlash borasida samarali ishlar olib borilayotganligi sababli, mamlakatimiz yildan-yilga dunyo reytingida yuqorilab bormoqda. Jumladan, AQSHdagi The Economist Intelligence Unit izlanishlar markazining 2016 yilda o‘tkazgan tadqiqotlari natijasiga ko‘ra, O‘zbekiston oziq-ovqat xavfsizligi reytingida dunyoda 64-o‘rinni egallagan, bu ko‘rsatkich bo‘yicha bir yil oldin 75-o‘rinda edi. Reyting hisoblashda mutaxassislar mamlakatdagi oziq-ovqat mahsulotlarining narxi, hajmi va sifatini hisobga olishgan. Dunyo reytingida jami 109 mamlakat qatnashdi [4].
    O‘zbekiston – qishloq xo‘jaligida ko‘p yillik boy tajriba va yuksak ilmiy salohiyatga ega mamlakat. Mamlakatimizda mustaqillik yillarida oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha juda ko‘p ishlar amalga oshirildi. Ayniqsa, qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligini oshirish hamda logistika tizimini takomillashtirish borasida amalga oshirilgan tadbirlar natijasida, o‘tgan yilda respublikamizda qariyb 3 million tonna paxta, 8,3 million tonna bug‘doy, 21 million tonnadan ziyod meva-sabzavotlar, jumladan, qariyb 3 million tonna kartoshka, 11,3 million tonna meva, 2 million tonna poliz mahsulotlari, 1,7 million tonnadan ortiq uzum, 3 million tonna meva va rezavorlar yetishtirildi va yig‘ib olindi [5].
    Oziq-ovqat xavfsizligini mustahkamlash borasida olib borilgan chora-tadbirlardan biri sifatida brinchi Prezidentimiz I.Karimovning “2015-2019 yillar uchun ishlab chiqarishning tuzilmaviy qayta tuzilishi, zamonaviylashishi va diversifikatsiya­sini ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar das­turi to‘g‘risida”gi ­Farmoniga ko‘ra, 5 yil ichida 876 investitsion loyihani amalga oshirish rejalashtirilgan bo‘lib, ulardan faqat oziq-ovqat sanoati sohasida yangi ishlab chiqarishlarni tashkil etish, mavjudlarini modepHizatsiyalash va quvvatlarni oshirish maqsadida 2020 yilga qadar faqat davlat investitsiya dasturlariga ko‘ra, 304 ta yirik loyiha va 5000 ta yangi ishlab chiqarish korxonasi tashkil etilishi ko‘zda tutilgan. Bu esa yiliga qo‘shimcha ravishda 100 ming tonna oziq-ovqat sanoa­ti mahsulotlari, 130 xildagi yangi mahsulot ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish imkonini berishi mutaxassislar tomonidan ta’kidlangan.
    Oziq-ovqat xavfsizligi ta’minlanishi haqida gap ketganda, istiqlol yillarida ekin maydonlarining tarkibi tamoman o‘zgarganini alohida ta’kidlash o‘rinlidir. Paxtadan bo‘shagan ekin maydonlarida avvalo, sabzavot va kartoshka, shular qatorida ozuqa ekinlari, yog‘-moy olinadigan va boshqa o‘simliklar ekiladi, bog‘ va uzumzorlar barpo etiladi. Ekin maydonlarining optimallashtirilishi va zamonaviy agrotexnologiyalarning joriy etilishi natijasida 2020 yilda boshoqli don etishtirishni 16,4 foizga oshirib, uning hajmini 8 million 500 ming tonnaga etkazish, kartoshka etishtirishni 35 foizga, sabzavotni 30 foizga, meva va uzumni 21,5 foiz, go‘sht etishtirishni 26,2 foizga, sutni 47,3 foiz, tuxumni – 74,5 foizga ko‘paytirish, baliq yetishtirishni 2,5 martaga oshirish ko‘zda tutilmoqda [8].
    Lekin erishilgan yutuqlar bilan birgalikda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash borasida ba’zi joylarda sustkashliklarga yo‘l qo‘yilmoqda, jumladan, respublikamizning ba’zi tumanlarida fermerlar paxta va g‘alla bo‘yicha davlat buyurtmasini bajarishmagan. Meva-sabzavotni qayta ishlash darajasi 20 foizga ham etmaydi. Yangi texnologiya va standartlar o‘ta sustkashlik bilan joriy etilmoqda. Oxirgi 10 yil mobaynida mineral o‘g‘itlar, yoqilg‘i-moylash materiallari va urug‘lik narxining o‘sishi bilan paxta xomashyosi va g‘allani harid qilish narxlari o‘sishi o‘rtasida keskin farq borligi kuzatilmoqda [10].
    O‘zbekiston o‘zining oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash bilan birga, meva-sabzavot va boshqa qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksport qilish orqali xorijiy davlatlarning oziq-ovqat ta’minotiga munosib hissa qo‘shayotgani xalqaro hamjamiyat tomonidan yuksak e’tirof etilmoqda.
    2015 yilda mamlakatimiz Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO)ga a’zo davlatlarning oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash sohasida Mingyillik rivojlanish maqsadlariga erishgani uchun beriladigan mukofotiga sazovor bo‘lgan 14 ta davlatdan biri sifatida e’tirof etilganligi ham yuqoridagi fikrlarimizning dalilidir.
    Yurtimiz oziq-ovqat xavfsizligiga erishish qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat sanoati va savdo tarmog‘ida strategiya va dasturlarning ijrosiga bog‘liqligini hisobga olgan holda quyidagi soha va tarmoqlarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashni yanada kuchaytirish maqsadga muvofiq hisoblanadi:

    • Ishlab chiqarishni qo‘llab-quvvatlash;

    • Eksport siyosatida ichki ishlab chiqaruvchilarni himoya qilish;

    • Milliy mahsulot iste’molini qo‘llab-quvvatlash strategiyalarini ishlab chiqish;

    • Oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash dasturlarini tayyorlash.



    Tayanch so’z va iboralar.
    Standartlashtirish, sandart, Saqlash ko’rsatkichi, texnik ko’rsatkichi, belgilash ko’rsatkichi.
    Download 37,08 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7




    Download 37,08 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    FAO mutaxassislari fikriga ko‘ra, oziq-ovqat xavfsizligi ko‘rsatkichlari quyidagilardir

    Download 37,08 Kb.